Ca(0H)2+C02 = CaC03+H20
Hosil bo‘lgan Ca(OH)2 va CaC03 kristallari bir-biri hamda qum zarrachalari bog‘lanib mustahkam toshga aylanib qoladi. Ammo bu jarayon uzoq yillar (100 yillargacha) davom etadi.
Ohak yana oq silikatli (ohak-qumli) g‘isht tayyorlashda foydalanadi. Buning uchun 92—95 %li qum va 5—8 % so'ndirilmagan ohak aralashtirilib, suv bilan loy qorishtiriladi. Qorishmada yarim quruq usulda g'isht tayyorlanadi. Bundayg'isht 175°C haroratgacha bug1 bilan qizdiriladi. Bundan kimyoviy reaksiya borib, kalsiy gidrosilikati hosil bo'ladi (Ca0.Si02.nH20) va qum zarrachalarini yopishtirib oladi. Ohak so‘ndirilmagan yoki so‘ndirilgan holda xlorli ohak, soda olishda, qand ishlab chiqarishda, suvni yumshatishda metallurgiyada va boshqa ko‘pgina sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.
Havoda qotuvchi moddalardan yana biri gipsli bog'lovchi moddadir. Gipsli bog‘lovchi moddalar ikkalasiga past haroratda va yuqori haroratda kuydiriluvchi moddalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |