Sinektika metodi. U 1960 yilda AҚShda U.Gordon tomonidan ishlab chiқilgan. Bu metod talabalaiga muammoning unsurlarini ifodalashga, ijodning bosh maқsadini ajratib olishga, turli xil xarakterdagi vazifalarni echishning ҳar xil nusxalarini izlashga yordam beradi va ular қuyidagi shaklga ega bo’ladi: bevosita (ma’lum bir vazifaning echilishiga o’xshatib echiladi), shaxsiy (obektdagi berilgan vazifa obraziga kirishga urinib ko’rish va shu nuқtai nazardan fikrlashga ҳarakat қilib ko’ring), ramziy (ikki jumla bilan vazifaning obrazli moҳiyatini aytib bering), xayoliy (go’yoki ertaklardagidek bu vazifani echadilar). Bu bilan bo’lғusi mutaxassisda abstraksiyalash malakasi, muҳokama predmetidan o’zini fikran olib қochish, aқl yuritish moyiligi, xayolot, baҳslarga kirishib keta olish, boғlanib қolish ҳavfi bo’lgan ғoyalardan uzoқlashish, boshқalar fikrini tinglash, safdoshi bildirgan ғoyalarga nisbatan chidamli bo’lish, odatdagilar ichidan ғayri odatiylarini va ғayri odatiylar ichidan odatdagilarini topish ҳamda analoglardan unumli foydalanish kabi sinektik fikrlashga bo’lgan қobiliyat shakllanadi.
Texnik echimlarning morfologik taҳlili va sintezi. Bu metod shveystariyalik astrofizik Svikki tomonidan ishlab chiқilgan. O’rganinshi lozim bo’lgan texnik tizim tarkibiy қismlari yoki funkstional morfologik belgilaridan iborat bo’lgan tarkibning ro’yxatidan aniқ muқobillari, texnik ifodalari ajratib olinadi ular morfologik қuti yoki matrista deb nomlanadigan jadvallar shaklida joylashadi va ajralib turgan belgilar variantlarini birlashtirib saralab olish orқali yangi vazifalar echimi aniқlanadi. Morfologik taҳlilda bo’lғusi mutaxassislar texnik vazifalar echimi unsurlarining ҳar tomonlama kombinasiyasini yasashga o’rganadilar. Chunki bu metod қuyidagi tamoyilga asoslangan: texnik xarakterdagi ijodiy vazifalarni echishda muvofiқlashtiruvchi o’қlar yordamida obektning muҳim tavsiflarini farқlab oladilar. Unga қuyidagilar kiradi:
vazifalarni aniқ ifodalash, yangi ifodalarni topishga urinish, ikkinchi darajali va o’xshash vazifalarni aniқlash ҳamda ulardan eng muҳimini ajratib olish;
echimlardagi mavjud kamchiliklar, ularning asosiy tamoyillari va yangi takliflarni sanab ko’rsatish;
xayoliy, biologik, iқtisodiy, molekulyar va boshқa analoglarni xomaki rejalashtirish;
matematik, gidravlik, elektron, mexanik va boshқa modellarni yasash (ular aslida analoglarga қiyoslangan ғoyalarni ifoda қiladi);
bu ishdan mutlaқo xabari yo’қ ba’zi kishilaming fikrlarini bilish va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |