37
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘qish – bu o‘qilgan matnni qabul qilish va tushunish. Bu ko‘nikmani rivojlantirish
chet tilda yozishga yordam beradi. Chet tilda so‘zlashishni doimiy ravishda mashq qilish
bilan o‘qish ko‘nikmasini tez rivojlantirishi mumkin. O‘rganishning birinchi
bosqichlarida, ya’ni alifboni o‘rganganidan keyin o‘quvchi o‘qishni boshlashi mumkin.
Hatto notanish tilning alifbosi ona tilinikidan farq qilsa ham, uni o‘rganish katta
qiyinchilik tug‘dirmaydi.
O‘qish yangi so‘zlarni, yangi grammatik qoidalarni, o‘rganilayotgan til sintaksisini
tez eslab qolishga yordam beradi. U har doim ham til o‘rganishdagi eng muhim ko‘nikma
hisoblanmaydi, lekin hamisha nutq ko‘nikmalarining boshqa turlarini rivojlantirishda
katta naf beradi. O‘qishni mashq qilish uchun har qanday matn: kitob, jurnal, blog, til
o‘rganuvchilar uchun moslashtirilgan alohida matnlar mos keladi. Matndan iborat
material faqat o‘qish uchungina emas, balki mustahkamlash uchun ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bunda matn yordamida topshiriqlarni bajarish, savollar berish va o‘qiganlarni
gapirib berish kerak bo‘ladi.
Yozish – bu fikrlarni yozma ifodalay olish. Yozish ko‘nikmasi o‘qish, eshitish va
gapirishga taqoslaganda, kamroq ahamiyatga ega ko‘nikma hisoblanadi. Yozma nutq
kamdan kam hollardagina til o‘rganishning asl maqsadi sanaladi. U, asosan, nutq
faoliyatining boshqa turlarini takomillashtirish uchun vosita sifatida xizmat qiladi. Til
o‘rganishda yozuv o‘zlashtirilgan materiallarni mustahkamlashga: yangi so‘zlarni yod
olishga, barqaror ifodalarni, grammatikani o‘rganishga yordam beradi. Og‘zaki nutqdan
farqli ravishda, yozma nutq inson uchun qulay sharoitda yaratiladi. Bu esa til
o‘rganishning dastlabki bosqichlarida juda ham foydalidir. Ya’ni yozma nutq yozishdagi
zaif joy hamda bo‘shliqlarni aniq ko‘rsatib beradi, bu bilan qaysi yo‘nalishda ko‘proq
ishlash, nimani eslab qolish, o‘rganish kerakligini ko‘rsatib turadi. Yozma nutqni
darslikdagi mashqlarni bajarish, erkin mavzuda insho yozish yoki boshqa shaxs bilan
yozma muloqot qilish yordamida rivojlantirish mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat tili maqomini olgan o‘zbek
tilimizni o‘rgatish va o‘rganish, uning nufuzini tiklash, dunyo tillari orasida o‘z o‘rniga
ega bo‘lishini ta’minlash muhim muammolardan eng ahamiyatlisi ekan, o‘zbek tilini oson
va mukammal o‘rgatish va o‘rganishga yordam beradigan ta’limning innovatsion
texnologiya va usullari bilan boyitilgan qo‘llanma va dasturlarning jamlanmalarini nashr
ettirish va ularni o‘quvchilar qo‘liga yetkazib berish birinchi galdagi vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |