4.4. Tanқidiy fikrlashni o’stiruvchi faol metodlar.
Tanқidiy fikrlashni o’stirishga xizmat қiladigan metodlar «Demokratik ta’lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanқidiy fikrlash uchun o’қish va yozish» loyiҳasi doirasida ishlab chiқilgan.
Konsorstiumning a’zolari: Xalқaro o’қish assostiasiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtati universiteti. Bu loyiҳani Nyu — York Ochiқ jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to’ғrisidagi Markaziy va Sharқiy evropadagi Soros fondi mablaғ bilan ta’minlaydi.
Bu paragrifda metodlar mazmuni mazkur loyiҳa materiallariga muvofiқ ravishda yoritiladi.
Tanқidiy fikriashning faol metodlarini ishlab chiқishda қuyidagi asoslardan kelib chiқadilar: Tanқidiy fikrlash nima?
Fikrlash — o’қish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U i faol, muvofiқlashtiruvchi shunday jarayonki, unda u o’zida biror ҳaқiқat to’ғrisidagi fikrlarni қamrab oladi.
Fikrlash kontekstdan tashқarida ҳosil қilinadigan ko’nikma emas.
Tanқidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik ҳayotning umumiy kontekstidan yiroқlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan ҳodisa ҳam emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real ҳayot maқsadlaridan ajratilgan o’қuv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga obektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda қo’llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikriashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi soҳasidagi tadқiқotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadқiқotlarning asosiy natijalari:
Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalarning axborotlarni o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga ҳammualliflar, 1985).
O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaқiyatliroқ bo’ladi. Bunday strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
O’rganish va tanқidiy fikrlash talabalarning aniқ vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni қo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taқdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
O’rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustaҳkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan boғlash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
Tanқidiy fikrlash va o’rganish ғoya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va қadrlagan vaқtdagina amalga oshadi. Tanқidiy fikrlash «yakkayu yagona to’ғrijavobmi қabul қiladigan mentalitetjarayonida yuz bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |