Umurtqalilar


-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR- NING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI



Download 15,32 Mb.
bet53/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

12-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR- NING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI
Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar — Craniata
Katta sinf. To‘rt oyoqlilar — Tetrapoda Sinf. Sudralib yuruvchilar - Reptiha Turkum. Tangachalilar - Squamata
Kenja turkum. Kaltakesaklar - Sauria (Lacertilia) Vakil. Ildam kaltakesak - Lacerta agilis L.


Kerakli materiallar va jihozlar: kaltakesak, suv iloni yoki toshbaqa (ilo ji bo'lsa mashg'ulot oldidan endigina o'ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinset, preparo-val ninalar, to'g'nog'ich ninalar, paxta, doka ro'molcha, qo'l lupasi. Tayyor fiksatsiya qilingan ho'l va quruq material­ lar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko'rinishi va ichi yorilgan holdagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillari­ ning tulumlari hamda ulaming tashqi ko'rinishi, ichki tuzili­ shi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik- tanosil sistemasi aks ettirilgan jadvallar.
M ashg'ulotning maqsadi: ildam kaltakesak misolida sudra-lib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzil­ ishini o'rganish.

Ishning mazmuni: dars o'tish uchun ilova qilingan ildam kaltakesak bo'lmagan taqdirda kaltakesaklaming boshqa tur­ laridan ham foydalanish mumkin.


Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladi- gan shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho'llangan paxta bo'lagi tashlanadi. 15—20 minut ichida shisha idishdagi kaltakesak jonsizlanadi va o'rganishga tayyor bo'ladi.


Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi­ yatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivoj­ langan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming ske­ leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Yer ustida harakat qilishi tufayli ulaming tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qism­ larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez­ gi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqa­ si — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ulaming ko'p- chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudra­ lib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlan­ gan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ulaming terisi quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, leiisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am- fibiyalamikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ular- ning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, reptiliyalaming arterial oqi­ mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus­ taqil qon tomirga bo'lingan.
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta- komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan


iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- ka qo‘yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi. Shuning uchun ham ulaming rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, ya’ni tu- xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o'xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug adi. Yuqori umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra­ lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — murtak pardasi hosil bo'ladi. Murtak pardalarining biri — am- niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv­ chilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmay- digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda ham quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Laboratoriya mashg'ulotida o'rganish uchun tayyorlangan
kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo'limlarga bo'linishiga, ya’ni bosh, bo'yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqla- riga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi- laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring. Bo­ shida ko'zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pinset bilan kaltakesakning og'zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajral­ gan yupqa tilini qarab o'rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshi­ gi — xoanalarni, hiqildoqni, orqarog'ida esa qizilo'ngach teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlar oyog'i singari tuzilganligiga, barmoqlari uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik- chalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar — son
teshiklaridir.



Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish