Til osti skeleti apparati tog‘aydan tuzilgan toq plas tinkadan iborat boiib, undan ikki juft asosiy o‘simta chiqa di. Shu o‘simtalarning oldingisi tog'aydan hosil boigan va
gioidlarga gomologdir. Ular oldingi shoxchalar deb atala di. Oldingi shoxchalar orqaga yo'naladi, so'ngra yuqoriga
ko‘tariladi-da, halqumni yon tomondan o‘rab olib, eshituv kapsulalarining devorlariga birikadi. Orqa o‘simtalar shox chasi bir juft uzunchoq suyakdan iborat boiib, til osti plas tinkasidan orqaga yo‘nalgan.
56-rasm. Baqaning til osti apparati:
1-tana, 2-keyingi shoxcha, 3-oldingi shoxcha.
Amflbiyalarning barchasidagidek, baqaning miya qutisi ham bir oz xondral suyaklaridan tuzilgan bo‘lib, deyarli tog'aydan tashkil topgan. Bu tog'ayning juda kam qismi qoplagich suyak lar bilan qoplangan. Baqa miya qutisining ensa boiimida hozir gi barcha amfibiyalardagidek faqat yon ensa suyaklarigina bor. Ensa boiimining ustki ensa suyagi bilan ostki ensa suyagi taraq qiy etmaganligidan ensa boiimining shu yerlari tog'ayligicha qolgan. Yon ensa suyaklarining har qaysisida bittadan qo'shiluv bo'rtmasi bor. Bu bo‘rtmalar yordamida bosh skelet birinchi bo'yin umurtqasiga harakatchan tarzda birikadi. Bu xususiyat
quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar uchun xos. Bunday ikkita ensa bo‘rtmalarining mavjudligi amfibiyalar uchun juda xarakterli. Miya qutisining qopqog'i bir-biriga choksiz
birikkan bir juft qoplovchi, manglay-boshtepa suyaklaridan iborat. Ulaming oldida hid bilish kapsulalarini qoplab turuvchi uzunchoq uchburchak burun suyaklari joylashgan. Bu suyak-
laming orqa uchlari ko'z kosasining oldingi devori tarkibiga kiradi. Bir oz oldinroqda jagiararo suyaklarning bo'rtib chiqqan o'simtalari ko'rinib turadi. Eshituv bo'limida baliqlardagi ta- laygina quloq suyakchalaridan faqat bir juft oldingi quloq su yagi hosil boigan. U ko'z kosasining qisman orqa devorini tashkil etadi va shu bilan birga eshitish kapsulasini himoya qiladi. Oldingi quloq suyaklarining yon tomonlarida tangach asimon suyaklar joylashgan boiib, bular oldingi uchi bilan ko'z
kosasining qisman orqa devorini tashkil etsa, orqa uchi bilan esa tanglay-kvadrat tog'ayining orqa, suyaklashmagan tog'ay uchini qoplaydi. Miya qutisining tubini diqqat bilan ko'zdan kechirsak, undagi butsimon qoplag'ich suyak parasfenoid ko'rinadi. Bu suyakning oldi va ust qismida mayda tishchali dimog* suyaklari joylashgan. Bu suyaklar barcha amfibiya- larda juft boiadi. Dimog' suyaklarining yon tomonlarida ichki
Do'stlaringiz bilan baham: |