maqsadimiz o ‘quvchi (talaba)ni toliqtirib qo ymaslikdir, hadeb bir
narsani o *qiy berish zerikarli bo 'ladi va toqatni toq qiladi. Agar
o ‘quvchi (talaba) bir masaladan boshqa bir masalaga o (tib tursa, u
xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek bo ‘ladi, bir bog ‘dan
o ‘tar-o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Kishi ulaming hammasini
ko 'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat
bag ‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan», - deydi.
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm-fanning ravnaqiga bogiiq
boisa, yoshlaming baxt-saodati va kamolotini uning bilimi va
ma’rifatiga bogiiq deb biladi va yoshlami ilm-ma’rifatga chorlaydi:
«Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan,
odamni ko (r qilib qo(yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-
odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko(zlikni quli bo ‘lishdan ozod
bo (lmog 7 darkor».
Bemniyning fikricha, yoshlar kasb-hunar va ish-tajribaning
ibtidosiga ega boiganlaridan keyin, ulami asta-sekin egallashda
yuqorilay boradilar va nazariy bilimlarini mantiqiy fikrlash yoiida
ishlatishga odatlanadilar. Shu tartibda bolalarga ilmlami o‘rgatish yoii
bilan ular to kamolga yetguncha taiim-tarbiya qilinadi. Bundan
ko‘zlangan asosiy maqsad savodsizlikka barham berishdir. Olim
yoshlarga bilim berish, ulami xat-savodli qilish haqida gapirarkan, bu
rinda zining «Hindiston» asarida qoozning paydo boiishi,
211
yozuvning vujudga kelishi, yozuvning o‘ziga xos xususiyati va belgilari,
o‘quv qurollari, har bir xalqda ta’lim berish va o‘qitishning o‘z tizimi
haqida ham batafsil ma’lumot beradi.
Beruniy ma’rifiy-didaktik qarashlarida ilm egalashda yodlatish
emas, balki puxta tushunib olishni asos deb bildi. Olimning fikricha,
kim nimaga kuchliroq intilsa, ana shu narsaga ko‘proq erishadi va bu
chinakam qoniqishdir. Ilgari bilmagan narsani bilib olganda ham
kishining qalbida shunday holat vujudga keladi.
Beruniy yoshlarga bilim berish bilan ularni nodonlikdan xoli etish
uchun kurashar ekan: «....bilimlilik orqali nodonlik ko 'tariladU azob-
uqubat bo‘lgan shak-shubha o ‘rniga ilm natijasida aniqlik kiradi», -
debyozadi.
Beruniyning ma’rifiy-pedagogik qarashlarida taiim bilan tarbiya
birligi masalalari muhim o‘rin tutadi. Olim ilmli boiish, yaxshi inson
boiish oson emasligi va bu esa faqat chidam bilan qilingan mehnat
mahsuli ekanligini ta’kidlab: «Daryolaming doimo dengizga quyilishi
uning suviga ta’sir krsatmaganidek, amal va lazzat - haqiqiy ilm
oluvchiga ta’sir ko‘rsata olmasligi kerak,» — deydi.
Bu yerda Beruniy ilm oluvchida ilmga nisbatan intilish va qiziqish,
sharoit va vaqt masalalarini ham ta’kidlaydi, inson ilm olish uchun o‘z
ko‘nglini barcha illatlardan tozalashi, pok boiishi lozim, degan ma’-
rifiy-pedagogik qarashlarini ilgari suradi. Bu bilan taiim va tarbiya
birligi tufayligina barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish g"oyasi
ustunligini amalda isbotlaydi.
—
«Inson eng olijanob fazilatlar sohibidir, - deb yozadi Beruniy
«Mineralogiya» nomli asarida - yaqin do ‘sti bor kishi chinakam
baxtiyor kishidir. U do‘st munosib hayot tarziga ega, yoqimli
xususiyatlar sohibi bo‘lishi lozim. Ana shunday chin d o ‘st har bir
kishida bitta bo‘ladi. Bundan ortiq bo‘lmaydi.
Odam hamisha boshqalarga yaxshilik ko 'rsatishi kerak. Agar
yaxshilik qilish imkoniga ega bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor etsin», —
deydi u.
Ana shunday ezgu fikrlar bayonidan so‘ng olim yoshlaming
kundalik turmushdagi yurish-turishlari, o‘zlarini tutishi, shaxsiy
gigienasiga oid foydali maslahatlar bergan: «Zero, insoniy sifatlardan
eng muhimlari ozodalik va tartiblilikdir. Insonning engyaqin narsasi
uning tabiati, ruhidir. Shuning uchun kishi tabiatiga yoqadigan ishlarni
qilishi kerak.
212
Insonning chehrasi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan bo ‘Isa, unga
boqish yoqimli bo ‘ladi. Kishining ismi ham jarangdor blishi kerak.
Kishining chehrasi hali u onasining qornidalik paytidayoq
shakllanadi. Shuning uchun uni zgartirib blmaydi. Lekin odam
axloqiy qiyofasi va turmush tarzini o ‘zgartirmoqqa qodir. Agar kishi o ‘z
hirslaridan ustun tura olsa, zidagi bor nuqsonlami yq qilib, ularni
yaxshisifatlargaaylantiraoladi».
Beruniy mamlakatning obodonchiligini, yoshlaming baxt-saodati va
kamolotini halol mehnat qilishda va kasb-hunar o‘rganishda deb biladi.
Mutafakkir
«Mineralogiya»
asarida
ijtimoiy-foydali
mehnatda,
hunarmandchilik sirlarini, ayniqsa, ayollar uchun zeb-ziynat buyumlar
yasashda xotin-qizlaming ishtirokini, ulaming zargarlik san’atidagi
qobiliyatlarini ham e’zozlab, ajoyib fikrlami aytgan. Shu munosabat
bilan olimning o‘sha asaridagi bir hikoyaning bayonini keltirish juda
ham o‘rinlidir: «Marvaridning bahosini kim yaxshi bilsa, u kishi uni
teshish va silliqlash ishlari bilan o‘zi shug‘ullanmay, bahosini
bilmaydigan shogirdlariga topshiradi. Bunda shogirdlarining qoilari
qaltiramaydi, qo‘rqmay ishlaydilar. Agar bu ish xavfsirash, qo‘rqish
bilan bajariladigan boisa, marvaridlar sinib, parchalanib isrof boiishi
mumkin. Ba’zan usta shogirdlarga shapaloq-tarsaki tushirib turadi,
sabab ulami xavfsirash o‘ylaridan xalos etib turishdir. Marvarid teshilib,
sayqal berilib boiingandan so‘ng har qanday xavf yo‘qoladi».
Maiumki, marvariddan bezak, marjon, isirg‘a tayyorlashgan.
Buning uchun ikki marta teshish va silliqlash ishlari bajarilgan. Ishni
bosh usta va uning shogirdlari bajarishgan. Marvarid teshish, bezashda
olmosdan kam foydalanilgan. Bunda erkaklarga nisbatan xotin-qizlar
ustaga ko‘proq yordam berishgan. Bemniyning fikricha, bu ulaming
xulq va mhiga ta’sir etadi.
Buyuk alloma shuni alohida uqtiradiki, barcha qimmatli narsalar
inson mehnati bilan yaratiladi va inson qadr-qimmati uning avlod-
ajdodining kim boiganligi bilan emas, balki o‘zining halol mehnati
bilan belgilanadi. Shuning uchun ham Bemniy oilada hammani o‘z
kuchi va qobiliyatiga qarab ijtimoiy-foydali mehnatning, kasb-hunaming
biror turi bilan shug‘ullanishga da’vat etadi. Biror kishi ham bekorchi
boimasin. Bekorchilik jamiyatga moddiy, ma’naviy zarar keltiradi, deb
ko‘rsatadi.
Xususan, Bemniy o‘z bolalarini jismoniy mehnatga, kasb-hunarga
o‘rgatmaydigan zodagon oilalami qattiq tanqid qiladi va bu kishilardan
nafratlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |