O’қitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va o’қituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo’ladi. Bunday texnologiyalarga қuyidagilarni keltirish mumkin:
pedagogik jarayonda shaxsni ko’zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.AAmonashvili texnologiyasi);
o’қuv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o’қitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
o’қuv jarayonini samarali boshkarish va tashkil etish asosiga қurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi va N.P.Guzikning o’қitish tizimini. rejalashtirish texnologiyasi);
o’қitishni individuallashtirish texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya va
V.D.Shadrikovlar texnologiyasi);
o’қitishni dasturlash texnologiyasi (B.P. Bespalko).
4.5.1. Shaxsni ko’zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiyalar
Shaxsni ko’zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya asosida insonparvarlik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasi yotadi.
Bu texnologiya shaxsga tayanadi. U o’zini namoyon қilishga, yangi tajribalami idrok қilishga maқsad sari intilgan, ongli, ma’suliyatli shaxsdir.
Shaxsni ko’zda tutish texnologiyasi ҳar tomonlama rivojlangan shaxs-fuқaroning shakllanishi, ijodiy қobiliyatini namoyon қilish, ma’naviy-aҳloқiy tarbiya bilan bevosita boғlangan intellektual rivojlanishga қaratilgan.
Ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi yuz beradigan ayni muҳitdir. Ҳamkorlik pedagogikasi
Ҳamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko’pgina innovastion jarayonlarni ҳayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniқli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, JJ. Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers,
E.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshқalardir.
Ҳamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi:
•atrof-muҳitni ta’lim-tariyaga moslash; Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.
Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniқli pedagog olim va amaliyotchidir. U o’zining eksperimental maktabida ҳamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika to’қitishning ajoyib metodikasini ishlab chiқdi va ҳayotga tatbiқ etdi.
I Sh.A. Amonashvilining asosiy maқsadlari қuyidagilardan iborat:
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon қilish orқali unda olijanob in-sonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tugdirmoқ;
bolaning қalbi va yuragini uluғlamoқ;
boladagi bilishga bo’lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish; • keng va chuқur bilim ҳamda malaka olish uchun sharoit tugdirmoқ;
ideal tarbiya — bu o’z-o’zini tarbiyalamoқ.
Do'stlaringiz bilan baham: |