«Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari») ham alohida ahamiyatga egadir.
Unda arab tilining fasohat va mukammalligi haqida so‘z boradi. Fikmi
chiroyli ibora va so‘zlar bilan ifodalash, so‘z boyligidan o‘rinli va
ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat va balog‘at ilmlaridan
yaxshi xabardor boiishi kerak. Buning uchun so‘zni to‘g‘ri, o‘z o‘mida
ishlatish, qoidaga muvofiq so‘zlash va yozish ham kerak boigan. Bu
asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik so‘z birikmalari va
ulami amalda tatbiq etish yoilari chuqur tahlil qilingan.
288
Olimning «al-Qustos fi-l-aruz» («Aruzda o ‘lchov mezon») asari
aruz vazni haqida bahs yuritadi. Alifbo tartibida yig‘ilgan arab maqol va
masalalariga bag6ishlangan boshqa bir asarini u «Al-Mustaqso fi-l-
amsol» («Nihoyasiga etgan masalalar») deb atagan. «Maqomat»
(«Maqomlar»)~ ellik maqomdan iborat asari qofiyali nasr, saj’
uslubining nozik namunalarini o‘zida mujassam etgan. «Devon ush-
she’r» kitobi ham diqqatga sazovor asarlardan hisoblanadi. «Rabi’ ul-
abror va nusus ul-axyar» («Ezgular bahori va yaxshilar bayoni») nomli
97 bobdan iborat asarida esa adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid
hikoyalar, latifalar va suhbatlaming eng saralari j amlangan.
Az-Zamahshariy Makka amiri ibn Vaqqosning jo‘g‘rofiyaga oid
ma’lumotlariga tayanib va o‘zining Hijozga qilgan safaridan olgan
kuzatishlari asosida «Kitob al-jibol, va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog‘larf
joylar va suvlar haqida kitob») nomli mashhur jo'g6rofiy va qomusiy
asarini yaratgan. Asarda Arabiston yarim oroliga oid jo6g6rofiy joylar,
tog6lar va suvliklarga doir qimmatbaho ma’lumotlar keltiriladi. Mashhur
arab jo6g6rof olimi va sayyoh al-Hamaviy (1179-1229) ham o6zining
butun dunyoga mashhur «Mu’jam al-buldon» («Mamlakatlar qomusi»)
asarida Arabiston, xususan, Hijoz haqidagi ma’lumotlami az-
Zamahshariyning «Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» asariga taya-
nib yozgan.
Az-Zamahshariyning «Atvoq-uz-zahab fi-l-mavoi ’z va-l-xutab»
(« 0 ‘git va nasihatlarning oltin shodalari») nomli asari yuzta maqolat
(bob)dan iborat boiib, va’z-nasihat, hikmatli so6zlar, masal va
maqollami o6z ichiga oladi. Alloma bu asarida Sharq mamlakatlariga
ko6p yillik sayohati natijasida hamda o6zi ko6rgan, eshitgan va boshidan
kechirgan hayotiy tajribasi asosida shakllangan, ijtimoiy-axloqiy va
ma’rifiy-tarbiyaviy masalalar tp6g6risida keng fikr yuritadi. Jumladan,
mutafakkir o6z davridagi zolim podsholaming adolatsizligini, noinsof
amaldorlam firibgar savdogarlaming boylik yig6ishga intilishi kabi
salbiy xatti-harakatlarini qoralaydi. Bunday yaramas illatlar odamiylikka
putur yetkazadi, kishining axloqiy qiyofasini buzadi deb hisoblaydi va
ma’naviy jihatdan tuban bo6lgan shaxslami «Nohaqlarga pora
beruvchilar, zolimlarga yordam beruvchilardir»t «Savdogarlaming
shuhrati cho‘ntagida», «Chayqovchi ovchi iti»f «Ko‘pincha qilingan
hiyla va afsun, quwatu zo ‘rlikdan bo‘ladi ustun», «Vijdonli odam
xavfdan xoli yashasa, xiyonat qiluvchi halokatda yashaydi», «Xatolar
qilishda aworalardir, xatolar tushgan arobalardir», deb ta’kidlaydi.
289
Az-Zamahshariy o‘zining axloqiy qarashlarida o‘z zamonasidagi
turli tabaqa kishilari va kasb-hunar egalarining jamiyatda tutgan mavqei
va axloq-odobi to‘g6risida fikr yuritar ekan, mutafakkir shaxsning
qandayligidan, kimligidan (podshohmi yoki oddiy kishi) qafi nazar,
awalo u xushxulq va odamiylik ziynatiga ega boimoi kerakligi
to6g6risida gapiradi va «Xush sifat va yaxshi xulqlar ziynatlamagan
kimsani ipak kiyimlar ziynatlay olmaydi», deydi.
Buyuk allomaning fikricha, axloqiy yetuk kishining muhim
xislatlaridan biri kamtarlik, saxiylik, goszallik va mardlikdir: «Go(zal
yuz va chiroyli ko ‘rinish ko ‘ngilda shodlik paydo qilur», «Mard mag ‘lub
bo ‘Isa ham, tuban tushmaydi», deydi Zamahshariy.
Demak, odamiylik va kamtarlik kishini ma’naviy go‘zal qiladi,
bunday mard kishilarga baxt doimo kulib boqadi. Nomard, «Past kishi
o ‘z naslining balandligi bilan maqtanadi». Mutafakkir bundaylami eng
tuban
shaxslar
deb
hisoblaydi.
Az-Zamahshariy
pastkash,
ikkiyuzlamachi, ig‘vogar, nomard kishilardan yiroq yurishni maslahat
berib: «Ahmoq hikmat lazzatini totmaydi, tumov kishi gul hidini
sezmaydi», «Minnat-siltovlar bilan qilingan hotamlik ortig ‘i bilan
yoqqan yomg‘irdek bo‘Isa-da, unda yaxshilik bo‘lmaydi», «Yaxshilik
bilandur inson jamoli, oni qilurga-chi yo ‘qdir majoli», deydi.
Shuningdek, mutafakkir do‘stlik, do6st tanlash muammolariga ham
to‘xtalib, kishini do‘st tanlashda zinhor yanglishmaslikka chaqirib,
«Yomon y o ‘ldoshga ergashsang, uning og ‘usi senga yuqadi», «Sen xavf-
xatar, nochorlikka tushib qolishdan qo ‘rqituvchiga yondosh, qo ‘rqma,
bu ishda ziyon y o ‘q deyuvchidan saqlan» deb, chinakam dstlikning
asosiy belgisi sadoqat va ishonch ekanligini uqtiradi.
Az-Zamahshariy kishilami insonparvarlikka va haqiqatparastlikka,
halollik va rostgo6ylikka, to6g6rilikka, adolatli va insofli boiishga da’vat
etib: «Quyosh nuri bekilmaydi, haqiqat sham 7 so ‘nmaydi», «Og‘zingni
misvoq (tish kovlagich cho‘p) bilan pok qilding, koshkiydi endi uni
yolg‘on, g ‘iybat, chaqimchilik, bo ‘hton bilan iflos qilmasang», deydh
Shu bilan birga u insonning qadrini oshimvchi ham, pasaytimvchi ham
til ekanligini qayd etib, «Agar tilingni tiymasang, jilovingni shaytonga
berib qo ‘yasan» deydi. So6ngra u kamtarlik va to6g6rilik haqida gapirib:
«Til qilichining yarqiroqligi, uning to ‘g ‘ri so ‘zidir. Shuning uchun
tilingni faqat to ‘g ‘ri so ‘z bilan aylantir. Yamanliklar o ‘z qilichini qinida
saqlagani kabi, sen ham tiling qilichini yolg‘onlik xatosidan saqla.
Qilichningyarqirog‘ini zangyeydi. Yolg‘on esatil uchun zangdan ham
yomonroqdir. Yolg ‘on gapirganingda tiling senga boyliklar keltiradigan
290
yerda ham, baribir rost gapirgin. Sen bilmaysanki, to ‘g ‘rilikning
sharofatida najot topib baxtli bo‘lishingni. Yolg‘on esa qo‘qqisdan
o ‘zining shumligi bilan biroz foyda berib, so ‘ng o ‘ldiradi. Yolg‘on
gapirib g ‘alaba qozonganingdan, rost gapirib yomonlikka uchraganing
m a’quldir. Rostgo‘y odamga uning rostgo‘yligi kifoyadir. Yolg‘onchiga
uning yolg‘onchiligi yetarlidir. Chamadoni to ‘lib kelgan yolg‘onchidan
idishi bo ‘sh kelgan rostgo‘y yaxshidir. Agar rostgo‘ylik odam shaklida
ifodalansa, eng dahshatli armon bo‘lar. Yolg‘onningsurati esa qo‘rqoq
tulki bular edi... Va’da qilgan bo‘lsang unga vafo qilgin yoki va’dangni
bajarishga shoshil... Chaqmog‘idan oldin yomg‘iri kelgan, va’dasidan
oldin beradigan narsasi kelgan erkakka o ‘xshagin», deb maslahat
beradi. Shuningdek, mutafakkir nutq madaniyati, ya’ni so‘z go‘zalligi
inson uchun xushmuomalalik vositasi ekanligini qayd qilgan holda, agar
«Birovni koyuvchi bo ‘Isang, xat bilan koyi, yuzma-yuz turib koyish
ko ‘ngil sindirur va so ‘z o ‘lchovsiz ketar», deydi.
Az-Zamahshariy axloqiy-tarbiyaviy qarashlarida o‘zidan kattalami
hurmat qilish, bola tarbiyasi va unda ota-onaning roli haqida ham
o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Ota-ona bolani xushxulq,
odobli, mehnatsevar, aql-idrokli qilib tarbiyalamoqchi ekan, awalo,
bolani me’yoridan ortiqcha erkalatmasdan doimo nazoratda tutish
Do'stlaringiz bilan baham: |