Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

163

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

Chunki atrof-muhitda oʻquvchini chalgʻitadigan axborotlar koʻp, ular oʻqituvchidan koʻra 

axborot-kommunikatsiya texnikalaridan koʻproq foydalanish imkoniyatiga ega, dunyoda 

boʻlayotgan voqea-hodisalardan tezroq xabardor boʻladilar. Darslarda ilgʻor pedagogik 

texnologiyalarni  qoʻllash  bilan  birga,  internet  saytlaridan  samarali  foydalanish, 

darslikdan  tashqari  yangi  maʼlumotlarni  tezkor  yetkazish  ham  oʻqituvchi  mahoratini 

belgilashda  asosiy  omil  boʻlib  bormoqda.  Shu  bilan  birga,  darslarni  tashkil  etishda 

ilmiylikka, oʻquvchilarni mulohaza va munozaraga chorlaydigan jarayonni tashkil etish 

oʻqituvchidan katta bilim, tajriba, mahorat hamda izlanuvchanlikni talab etadi.  

Oʻquvchilarni  oʻz  fikrini  ilgari  suradigan,  mustaqil  fikrlaydigan,  tashabbuskor 

boʻlishlariga  imkoniyat  yaratish,  ularni  oʻz  qiziqishlari  boʻyicha  yoʻnaltirish  yaxshi 

samara beradi. Xato fikr bildirib oʻqituvchidan dakki eshitgan oʻquvchida keyinchalik oʻz 

fikrini erkin bayon eta olmaslik holati yuzaga keladi. Har qanday holatda ham oʻquvchi 

bildirgan  fikr  oʻqituvchi  tomonidan  ragʻbatlantirilsa,  xato  va  kamchiliklari  tushuntirib 

borilsa, oʻquvchi oʻz mulohazalari va fikrlari bilan oʻrtoqlashishdan choʻchimaydi. Shu 

bilan  birga,  shunday  imkoniyat  yaratib  bergan  ustozdan  minnatdor  boʻladi,  u 

oʻrgatayotgan fanni ham sevib oʻqiydi, ustoz va oʻquvchi oʻrtasida samimiy munosabat 

yuzaga  keladi.  Baʻzi  oʻquvchilar  ayrim  fanlarni  oʻqituvchini  hurmat  qilgani  uchun 

oʻqiydi, sababi oʻsha oʻqituvchi oʻzining bilimi, muomalasi, mahorati bilan oʻquvchilar 

koʻnglidan joy olgan. Oʻquvchining psixologik holatini toʻgʻri baholay olish uni fanga 

qiziqtira olishda muhim omil hisoblanadi. Mana shunday holatlarga pedagogik faoliyatim 

davomida juda koʻp duch kelganman. 

Maʼlumki,  dunyoviy  bilimlarni  egallashda  barcha  fanlar  qatorida  geografiyani 

oʻrganish  ham  zarurat  hisoblanadi.  2020-2021-oʻquv  yilidan  boshlab  oliy  taʼlimda 

geografiya fanidan kirish imtihonlarining topshirilishi ham  mazkur fanning zamonaviy 

ilm-fandagi oʻrni beqiyosligini, respublikamiz iqtisodiy hayotida zaruriy yoʻnalishlaridan 

biri  ekanini  isbotladi.  Shu  bilan  birga,  oʻquvchilar  oʻrtasida  bu  fanga  nisbat  qiziqish 

ortganiga hamda fanning obroʻyi bir pogʻona koʻtarilganiga guvoh boʻlamiz. 

Hozirgi davrda geografiyani oʻrganishga kirishgan oʻquvchilar faqat darslik bilan 

chegaralanib qolmaydilar. Ular yer yuzining tuzilishi, geografik qobiqda yuz berayotgan 

jarayonlar,  okeanlarning  paydo  boʻlishi,  orollarning  materiklardan  ajralib  chiqishi,  ob-

havoning  oʻzgaruvchanligi,  iqlim  hosil  qiluvchi  omillar  kabi  maʼlumotlarni  bilishda 

axborot  texnologiyalaridan,  ayniqsa,  internet  saytlaridan  unumli  foydalanishadi.  Buni 

hozirgi  murakkab  davrda  ham  yaqqol  kuzatish  mumkin.  Har  bir  fan  uchun  Telegram 

messenjerida  alohida  guruhlar  ochib,  onlayn  darslar  olib  borilayotgan  bir  vaqtda 

oʻquvchilarga berilgan topshiriqlarni taʼlim saytlaridan izlanib javob topishlari va qaysi 

manbalardan foydalanayotganlarini koʻrsatishlari ham quvonarli holat. 

Geografiya fanining oʻqitilishida darslar hayotga bogʻlab qiziqarli va ijodiy tashkil 

etilsa,  maqsadga  erishish  oson  boʻladi.  Geografiya  darslarida  dars  samaradorligini 

oshirishda  koʻproq  koʻrgazmali  qurollardan,  suhbat,  bahs-munozara  uslublaridan, 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish