Quyosh sistimasining tuzilishi to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Olam tuzilishining geliostsentrik nazariyasi.
Quyosh sestemasining tuzilishi. Olamning qanday tuzilganligi haqidagi tasavurlarning rivojlanish tarixi juda qadimdan boshlangan.
Qadimda ajdodlarimiz tabiat va uning hodisalarini tushuntirishga ojizlik qilib, olam jismlarining harakatlarini boshqaruvchi g`ayri tabiiy kuch bor deb ishonar edilar. Olam ham aynan shu kuch tomonidan yaratilgan degan fikirda edilar. Qadimda ko`p yillar davimida quyoshni va oyni Xudo deb qarab ularga sig`inar edilar.
Xususan quyoshga Misrda Ra xudosi deb Yunonlar esa Gelilos xudosi deb unga sajida qilardilar, Olam tuzilishi haqidagi dastlabki tasavurlar juda sodda bo`lib ularda yer va osmon bir-biriga qarama-qarshi qo`yilar edi. Odamlar yerni tekislik ko`rinishda osmonni esa yulduzlar mixlangan gumbas sifatida tasavvur qilar edilar. Miloddan oldingi IV asrda mashxur yunon faylasufi Aristotel tomonidan yerning shar-shaklida ekanligi ispotlangach kishilar ongida Koinotning markazida qattiq yer shari joylashib uning atrofida yulduzlari bilan qattiq osmon joylashadi va aylanadi degan tasavvurlar hukumronlik qiladi.
Eramizning II asrida taniqli Aliksandiriyalik astronom Klavdi Ptolomey olam tuzilishining geotsentrik (yaniy markazida yer turadigan) sistemasini maydonga tashladi. Bu nazariyaga ko`ra Koinatning markazida yer turib boshqa planitalar jumladan `quyosh uning atrofida 21-rasmda keltirilgan tartib bilan aylanadi. Shuningdik but a`lumotga ko`ra eng so`ngi sferada yulduzlar yerdan bir xil masofada joylashib uning atrofida aylanadi. Biroq vaqt o`tishi bilan planitalar harakatlarini o`rganish planitalarning yulduzlar fonida kuzatiladigan murakkab harakatlarini bu nazariya bo`yicha tushuntirishni qiyinlashtirib yubordi. Oqibatda bu nazariya olam tuzilishining to`g`ri aks ettra olmasligi aniq ko`rina boshladi va uni kuzatish natijalariga mos yangi nazariya bilan almashtirish ixtiyoji tug`ildi. XVI asrda mashxur polyak atronomi Nikolay Kopernik (1473-1543) tomonidan ko`p yillik astronomik kuzatishlar asosida lam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga olamning markazida quyosh turib barcha planitalar jumladan yer uning atrofida tartib bilan aylanadi yulduzlar esa ptolemey nazariyasidagi kabi eng oxirgi sferaga joylashib quyoshning atrofida bir-biriga nisbatan qo`zg`almagan holda aylanadi. Kopernik birinchi bo`lib planitalarning yulduzlar fondidagi sirtmoq summon haraktlanishlarining sababi yerning quyosh atrofida boshqa barcha planitalar qatori aylanishidan ekanligini ko`rsatib berdi. Kopernikning olamning tuzilishi haqidagi bu nazariyasi geliotsentrik nazariyasi deb nom oldi. Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi mashxur Italiyalik olim faylasuf Jordano Bruno (1548-1600) tomonidan rivojlantirildi xususan u o`z nazariyasida olam qo`zg`almas yulduzlar sferasi bilan chigaralanmaganligini yulduzlar quyoshdan turli masofalarda yotuvchi unga o`xshamagan obyektlar ekanligini ularning atrofida ham quyosh atrofidagi kabi o`z planitalari bo`lishi mumkinligini o`qtirdi.
Kiyingi yuz yilliklar ichida o`tkazilgan astronomic kuzatishlar uning haq ekanligini ispot qildi. Mashxur italiyalik astronom Galileo Galiley (1564-1642) teleskop yaratib osmon jismlarini o`rganish maqsadida uni birinchi bo`lib shu jismlarga qaratdi. Natijada koperfnikning geliotsentrik nazariyasini tastiqlovchi bir talay dalilarni qo`lga kiritdi. Xususan u Veneraning oyga o`xshab turli fazalarda ko`rinishini ochdi. Oyda esa yerdagi kabi tog`lar past tekisliklar borligini aniqladi. Galiley o`z teleskopi yordamida quyoshda dog`lar borligini yupiterning atrofida aylanayotgan to`rtta yo`ldoshni hamda samon yo`li g`ij-g`ij yulduzlardan tashkil topganligini kashf etdi. Bu kuzatishlar oqibatida u qarorgohimiz yer quyosh atrofida aylanuvchi oddiy bir planita ekanligini aniqladi va Kopernikka qadar hukim surgan yer koinatning markazida turadi digan nato`g`ri tasavvurga barham berdi. Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarning shakllanishida Vatandoshimiz buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) katta xizmati bor . U uzoq yillik astronomik kuzatishlariga tayanib planitalardan Merkuriy va Venera quyoshdan uzoq ketaolmasligini aniqladi va shu asosda bu ikki planita quyoshning atrofida aylansa kerak degan to`g`ri xulosaga keldi. Aslida Beruniy geliotsentrik sistimaning taraafdori bo`lib qolgan bo`lsa-da uning ichki planitalar (Merkuriy va Venera) ga tigishli bu xulosasi XI asrda olam tuzilishining geliotsentrik sistimasi uchun qo`yilgan ilk olg`a qadam edi.
Ma`lumki bu sistimaning eng yerik jismi quyosh bo`lib uning diyometri yernikidan 109 marta katta massasi esa 330000 yer massasiga teng. Uning atrofida 9 ta yirik planita bir-birig yaqin tikisliklarda turli davrlar bilan aylanadi. Quyoshdan uzoqligiga ko`ra bu planitalar uning atrofida quyidagi tartib bilan joylashganlar Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupter, Saturn, Uron, Neptun va Pluton.