Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

Tinglash  –  bu  nutqni  tinglash  va  tushunish.  Yangi  til  bilan  tanishishni  shu 

ko‘nikmadan  boshlash  va  o‘rganishning  boshlang‘ich  bosqichlarida  aynan  shunga 

ko‘proq  e’tibor  qaratish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Eshitish  o‘rganishning  barcha 

bosqichlarida ham  muhim.  Shunday  holatlar  ham  uchraydiki,  shaxs  o‘rganayotgan tili 

bo‘yicha katta so‘z boyligini orttiradi, o‘sha til grammatikasini ham yaxshi tushunadi, 

murakkab matnlarni o‘qiydi, hatto murakkab matnlarni tuzib, yoza oladi. Lekin radio yoki 

serialda  qulog‘i  o‘rganmagan  nutqni  eshitganida,  hech  narsani  tushunmaydi.  Demak, 

jonli nutqni ko‘proq eshitish va uning talaffuzini mashq kilish samaraliroq ekan. 



Gapirish – bu og‘zaki nutq so‘zlash, fikrlarni og‘zaki ravishda ifodalash. Kundalik 

hayotda, aksariyat hollarda, biz boshqalar nutqiga javoban gapiramiz. Eshitish va gapirish 

deyarli  bir  vaqtda  ro‘y  beradi.  Bu  ikki  ko‘nikma  bir-biri  bilan  o‘zaro  chambarchas 

bog‘liq: eshitish nutqqa tayyorlaydi, gapirish esa matnni eshitib, qabul qilishga yordam 

beradi.  Gapirishni  mashq  qilish  orkali  biz  nutq  apparatimizni  nazorat  qilishni  ham 

o‘rganamiz.  

Shuningdek, o‘rganilayotgan tildagi tovushlarning o‘ziga xos jihatlarini payqaymiz, 

ular  orasidagi  farqni sezamiz. Bu  jarayon nutqni  eshitib  qabul qilishga  yordam  beradi. 

O‘rganilayotgan tilda so‘zlasha olish faqat amaliyot yordamida samara berishi mumkin. 

Agar siz ko‘p o‘qisangiz yoki ko‘p tinglasangiz, tilni o‘rganishingiz albatta osonlashadi. 

Lekin bu gapirish ko‘nikmangizga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. So‘zni tushunish va uni 

tabiiy qo‘llash uchun ko‘p marta talaffuz qilish kerak. Matnni erkin o‘qish, eshitish va 

eslab qolish mumkin. Lekin nutq apparati uchun bu so‘z notanishligicha qolaveradi va 

og‘zaki  nutqning  ravonligi  va  tabiiyligiga  ta’sir  qiladi.  Til  o‘rganishdagi  muammolar, 

ko‘pincha, gapirish bilan bog‘liq bo‘ladi.  Bu ko‘nikma qolganlariga nisbatan sekinroq 

rivojlanadi.  Gapirish,  asosan,  mexanik  ish  bo‘lib,  og‘iz  va  yuz  mushaklari  yordamida 

amalga  oshiriladi.  Pay,  til,  lablar  harakati  mushaklar  ishining  natijasidir.  Gapirishni 

doimiy mashq qilish bilan mushaklar xotirasi rivojlantiriladi. Vaqt o‘tishi bilan tovush, 

so‘z  va  jumlalarni  avtomatik  ravishda  to‘g‘ri  talaffuz  qilish  ko‘nikmasi  shakllanadi. 

Gapirishni  mashq  qilish  uchun  ko‘p  gapirish  kerak.  Bunda  standart  yodlangan  suhbat 

emas, balki  erkin nutq  hosil qilish  kerak. Shuningdek, turli  holatlar  –  yakka, guruh va 

ommaviy muloqotda monolog va dialog ko‘rinishida gapirishni o‘rganish ham maqsadga 

katta  natija  beradi.  Gapirishni  mashq  qilayotganda,  tortinmaslik  va  xato  qilishdan 

qo‘rqmaslik juda muhim. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish