1 0 ‘shajoyda, 215-bet
2 0 ‘shajoyda,337-338-betlar.
485
ezgu niyatli, himmatli, jasoratli bo‘lishini talab etadi, ularga har bir ishni
bajarishga ongli suratda kirishishni maslahat beradi. Masalan, himmat
haqida so‘zlar ekan, odamlami hech bir jonli mavjudotni ranjitmaslikka,
xudo yaratgan jonivorlarga muruwatli bo‘lishga, don tashib borayotgan
chumoliga ozor bermaslikka da’vat etadi, chunki har bir tanada hayot
go‘zalligi mavjuddir.
Ahmad Donish inson axloqiga bir tomonlama yondoshmaydi. Bir
odamning turli sharoitda bir xilda qilgan xatti-harakatini bir tur me’yor
bilan baholab bo‘lmaydi, chunki uning xatti-harakatidan maqsadi
turlicha bo‘lishi mumkin.
Demak, Ahmad Donishning fikricha, inson axloqini baholashda,
gunohkomi o‘g‘rilikda ayblashda mehnatkashlar manfaati hisobga
olinishi kerak. Mutafakkiming bu talabi har bir davrda ham katta
ahamiyatga egadir.
Ochko‘zlik, mol-dunyoga o‘chlik yo‘li bilan topilgan, yig‘ilgan
boylik bolalaming axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun
Ahmad Donish bunday hissiyotga berilishga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya
etadi.
Ahmad Donishning pedagogik qarashlarida do‘stlik va o‘rtoqlik
masalasi ham alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalani hal qilishda u
insonparvarlik g‘oyalaridan kelib chiqadi. Do‘stlikni u yosh avlod
shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil deb
hisoblaydi, do‘st va o‘rtoq tanlashga ehtiyot bo‘lish kerakligini aytadi.
Bu masalada u o‘zidan oldin o‘tgan mutafakkirlar fikrini davom ettirib,
tanlanadigan o‘rtoqlaming fe’l-atvorlari bir-biriga o‘xshash bo‘lishi
lozimligini ta’kidlaydi.
Ahmad Donish do‘st tanlashda uning axloqidagi salbiy tomonga
emas, balki xulq-atvoridagi kamchilikka, ya’ni bu kamchilikning
boshqalarga zarar keltirmaydigan bo‘lishiga, o‘zidagi salbiy xislatlami
yo‘qotishga va yaxshilikka intiladigan kishilar bilan do‘stlashishni, bu
ishda unga yordam berishni tavsiya etadi.
Ahmad Donishning fikricha, har bir farzand faqat o‘ziga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan do‘st tanlamasdan, o‘z navbatida o‘zi ham unga
yaxshilik qila olishga qodir bo‘lishi lozimligini uqtiradi. Chunki
dunyoda kamchiliksiz odam yo‘q. Hatto eng yaxshi va dono odamda
ham nuqson bo‘ladi: bema’ni fe’l-atvorga ega boigan odamda ham
qandaydir yaxshi xususiyat, insoniylik mavjuddir, deydi. Insondagi
kamchilik - turli xilda bo‘ladi: ayrim kamchilik shaxsning o‘ziga zarar
keltiradi, ayrimlari esa boshqa odamlar uchun zararlidir.
486
Agar bema’ni fe’l-atvorli odamda qandaydir yaxshi xislat boisa,
kamchiligi o‘zi va boshqalarga zarar keltirmasa, u odam bilan
do‘stlashish mumkin, bunday odamga kamchilikdan qutulishga yordam
berish kerak deydi.
Ahmad Donishning do‘stlik va o‘rtoqlikka oid bu fikrlaridagi
ijobiylik shundaki, u odamlar manfaatini nazarda tutgan holda ulaming
xulqiga baho berishni maslahat beradi.
Ahmad Donish odamlarga ishonch bildirishda ulaming axloqiy
kuchiga ishonadi. Odamning tamoman yomon boiishiga, unda hech
qanday yaxshi sifat boimasligiga ishonmaydi. U yoshlardan, garchi,
odamlar bema’ni xulqli boisa ham, ularga ishonishni, uning insoniy-
ligini hurmat qilishni, ulardagi ijobiy sifatlami topa bilishni talab etadi.
Ahmad Donish axloq masalasida insonparvarlik, so‘zlash
odoblariga ham e’tibor beradi. U odamlar turli millat va dinda
boiishlaridan qat’i nazar, ulami tahqirlamaslikni talab etadi. U olimdan
ham ulug‘roq olim borligini aytib, ularga shafqat va mehribonchilik
bilan muomalada boiib, tavoze va odob bilan yordam berish kerakligini
ta’kidlaydi.
Ahmad Donish ijodida oila, xotin-qizlarga munosabat, ota-onalar
huquqi, madaniyati masalasi ham alohida o‘rinda turadi. Mutafakkir
xotinlami hurmat qilgan erkaklaming kamsitilishiga qarshi chiqadi.
Ahmad Donishning o‘z davrida xotin-qizlaming insoniy huquqini
himoya qijib chiqishi yuksak jasorat, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik
boigan hodisa edi.
Ahmad Donish ota-onalar huquqini belgilash haqida gapirar ekan,
ular bilan bolalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa haqida to‘xtalib, o‘z
huquqlarini suiiste’mol qilgan ota-onalami tartibga chaqirib qo‘yish
lozimligini aytib, ulaming huquqini chegaralashni taklif etadi. Uning
fikricha, shunday qilgan ota-onagina hurmatga sazovor boiadilar va
agarda bolalarini tug‘ri yoiga yo‘naltirsalar, bolalar ulaming
topshiriqlarini bajaradilar. Aks holda bolalar ulaming topshiriqlarini
bajarmaslikka haqlidirlar.
Ahmad Donish ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga
ham e’tibor beradi. Uning fikricha, oilaviy kelishmovchilik ota-ona
huquqi bilan bolalar huquqining chegarasi aniq boimaganligidan,
bolalaming o‘z ota-onasi qachon va qanday vaqtda, qanday masalada
itoat qilishi kerakligi, shuningdek, er-xotinlik hayoti qoidasi
belgilanmaganligidan kelib chiqadi.
487
Ahmad Donish, garchi, eskicha an’analami inkor etmagan boisa
ham, oila masalasiga, ayniqsa, xotin-qizlar huquqi, oilaviy hayot
masalasiga o‘z davrining ilg‘or mutafakkiri sifatida yondoshib, oila va
xotin-qizlaming huquqini himoya qiladi.
Ahmad Donish erlami xotinlaming insoniy qadr-qimmatini
hurmatlashga, ularga xushxulqlik bilan muomala qilishga odatlanishga
undaydi. Uning fikricha, «Qarindosh-urug\ yor-do'stlardan ajralib,
xalqdan o (zini yiroqlashtirish insoniyat madaniyatiga qarshi turishdir
deydi. Bunday kasbning ma'nosiga, madaniyatning haqiqatiga
tushunmabsizlar. Kasb qilish va madaniy bo ‘lishning ma ’nosi ichki va
tashqi kuch-quvvatlarni butunlay ishlatib, ketmon chopib, loyga botib
yoki ertadan kechga qadar ish ortidan yugurib yurish emasdir. Balki
kasbning chin ma ’nosi tirikchilikka yetarli harakat qilishdir.
Madaniyatli bo ‘lish esa insonlar xoh qo ‘li, xoh tili bilan o ‘zaro bir-
birlariga yordam berishlari demakdir».
Shunday qilib, Ahmad Donishning pedagogik qarashlari o‘zbek va
tojik xalqlari pedagogik fikrlari taraqqiyotiga salmoqli hissa boiib
qo‘shildi.
Ahmad Donish o‘zidan oldin o‘tgan mutafakkirlardan farqli oiaroq,
insonparvar mutafakkir sifatida, yosh avlodni hayotni, odamlami
sevishga va hurmat qilishga da’vat etadi, insonga ishonishni, undagi
yaxshi tomonlami aniqlashni, bilishni talab etadi:
- yoshlami bilimlami, hunami
egallashga chaqirib, ulaming
e’tiborini jismoniy va aqliy tarbiyada mehnatning ijtimoiy ahamiyatiga
jalb etadi;
- mol-dunyoga o‘chlikka, ochko‘zlikka qarshi kurashadi, bu
illatning kelib chiqishini psixologik asosini ko‘rsatishga harakat qiladi
va uning oldini olishni talab etadi;
- ota-onalar va bolalaming o‘zaro aloqasi muammosini hal qilishga
intiladi;
- o‘z xalqini boshqa xalqlar bilan do‘st boiishga da’vat etadi va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |