58-rasm. Baqaning tana bo'limi umurtqasi:
A - um um iy ko‘rinishi, В — bo‘yiga kesimi: 1-umurtqa tanasi, 2-ustki yoyi, 3- orqa miya kanali, 4-ostist o ‘simtasi, 5-ko‘ndalang o ‘simtasi, 6 -qo‘shuvchi o ‘simtasi.
Oyoq skeleti va ulaming kamarlari. Amflbiyalarning yelka kamari yuqori uchi bilan hayvonning qorin tomoniga yo'naltirilgan yoy shaklida bo'ladi. Yoyning har ikkala (o'ng
va chap) yarmi quyidagi asosiy elementlardan, ya’ni kurak, korakoid va prokorakoid tog'aydan tashkil topgan bo'lib, quruq-likda yashovchi umurtqali hayvonlar uchun xosdir (59-
rasm). Ana shu uchta asosiy element erkin skeletning o'zaro birikadigan joyida bir-biriga duch keladi. Bulardan kurak shu
9 9
bo‘g‘imning dorzal (orqa) tomonida, korakoid bilan prokora- koid esa ventral (qorin) tomonida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |