Ustozning yaxshisin tanla albatta,
0 ‘g‘il-qiz pok o‘sar, yomondan chetda.
0 ‘g‘il-qizga o‘rgat bilim ham odob,
Baxtga yor bo‘lar u, bo‘lmagay xarob.
0 ‘g‘il topsin san’at-hunarda kamol,
Bu hunar bilan u tera berar mol.
0 ‘g‘ilni tergab tur: bo‘sh qo‘yma zinhor,
Benaf, bebosh bo‘lar, yugurar bekor.1
Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.2
Yusuf Xos Hojibning fikricha, farzand ko‘rish va unga tarbiya
berish har bir ota-ona uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning ma’nosi
yo‘q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta mas’uliyat yuklaydi, uning
uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shu
bois ham bola tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati alohida ahamiyatga
ega, chunki ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandning kelajagi va kamoloti
uchun nihoyatda muhimdir:
Do'stlaringiz bilan baham: