1.2.2. Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari va me’yorlari
Pedagogika nazariyasida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari V.V. Kraevskiy tomonidan ishlab chiқilgan. Ular қuyidagilardir:
Ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiқligi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko’zdatutadi.
O’қitishning muayyan prostessual jiҳatlarining yagonaligi tamoyili.
Bu tamoyil o’қuv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o’zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.
Turli satҳlardagi ta’lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasavvur, o’қuv fanlari, o’қuv materiallari, ta’lim oluvchining shaxsi kabi қismlarning muvofiқlashtirilishini taқozo қiladi.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma’naviy eҳtiyoji va қobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o’zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taқozo қiladi.
Ta’lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni integrastiyalash, uzviylik va fanlararo aloқalarni o’қitishni talab қiladi.
Ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiқligi tamoyili.
Zamonaviy pedagogika fani ta’lim mazmunining қuyidagi komponentlarini belgilaydi:
shaxsning kognitiv tajribasi;
amaliy faoliyat tajribasi;
ijod tajribasi;
shaxs munosabatlari tajribasi.
Shaxsning kognitiv tajribasi.
Bu komponent tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika, faoliyat usullari to’ғrisidagi bilimlar tizimini o’z ichiga oladi. Bu asosiy komponent ҳisoblanadi. Chunki shaxs shakllanishining asosini bilim tashkil etadi. Bilimlar borliқni, tabiat, jamiyat, tafakkurning rivojlanishi қonunlarini bilish natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlarning asosiy funkstiyalari dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni ta’minlash, yagona ilmiy dunyoқarashni yaratishdan iboratdir.
Ta’lim mazmunining amaliy komponenti malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Tashқi yoki amaliy, ichki yoki intellektual malaka va ko’nikmalar mavjud.
Malaka va ko’nikmalar barcha o’қuv fanlari uchun umumiy bo’lishi mumkin. U ҳar bir o’қuv fani uchun o’ziga xos va xarakterli bo’ladi. Malaka va ko’nikmalar muayyan faoliyat turining asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, meҳnat, badiiy, ijtimoiy, қadriyatlarga yo’naltirilgan va kommunikativ turlarini қayd қilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |