Uning tarkibi (CaO)n (CaS04)m formulaga mos keladi, chunki CaS04ning bir qismi pachalanib qoladi. Bunday gips asosan sun’iy marmar toshlar olishda, uning pollarini tayyorlashda va boshqa qurilish materiallari tayyorlashda ishlatiladi. Uning qotishi asosan CaOning gidratlanishi va qisman CaS04ning gidratlanishi hisobiga boradi.
Magnezial bog‘lovchi moddalar ham ishlab chiqariladi. Ular magnezitni yoki dolomitni shaxtali yoki aylanib kuydirish pechlarida 750—850°C haroratda kuydirib olinadi. Dolomit tarkibidagi CaC03 bunday haroratda parchalanmaydi. Kuydirilgan mahsulot sharli maydalagichlarda maydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |