O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi ziyorat turizmi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Jamolov Jasurbek
Turizm industriyasi jaxon iqtisodiyotining muhim tarmog‘laridan biri sifatida.
Ma’lumki hozirgi vaqtda turizm davlat uchun eng ko‘p foyda keltiradigan sohalar ichida yuqori o‘rinlardan birida turibdi. Dunyoning rivojlangan davlat va shaharlari ham katta e’tiborini turizm sohasiga qaratishmoqda. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etishni boshladi. Bugungi kunda turizm sanoati dunyoda eng ilg‘or va serdaromad sohalardan biriga aylandi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 200 millionga yaqin kishi ushbu sohada mehnat qiladi, jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda, dunyo bo‘yicha sayyohlar soni yiliga 4-5%ga ko‘payib, har yili boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 1 milliarddan oshmoqda. O‘zbekistonda 7000 dan ortiq tarixiy va madaniy yodgorlik mavjud. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YuNESKOning jahon merosi durdonalari ro‘yhatiga kiritilgan. Bugun mamlakatda 800 dan ortiq sayyohlik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda, 600 dan ortiq zamonaviy mehmonxona, sayyohlik bazasi va kemping mavjud.O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi BMTning jahon sayyohlik tashkiloti bilan birgalikda tayyorlagan ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning birinchi yarmida 1 million 125 ming sayyoh mamlakatga kelgan. Bu 2016-yilning mos davri bilan solishtirganda 18%ga ko‘pdir. Shuningdek, mamlakatda sayyohlik xizmatlari joriy yilning 6 oyida 694.5 million dollarni tashkil qilgani qayd qilingan. Biroq bu yutuqlarga qaramasdan O‘zbekiston turizm sohasida juda ko‘p kamchiliklar kuzatilmoqda. Qachonki bu muammolar bartaraf etilsagina davlatimiz turizm sohasida yuqori natijalarga erishadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi turizmini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida bir nechta vazifalarni belgiladilar. Jumladan, mamlakatda turizmni, milliy iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yhatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini berdi. Shu bilan birgalikda o‘tkazilgan tahlillar turizm tarmog‘ini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosning mukammal emasligi, alohida turizm xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining mavjud emasligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, joylashtirish vositalari va infratuzilma obektlarining, ayniqsa, turizm mavsumida yetishmasligi,turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obektlarining va ziyoratning o‘ziga xosliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing kompaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilayotganliklarini Prezidentimiz o‘z nutqlarida ta’kidlab o‘tdilar. Turizmni va xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish kabi fikrlarni Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2018-yil 28-dekabrda qilgan murojatnomasida bildirib, takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq turizmni jadal rivojlantirish borasida bir nechta vazifalar belgilandi. Jumladan:
*turizm infratuzilmasini rivojlantirishva qulay turizm muhitini yaratish;
*turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
*transport ligistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish;
*xorijiy va mahalliy aviakompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, ularning takliflarini ko‘rib chiqish va ularni ayeroportlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash;
*aviakompaniyalar xarajatlarini kamaytirish va iste’molchilar uchun aviachiptalar narxlarini optimallashtirish
*O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz obektlarni ko‘paytirish kabi vazifalar Prezidentimizning 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish uchun belgilab olindi.
Bulardan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi murojaatnomasida ham turizmning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilishi to‘g‘risida qarorlar belgilandi. Jumladan: joriy yilda xalqaro sayyohlar kelishini 7.5 millionga yetkazishni, nufuzli xorijiy axborot vositalari 2020-yilda O‘zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritganligidan unumli foydalanish zarurligini, katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarurligini, hukumat 3 oy muddatda ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlardagi ob’ektlar sonini 800 taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashni, YuNESKOning umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi ro‘yhatiga O‘zbekistondagi yangi ob’ektlarni kiritishni tezlashtirish lozimligini, joriy yilda zamonaviy mehmonxonalarni qurishga davlat budjetidan 200 milliard so‘m subsidiya ajratib, turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish zarurligi kabi qator vazifalar belgilab olindi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Tuxliyev I.S., G.H. Qudratov, Pardayev M.Q. Turizmni ryejalashtirish. Toshkyent – «Iqtisod - moliya» 2010.
Tuxliyev I.S., A.B.Bektemirov, Z.I.Usmanova. Turizmda strategik marketing Samarqand 2010 y.
Kamilova F.K. – «Xalqaro turizm bozori» // O‘quv qo‘llanma, Toshkyent. TDIU-2001
Do'stlaringiz bilan baham: |