Pedagogika nazariyasida aқliy tarbiya shaxsni ҳayotga va meҳnatga tayyorlashning muҳim jiҳati sifatida belgilanadi. Uning moҳiyati shundaki, intellektual faoliyatga қiziқish uyғotish, bilimlar bilan қurollanish, ularni қo’lga kiritish va amaliyotda қo’llash metodlari, aқliy meҳnat madaniyatini joriy қilish orқali aқl va bilish қobiliyatlariga raҳbarlik қilishdir.
Pedagogika va psixologiyaga oid tadқiқotlarda aқliy tarbiya muammosini tushunish bo’yicha ikki muҳim konstepsiya mavjud.
Ulardan bin o’қitish jarayonida kishilar tomonidan to’plangan va bir tizimga keltirilgan bilimlarni egallashdan iboratdir. Bu қarash Platon davridan boshlab aksariyat falsafa va pedagogika namoyandalari tomonidan rivojlantirilgan (YaAKomenskiy, Dj. Lokk, I.F.Gerbert vab.) Bu konsepsiya namoyandalari aқliy tarbiyani belgilashda insoniyatning ijtimoiy tajribasiga asoslandilar. Bu esa so’zsiz bu konstepsiyaning ijobiy jiҳati edi. Lekin bu konstepsiyada ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, so’rovlari, қiziқishlari ҳisobga olingan edi.
Boshқa konstepsiya tarafdorlari (J.J.Russo va uning izdoshlari) bolaning aқli ҳammadan avval uning o’z tabiiy faoliyatida rivojlanadi degan қoidaga asoslanadilar. Ta’lim oluvchiga ishlash, ҳarakat қilish, mustaқil bo’lishga to’la imkoniyat yaratilishi zarur. Bunda fan ikkinchi navbatga surib қo’yilgan. Bu konstepsiya ijobiy va salbiy jiҳatlarga ega.
Faol mustaқil faoliyat jarayonida aқliy tarbiya to’ғrisidagi ғoya ijobiydir, biroқ unga yagona қoida sifatida қarashning o’zi etarli emas. Fanda to’plangan va insoniyatning tizimga tushirilgan tajribalarini inkor etib bo’lmaydi.
Pragmatika nazariyasi tarafdorlari tizimga tushirilgan bilimlarni o’zlashtirish konstepsiyasini қattiқ tanқid ostiga oldilar. Dj.Dyui ta’kidlaydiki, maktabdagi shaxs rivojlanishi, ҳayoti va tajribasi o’rganilishi lozim bo’lgan va tizimli bilimlar doirasini belgilaydigan o’қuv dasturlariga bo’ysundirilgan, zero ular o’lik, mexanik va formal manbalardir. U «maktab fanlari»ning an’anaviyligidan voz kechishni taklif қiladi va o’қitishga «suniy jarayon» ning kiritilishini talab қiladi.
Aқliy tarbiyani rivojlantirish jarayonida, bu konsepsiyani boyitishga ҳarakat қilingan. K.D.Ushinskiy aқlni ҳam formal, ҳam real rivojlantirish mumkin deb ҳisoblaydi.
Demak, turlicha yondoshuvlar, aқliy rivojlanishga bo’lgan amaldagi munosabatlar bilan zich aloқada, deb қarashga imkoniyat beradi.
Shaxsning amaldagi munosabatlari deganda uning tabiat, jamiyat va jamoa, san’atga bo’lgan munosabati tushuniladi. Bu munosabatlarda insoniyatning ko’p asrlik tajribasida to’plangan va tizimga tushirilgan ilm-fanni egallash katta aҳamiyatga molikdir.
Bunda faқat bilimlarni egallashga erishishgina emas, balki ularning moҳiyatiga chuқur kirib borish, ularni egallash ҳamda қo’llash metodlarini o’rganish, bilimlarni e’tiқodga, fikrlash va faoliyat қuroliga aylantirish ҳam zarur.
Aқliy rivojlanish bilimlarni o’zlashtirishning faқat ҳajmi va sifati emas, balki fikrlash jarayoni tuzilmasi, mantiқiy ish yuritish va aқliy ҳarakatlarning boyligi ҳamda uni to’ғri қo’llash bilan ҳam belgilanadi. Aқliy tarbiyaning umumiy sharti keng қamrovli faoliyatdir. Faoliyatning xarakteri ҳam muҳim aҳamiyatga molik. O’zi asoslanadigan ilmiy asoslarning kengayishi jarayonida aқliy rivojlanish intensivlashadi. Bunga faoliyatsiz ҳolat va maқsadsiz vaқt o’tkazish zid turadi. U intellektual ojizlikni, қoloқlikni yuzaga keltiradi.
Aқliy rivojlanishning asosiy jarayonlari L.S.Vigodskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, L.V.Zankov, M.A.Danilov, B.P.Esinov, M.N.Skatkin tadқiқotlarida yoritib berilgan. Ularda aқliy rivojlanish o’rganish, meҳnat, o’yin, ҳayotiy vaziyatlarda takomillashib boruvchi to’xtovsiz jarayon ekanligi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |