diniy ulamolar, shayxlar davrasida boidi, ular bilan suhbatlar, ilmiy
bahslar oikazdi, ahli donishlardan ko‘p narsa o‘rgandi, shu tariqa aql-
idrok va tafakkuri rivojlanib, fikran-ma’nan boyib, dunyoqarashi
kengayib va chuqurlashib bordi.
Temur va temuriylar davri shart-sharoitlar va taiim-tarbiyasi,
iqtisodiy-ijtimoiy, gcoyaviy-siyosiy zamin, moddiy-ma’ naviy va
intellektual imkoniyatlari boimaganda, ehtimol, Mirzo Ulug6bek
dunyoga bu qadar dovruq taratgan saltanat sohibi va buyuk mutafakkir
boia olmasdi.
Allomai jahon Mirzo Ulug‘bek ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga
alohida ahamiyat berib, atrofiga o‘z zamonasining buyuk olimlari,
astronomlar va matematiklami to4plab, ularga homiylik qildi. Uning
saroyi madaniyat, ilmu ma’rifatning haqiqiy markaziga aylandi.
Ulug‘bek davrida «Zubdat ut-tavorix» («Solnomalar qaymog *i») nomli
ajoyib asar yozgan tarixchi Lutfulla Hofizi Abro‘, «At-tarifati Jurjoniy»
nomli falsafiy risola muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy, mashhur
tibbiyot olimi Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Basotoyi
Samarqandiy, zabardast shoirlar Lutfiy, Mavlono Xisliy, Ismatillo
Buxoriy, Kamol Badaxshiy, yirik tilshunos va adabiyotshunos Fazlulloh
Abullays va boshqa ko‘plab dongdor olim va mutaffakirlar yashab, ijod
etishgan.
Mirzo Ulug‘bek jamiyat taraqqiyotini ilm-fansiz tasawur eta
olmagan buyuk alloma sifatida tarixda o‘zidan mangu nom qoldirdi.
Uningdek ulug‘ siymolar, ma’naviyat va ma’rifat daholari insoniyat
tarixida kamdan-kam uchraydi. Mutaffakir bobokalonimizning fikricha,
jamiyatning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruriyati asosida yuzaga
kelgan ilm-fan uning taraqqiyoti va istiqboli uchun xizmat qilmog‘i
lozim.
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahming qariyb qirq yillik hukmdori
sifatida ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojlanishiga alohida e’tibor
bilan qaradi. 17 yoshdan boshlab to vafotigacha obodonchilikka, ilm-
fanga katta e’tibor berdi. Uning davrida Buxoro, Samarqand, Gijduvon
va boshqa joylarda madrasalar qurildi. Bu madrasalar orasida eng
mashhurlaridan biri - 1417-1420-yillarda qurilgan Samarqand
madrasasidir. Madrasalarda tabiiy fanlar, xususan, tibbiyot, matematika,
astronomiya kabi ilmlar, fiqh, tafsir, shariat, islom asoslari o‘qitilgan.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417-yili boshlanib, uch yilda
qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug‘bek madrasaga mudams va olimlami
to‘play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik maktabi
343
shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay
sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan
Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi.
Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek otasining mulki Xurosonning
Koshon shahridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. Shunday
qilib, Movarounnahming turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan
olimlarning soni 1417-yilga kelib, 100 dan ortib ketdi. Ular orasida
adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin
yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va
obro‘liroq edi.
Ular orasida Qozizoda bilan Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.
1420-yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi boidi.
Manbalarda qayd etilishicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda,
bu erga to‘plangan adabiyot, san’at va fan namoyandalari Ulug‘bekdan
madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so‘rashganda, u
barcha fanlardan xabardor boigan biror odamni qidirib topaman, deb
javob bergan. Shu yerda gishtlar orasida iflos kiyimda o‘tirgan
Mavlono Muhammad Ulug‘bekning bu gapini eshitib qolgan va shu
onda o‘midan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin
Ulug‘bek uni imtihon qila boshlab, uning chinakam bilimdon odam
ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi
kiyintirish to‘g‘risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish kunida
Mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o‘qigan; Mavlono
Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma’ruzasini
Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna
olmagan^.1 Chunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy-nazariy jihatdan
kuchli va murakkab masalalami o‘z ichiga olgan edi.
Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin
Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug‘bek madrasasi-
ning dastlabki mudarrislaridan biri edi. G‘oyat bilimli bu olimni
zamondoshlari « 0 ‘z davrining Aflotuni» deb ataganlar. U Samar-
qandda dafn etilgan boiib, Qozizodaga yuksak baho bergan
Ulug‘bekning farmoniga ko‘ra, uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Bu
maqbara Shohizinda maqbaralari yaqinida joylashgan.
Ulug‘bekning falakiyotshunoslik (astronomik) maktabi tarixida
muhim rol o‘ynagan boshqa yirik matematik va astronomlardan biri
Giyosiddin Jamshid ibn Mas’ud edi. U 1416-yildayoq astronomik
asboblar to‘g‘risida risola yozgan edi. Bu asboblaming ko‘pidan
1 B.EapTOjnvj. C
Do'stlaringiz bilan baham: