Nutq faoliyatining turlari
Muloqot – kishilik jamiyatining birlamchi kommunikativ vositasidir. Xoh ona tili,
xoh xorijiy tilda bo‘lsin, muloqot jarayoni nutq shakllari orqali amalga oshiriladi. Nutq
esa og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin. Muloqot jarayonida inson nutq hosil
qiladi yoki nutqni qabul qiladi.
Ma’lumki, nutq faoliyatining 4 ta turi mavjud. Bular: so‘zlash, tinglash, o‘qish va
yozish. Agar nutq faoliyatining bu turlarini ko‘nikma deb qabul qiladigan bo‘lsak, u holda
bu ko‘nikmalar xoh ona tili bo‘lsin, xoh tili bo‘lsin – til bilishning asosini tashkil etadi.
Tilni o‘rgatishda har bir o‘qituvchining o‘z uslubi va yondashuvi bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchilar yoshi, qiziqishi, o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda, umumdidaktik
uslublar bilan bir qatorda faqat o‘zigagina xos uslubga ham ega bo‘lishi ayni muddaodir.
Xorijliklar o‘zbek tilini samarali o‘rganishlari uchun ingliz va boshqa chet tillarni
o‘rganishda qabul qilingan zamonaviy texnologiya hisoblangan “Skills” bilimlarini tatbiq
etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Skills” bilimlari nutq faoliyatining 4 ko‘nikmasi:
tinglash, yozish, o‘qish va gapirish asosida shakllantirilgan.
Aksariyat hollarda, til o‘rganish va uni bilish uchun fonetika, grammatika va leksika
kabi lingvistik fanlarni bilish yetarli, degan fikr ongimizga o‘rnashib qolgan. Agar chuqur
tahlil qiladigan bo‘lsak, fonetika, grammatika va leksika nutq faoliyatining turlari emas,
ular nutqni grammatik jihatdan teran o‘rganishga xizmat qiladigan lingvistika fanining
bo‘limlaridir. Shuning uchun ularni bilvosita o‘rganish kerak. Dastlabki asosiy e’tiborni
esa eshitish, so‘zlash, o‘qish va yozishga qaratish lozim. Bu ko‘nikmalarni egallagan har
qanday o‘quvchi tilni amaliyotda qo‘llay olish darajasida o‘rganib olishi mumkin. Aynan
yuqorida qayd etilgan 4 ta ko‘nikma ingliz va boshqa chet tillar bo‘yicha xalqaro
imtihonlar dasturidan joy olganligi ko‘pchilikga ma’lum.
Tilni yangi o‘rganayotgan insonning gapirish ko‘nikmasi xuddi kichik yoshdagi
bolaning ona tilida dastlab gapirishni o‘rganishiga o‘xshab ketadi. Bolalik chog‘imizda
ona tilimizda so‘zlar ekanmiz, biz nutq faoliyatining aynan mana shu 4 ko‘nikmasini
egallab borganmiz. Dastlab eshitish yoki tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Bolalar
atrofdagilarning nutqini eshitadi va uni tushunishga harakat qiladi. Keyin ikkinchi
bosqich – gapirishga o‘tiladi. Gapirish ko‘nikmasini egallagan bolalar o‘qishni o‘rgana
boshlashadi va nihoyat, navbat yozma nutqga keladi. Bu deyarli har doim bir xil
kechadigan tabiiy jarayondir. Ona tilini o‘rganish jarayonida eshitish gapirishni o‘rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |