1.3.2 Oliy maktabda o’қitish shakllari
Oliy maktabdagi o’қitish jarayoni o’қitishning shakl va metodlarini tashkil қilishning ko’pқirrali yagona tizimi ramkasida amalga oshiriladi.
Oliy maktabdagi o’қitishning shakl va metodlari yiғindisi o’қuv jarayonining obektiv қonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik kompleksni tashkil etadi.
Oliy maktabdagi o’қitishning shakl va metodlari tasnifi o’zaro boғlangan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:
o’қuv jarayonini boshқarish va tashkil etish bo’yicha
o’қituvchilarning faoliyati;
talabalarning o’қish va bilish faoliyati.
Oliy maktabdagi o’қuv jarayoni shakllariga lekstiya, seminar va amaliy mashғulotlar, laboratoriya mashғulotlari, o’қuv anjumanlari, maslaҳatlar, ekskursiya, ekspedistiya, o’қuv ishlab chiқarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaқil taҳsili.
Lekstiya - u yoki bu ilmiy masalani to’ғri, mantiқiy izchillikda va aniқ izoҳlab berish.
S.I. Arxangelskiyning ta’kidlashicha, lekstiya o’қituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, ҳissiyoti, irodasi, tuyғusi, e’tiқodi orқali talabalar ichki dunyosi bilan muloқotda bo’lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda uning yo’naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalov funkstiyalarini ro’yobga chiқarishga yordam beradi.
Leksiyaning yo’naltiruv funkstiyasida talabalarning diққati o’қuv materialining asosiy қoidalari, uni o’rganishdagi ҳamda bo’lғusi kasbiy faoliyatidagi roli, aҳamiyati va uni o’zlashtirish metodlariga jalb қilinadi. Leksiyaning axborot berish funkstiyasi o’қituvchi tomonidan asosiy ilmiy faktlar, қoidalar, xulosalarning moҳiyatini ochish choғida amalga oshiriladi. O’қitishning metodologik funkstiyasini қo’llash tadқiқot metodlarini қiyoslash, choғishtirishga ҳamda ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniқlashga yordam beradi. O’қitishning tarbiyalov funkstiyasi lekstiya jarayonida o’қuv materialiga ҳissiy baҳo berish munosabatlarini uyғotish, қiziқishlarini o’stirish, mantiқiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Taҳlillar shuni ko’rsatadiki, lekstiyada ҳal қilinadigan asosiy vazifalar қuyidagilardan iborat:
ilmiy bilimlarning muayyan miқdori bayon қilinadi;
talabalarga fan va tadқiқotlarning metodologiyasi tanishtiriladi;
o’қuv faoliyati va o’қuv mashғulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloқalar ko’rsatiladi.
Lekstiyaning didaktik maқsadi, o’қitish jarayonidagi o’rni va axborotlarni bayon қilish metodlariga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |