Dema, gimnaziya kim, bir guliston,
Erur har yona gulchinlar Xiromi.
Jahon ilmi gulining nakhatidin,
Muattar anda o‘g‘lonlar mashomi...
Qolib hayratda qilduk ofarinlar,
Bo‘lur mundog‘ shahlarning nizomi...
0 ‘lib gulchin ibrat Furqatiyning,
Bu gulshan sayrida shod o‘sdi komi.
Furqat «shovinizm» va milliy mahdudlikdan uzoqda edi. U do‘stlik
haqida muhammas, she’r va boshqa maktublarida o6z xalqi va Vatanini
chin qalbdan sevish bilan birga, boshqa xalqlarga ham hurmat va
xayrixohlik bilan qaradi. U xalqlar do4stligini, xususan, Xitoy xalqi bilan
Rossiya xalqlari do‘stligini mustahkamlanishi zamrligini ta’kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |