Bilak ikkita bir-biriga qo'shilib ketgan elementlardan tu- zilib, ular orasidagi chegaraning izi aniq ko'rinadi. Bu bo'limning ichki tomonidagi suyak bilak va tashqi tomonid- agisi esa tirsak suyaklari deb ataladi. Bilak suyaklarining prok simal uchida yelka suyagining distal uchi kirib birikadigan
qo'shilish chuqurchasi bor. Bu chuqurchaning orqa tomonida tirsak suyagiga tegishli tirsak o'simtasi bor.
Endi biz oyoq kaftlarining tuzilishi bilan tanishib
chiqamiz. Yosh baqalarda oldin bilaguzukning distal qismida normal holda beshta mustaqil element paydo bo'lib, keyin chalik voyaga yetgan baqalarda carpalia distalia I-II mustaqil qolib, carpalia distalia III, IV, V suyaklari bir-biriga qo'shilib ketadi. Bilaguzuk bo'limiga distal holda beshta uzunchoq oyoq kafti suyaklari joylashgan, bulardan katta barmoq reduksi
yalangan. Qolgan to'rtta barmoqlari yaxshi rivojlangan.
Keyingi oyoq skeletlarining qismlari oldingi oyoqlarnikiga o'xshash (60-rasm).
Son bo'limida bitta son suyagi bo'lib, u bir oz qiyshay- gan bo'ladi. Uning proksimal epifizi quymich kosaga joy- lashuvchi bosh bilan tugaydi. Boldir suyagining proksimal uchida ham biriktirish yuzalari bo'lib, ular tizza birikishini hosil qilishda ishtirok etadi. Oyoqning ikkala boldir suyak-
lari birlashib, bitta suyak hosil etgan va ular orasidagi chegara aniq ko'rinadi. Bu chegaraning ichkari tomonida joylashgan
qismi katta boldir, tashqari tomondagisi esa kichik boldir
suyagidir.
60-rasm. Baqaning orqa oyog'i A va chanoq kamarining В yonbosh tomonidan ko'rinishi:
1-son suyagi, 2-sonning boshchasi, 3-boldir suyaklari, 4-katta boldir suyagi, 5- kichik boldir suyagi, 6-tovon suyaklari, 7-tibiale, 8-flbulare, 9-oyoq kafti, 10-bar- m oq falangalari, 1 l-Vl-barm oqning qoldig‘i (rudim enti), 12-yonbosh suyagi, 13- quym ich suyagi, 14-qov tog‘ayi, 15-quymich kosasi, I—V barmoqlari.
Oxirgi bo'lim oyoq kafti oldingi oyoqda qanday bo'lsa, keyingi oyoqda ham xuddi shunday tuzilgan. Oyoq kaftida beshta barmoqlari yaxshi rivojlangan, oltinchi barmog'i reduk- siyaga uchragan.
Tovonning proksimal qatori faqat uzunchoq ikkita suyak dan iborat bo'lib, ulardan bittasi boldir suyagining ichki qismi distal uchiga birikkan bo'lib, ostibiale, ikkinchisi, ya’ni sirt- dagisi ostibulare deb yuritiladi. Ba’zan bu suyaklar boshqacha nomlanadi, chunonchi: birinchisi — to‘piq, ikkinchisi — tovon deyiladi.
Bu ikkita suyaklarning proksimal uchlari bilan boldir su-
yagining distal uchlarining o‘zaro harakatchan birikishidan boldir- tovon bo‘g‘imi yuzaga keladi.
Tipik holda ikki qator bo‘lib joylashgan tovon suyaklari oralig'ida juda kichik markaziy suyakcha bor. Tovonning distal qatorida kichik distalia va distale 2+3 suyakchalari bir- lashmasidan hosil bo'lgan katta suyaklargina saqlanib qoladi.
Kaft beshta uzunchoq suyakchalardan tashkil topgan. Ularga barmoq falangalari birikadi. Baqalarda eng uzun bar
moq IV dir.
Baqaning qadimgi ajdodlarida birinchi barmoq oldidagi qo'shimcha, ya’ni VI barmoq rudiment holda saqlangan.
Keyingi oyoq kamari, ya’ni tos kamari sharoitga bir qancha moslashgan bo'lsa-da, boshqa quruqlikda yashovchi hayvonlar tos kamaridagi kabi uch juft elementdan tashkil topgan. Bu ele-
mentlarning proksimal uchlari qo'shilib, quymich kosasini
tashkil etadi. Agar quymich kosasini yon tomondan kuzatsak, uning ustida yonbosh suyak joylashganini ko'ramiz. Kamar- ning qolgan ikkita elementidan biri — qov qismi tog'ayligicha qolib, uning orqasidan quymich suyagi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |