9 2
lak suyagi, 11-qo‘shilib o'sgan bilak va tirsak suyaklari, 12-bilaguzuk, 13-kaft, 14- barmoq falangalari, 15-chanoq kamarining yonbosh suyaklari, 16-son suyagi, 17- katta boldir suyagi, 18-kichik boldir suyagi, 19-qo‘shilib o ‘sgan kichik va katta boldir suyaklari, 20-tovon suyagi, 21-oyoq kaft suyaklari, 22-barmoq falangalari, r
— barmoq rudimenti, I, II, III, IV, V rim raqamlari — barmoqlar tartibi.
Xususan oyoqlarining tipik besh barmoqli tipda tuzilgan ligi, kamar va oyoq skeletlaming uchta gomodinam element lardan shakllanganiigi, chanoq kamarining o‘q skeleti bilan bogiiq boiishi, bosh skeletining autostiliya tipda tuzilgan ligi, ya’ni tanglay kvadrat tog‘ayining bosh skeletiga qo'shilib ketganligi, til osti yoyining boshqa elementlarga aylanganligi, jabra qopqoqlarini butunlay, yoylarini esa qisman reduksiya- langanligi va nihoyat, umurtqa pog'onasining bir necha boiimlarga ajralganligi ularning progressiv belgilaridir. Bosh skeletida suyaklarning kam boiishi, umurtqa pog'onasi bo'yin va quymich bo'lim larining kam taraqqiy etganligi, qovurg'alarning boimasligi, dum umurtqalarining bitta suyak
—urostilga aylanganligi, chanoq kamari yonbosh suyagining uzun boiishi va sakrab yurishiga moslanishi tufayli baqa oyoq lari skeletining quruqlikda yashovchi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan juda boshqacha tuzilganligi, baqaning adaptiv belgi lari hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tilgan dumsiz amfibiyalar turkumi vakillarining skeletiga xos adaptiv belgilaming ham masi ham suvda ham quruqlikda yashovchilarning boshqa tur kumlari (dumlilar va oyoqsizlar) vakillarida uchramaydi.
Bosh skeleti. Suvda ham quruqlikda yashovchilar bosh skeleti baliqlamikiga nisbatan birmuncha o'zgarishlarga uchra gan. Ularda tipik quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar bosh skeletiga xos bir qator belgilar paydo boigan. Ayniqsa, ularda bosh skeletining visseral qismida ko'proq o'zgarishlar sodir boigan. Avvalo, bu o'zgarishlarni amflbiyalarning bosh ske-leti ko'pchilik baliqlarning bosh skeletidan xondral va teri suyaklarining yaxshi rivojlanmaganligidan, autostiliya qisman eshitish va qisman til osti apparatiga aylangan, o'zgargan til
93
osti va jabra yoylarining boiishidan jabra qopqog'ining reduksi- yalanganligidan bilsa bo'ladi. Binobarin, ko'pchilik amfibiya- larda jabra apparatining yo'qolishi, birinchi eshitish suyakcha- larining va til osti skeletining paydo bo'lishi visseral skeletda sodir bo'lib, bu hayvonlaming yarim quruqlikda yashashi bi lan bog'liqdir.
Quyida baqaning bosh skeleti tuzilishi bilan tanishib chiqamiz (54-rasm).
Baqaning bosh skeleti ikki bo'limga: miya qutisi va visseral skeletga boiinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |