Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi yillarda O`zbekistonda xalq maorifi va ta’lim - tarbiya ishlari. Majburiy 7 yillik ta’limga o`tilishi.
Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. O`zbekiston ham himoyaga o`z hissasini qo`shdi.
Dushman bosib olgan yerlardagi ko`plab ishlab chiqarish korxonalari O`zbekistonga ko`chirildi. O`zbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga hissa qo`shdi.
Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik bo`ldi. Ko`plab o`qituvchilar armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, o`quv qurollari yetishmasdi.
O`quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni hisobga olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili o`g`il va qizlarni alohida o`qitish ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi.
O`zbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi.
Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi.
1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi.
Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari ko`rildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga o`tildi. Kasbga o`rgatish maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi. 1956 yildan internat maktablar vujudga keltirildi.
O`qituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari o`rta maktab negizida ishlaydigan bo`ldi, o`qish muddati 2 yil edi. 1952 yildan o`qituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi.
1962 - 63 o`quv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi.
1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy darajalar beruvchi Birlashgan Sovet tashkil etildi.
Turg`unlik yillarida hukumat siyosatidagi har qanday moneliklarga qaramay, mavjud imkoniyatlar doirasida Markaziy Osiyo, jumladan o`zbek ziyolilari ulug` mutafakkir shoir va olimlarimizning pedagogik fikrlarini tadqiq etish davom etdi. 60 - 70 yillarda Furqat, Sadriddin Ayniy, Alisher Navoiy, Jomiy va Davoniy, Abdulla Avloniy kabi allomalarimizning ta’lim - tarbiya haqidagi fikrlari tadqiq etildi. "Kalila va dimna", "Qobusnoma" nashr qilindi. Taniqli pedagog olim Z.Mirtursunov "O`zbek xalq pedagogikasi va uning xalq og`zaki ijodida aks ettirilishi" (1967) asarida xalq pedagogikamizni birinchi bor tadqiq qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |