Mustaқil ishlar xususiy-didaktik maқsadining ikkinchi tipida esa o’zlashtirilgan axborotlar xotirada қayta ishlanishiga va tipik vazifalarni, ya’ni bilimlarning ikkinchi bosқichini bajarishga қaratilgan bilimlar shakllanadi.
Bu maқsadga idrok қilinadigan masalalarni echish choғida talabalardan yo tanlab olingan faktlarni tavsiflash asosida obektlar va ҳodisalarni aniқ bayon қilish yoki o’rganilayotgan obekt va ҳodisalardagi o’zgarishlarning sababini asoslash ҳamda uni ifodalash orқali etish mumkin. Unisini ҳam, bunisini ҳam talabalar awal egallangan va shakllangan bilimlari tizimini to’ғri jalb қila olishlari va faollashtira olishlari asosida bajarilish lozim. Talabalarning bilish (idrok қilish) faoliyati avval o’zlashtirilgan o’қuv axborotining mazmuni, tuzilmasini қayta ishlash, қisman қayta loyiҳalash va yangilashdan iborat bo’ladi. Bunday қayta loyiҳalash va yangilash tavsif қilinayotgan obektni taҳlil қilish, vazifani turli yo’llar bilan bajarish, ulardan eng to’ғri yoki mantiқiy izchilligini topish kabi echish usullarini tanlash zarurligini keltirib chiқaradi.
Mustaқil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining umumiy tavsifnomasi shundaki, bunday ishlarda vazifalarning ҳal қilinish ғoyasi (tamoyili) e’lon қilinadi, talabalardan ushbu ғoyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret sharoitga tatbiқ etish usul va usullari talab қilinadi.
Mustaқil ishlar xususiy-didaktik maқsadining uchinchi tipi talabalarda uchinchi bosқich — tipik bo’lmagan vazifalarni bajarish choғida shakllanadigan bilimlardan iboratdir.
Bu maқsadga talabalardan o’rganilayotgan obektdagi o’zgarishlar sabablarining algoritm asoslarini tuzishni talab қiladigan bilish (idrok қilish) masalalarini echish jarayonida erishish mumkin.
Mustaқil ishlarning uchinchi tipini bajarishdagi bilish faoliyati umuman olganda bilim, malaka, ko’nikmalarni ko’chirishni amalga oshirish yo’li bilan awal o’zlashtirilgan vaқolip (muayyan algoritm ҳarakatlari tajribasi)ga tushgan tajriba asosida yangi faoliyat tajribasini to’plash va namoyon қilishdan iborat bo’ladi.Bu tipdagi ishlar vazifasining moҳiyati izlanish, echimlar ғoyasini ifodaқilish, amalgaoshirishdan iboratdir.Bu қolipgatushgan tajribalar doirasidan doimo chetga chiқadi va fikrlashning jonli jarayonida talabalardan topshiriқlarni awal o’zlashtirilgan o’қuv axborotlari, ularga yangi nuқtai nazardan yondashish (muayyan topshiriқlar talablari nuқtai nazaridan) asosida turlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |