Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

«Ilmu  m a’rifatdan  nima foyda,  deguvchi  qpol  va  badmuomala 

johillar torisida Beruniy deydiki,  ular insonning boshqa hccyvonotdan 

ustunligi  ilm  tufayli  ekanini  bilmaydigan  va  ilmsiz  inson  o ‘z 

mazmunidan mahrum bo ‘lajagini ular fahmlamaydilar...

Ilmni  uning  mohiyati  uchun  rganadilar.  Ilm  o ‘zi  lazzat 

bag‘ishlaydi.  Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar.  Ular ilm tufayli 

yovuzlikdan  xalos  topadilar.  Shuning  zi  eng  aniq foyda,  eng  katta 

davlat emas-mi, axir».

Buyuk  olim  Beruniyning  ilm  ta’rifida  aytgan  bu  so‘zlari  ilm-fan 

qimmatini  ko‘klarga  ko‘tarish,  yana  ayni  haqiqatni  lo‘nda  va  ishonarli 

bayon  qilishning  aniq  namunasidir.  Beruniy  ilm  dushmani  boigan, 

undan  nima  foyda  bor  deguvchi  johillami  tanqid  qilish  bilan 

cheklanmaydi.  Balki,  shunday  kimsalar  foyda  deb  hisoblagan 

tushunchalaming  tubanlik  ekanini  ochib  tashlaydi.  Olim  ilmning

208



turmushni  har  bir  sohasida  chin  foyda  yetkazajagini  qat’iy  nisbatlar 

orqali isbotlab ko‘rsatadi.

Shuning uchun ham Beruniy jamiyat hukmdorlarini ilm ahllarini har 

tomonlama  qo‘llab-quwatlashga,  hurmat  qilishga  chaqiradi.  Qomusiy 

olim  «Hindiston»  asarida:  «Ular  zamonning  iqboli  bo‘lib,  turli  fikr  va 

xotiralar  ularga  qo‘shilib  borsa  ko‘payadi.  Odamlaming  ilmga  rag‘bat 

qilishi,  ilm  va  ilm  ahllarini  hurmat  qilishi  o‘sha  iqbolning  belgilaridir. 

Ayniqsa,  hukmron  kishilaming  ilm  ahliga  ko‘maklashuvi  turli  ilm 

olamining  boyishiga  sabab  bo‘ladi»  -   deb  yozadi.  Bemniyning 

uqtirishicha,  olimlar  yaratgan  ilmiy  asarlar  faqat  nazariy-amaliy 

ahamiyatga  ega emas,  balki  ma’naviy  ahamiyatga ham egadir.  U fanga 

beg‘araz  xizmat  qilish  olimning  burchi,  yoshlaming  ilmga  nisbatan 

ehtiyoj va talablarini qondirish esa fanning vazifasi ekanligini ta’kidlab, 

olim va ustozlami g‘ayirlik va g‘arazgo‘ylikka yo‘1 qo‘ymaslikka da’vat 

etadi.

Beruniyning  fikricha,  yoshlaming  ijtimoiy  kamoloti  ilm-fan 



yordami bilan tarbiyalanadigan yuksak intellektual va axloqiy qoidalami 

hamma  joyda  joriy  qilish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  U  insonning 

axloq-odobli  boiishi,  yurish-turish  va  hayot  kechirishning  barcha 

qoidalariga rioya qilishi lozimligini ta’kidlaydi.  Shunday  boiish awalo 

uning  o‘ziga  bogiiq,  chunki  «inson  o‘z  ehtiroslariga  hukmron,  ulami 

o‘zgartirishga  qodir,  o‘z jon  va tanini  tarbiyalar  ekan,  salbiy jihatlami 

maqtagulik  narsalarga  aylantirishga  uni  ma’naviy  shifokorlik  bilan 

davolashga  hamda  asta-sekin  axloq  haqidagi  kitoblarda  ko‘rsatilgan 

usullar bilan illatlami bartaraf etishga qodirdir».

Bcruniy  insonning  tabiati  va  insonning  janiiyatdagi  o‘mi 

masalalariga baho berishda ham o‘z davrining yirik tarbiyashunos olimi 

edi.  Olim  o‘z  asarlarida  inson  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ijtimoiy  mavjudot 

ekanligini,  u  faqat  boshqa  kishilar  bilan  birgalikda  yashay  olishini 

ta’kidlaydi.  Uning  yozishicha,  odamlar  o‘z  ehtiyojlarining  ko‘pligi, 

dushmandan saqlanish zarurligi  sababli, bir-birlarini  qoilab-quwatlash, 

bajargan  ishlari  orqali  o‘zlarini  ham,  boshqalami  ham  ta’minlash 

maqsadida  umg‘-aymoqlari  bilan  jamoalarga  birlashgan.  Mutafakkir 

iisonning olijanobligi haqida mulohaza yuritib, insonning qiyofasi uning 

hayot  tarzi,  taiim-tarbiyasi  bilan  aniqlanadi,  degan  xulosaga  keladi. 

Mana  shu  fikrlarining  o‘ziyoq  Beruniyni  kishilik  jamiyati  vujudga 

kelishi  va  insonning  taiim-tarbiyasi  muammosiga  aql-idrok  bilan 

yondoshganini  ko‘rsatadi.  Alloma  Bemniy  ayni  chog‘da  iste’dodli 

tarbiyashunos  boigan.  Olimning  «Kitob  al-javohir  fi-ma’rifat  al-

209



javohir»  («Mineralogiya»),  «A1  asorul  boqiya  anil-qurun  il-xoliya» 

(«Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklan>),  «Attafhim-li  avoidi 

sinoatit tanjim»  («Munajjimlik  san’atidan  boshlang‘ich  tushunchalar»), 

«Tarixul  hind»,  («Hindiston»)  va  boshqa  asarlarida  pedagogika  va 

psixologiya  masalalariga  oid  g‘oyat  qimmatli  fikr-mulohazalari 

mavjuddir.  Olim  ilmiy-pedagogik  faoliyatida  o‘z  davrida  ma’lum 

boigan  deyarli  barcha  fan  yutuqlariga  tayangan,  tarbiyashunoslik  va 

ruhshunoslik  ilmi  bo‘yicha  dadil  fikrlami  ilgari  surgan.  «Hind 

munajjimlari  yoniga  borganimda»,-deb  yozadi  u  «Hindiston»  asarida, 

dastlab  o‘zimni  muallim  huzuridagi  shogird  kabi  tutdim,  chunki  men 

ular  orasida  muhojir  va  ulaming  yutuqlari,  usullaridan  bexabar  edim. 

Shu  borada  bir  oz  bilim  orttirgach,  men  ularga  riyoziyot  fanining 

haqiqiy usullarini tushuntira boshladim. Ular huzurimga to‘p-to‘p boiib 

kelar,  hayron  qolar,  shuningdek,  mendan  foydali  bilim  olishga 

intilishardi».

Bilim  tarqatish  ishtiyoqi  bilan  toiib-toshgan  Beruniy  Evklidning 

riyoziyot  ibtidosi  haqidagi  kitobi  va  Ptolemeyning  «Almagest»  asarini 

hindlaming  sanskrit  tiliga  tarjima  qilgan.  Bundan  tashqari,  hindlarga 

o‘zining  usturlob  haqidagi  asarini  aytib  turib  yozdirdi.  Talabalar 

tushunishi  oson  boiishi  hamda  ular  turli  kitoblami  qidirib  yurmasligi 

uchun u o‘z asarini iloji boricha sodda yo‘sinda yozar edi.

Beruniy 


«Tafxim» 

(«Munajjimlik 

fanining 

maiumotlarini 

tanishtirish  kitobi»)  nomli  asarida  didaktika  muammolariga,  ayniqsa, 

riyoziyot  fanlarini  o‘qitish  va  uni  keng yoyishga jiddiy  e’tibor  bergan. 

Olimning  mazkur  asari  o‘ziga  xos  qomusdir,  unda  arifmetika,  algebra, 

handasa  va  falakiyotga  oid  turli  masalalar  bo‘yicha  talay  maiumotlar 

to‘plangan.  Shu  boisdan  «Tafxim»ni  faqat  muhim  ilmiy  asar  debgina 

emas,  balki  g‘oyat  ko‘p  qirrali  tarbiyaviy  hikmatlarga  boy  o‘quv 

qoilanmasi desa boiadi.

Beruniyning  awalgi  salaflaridan,  jumladan,  Evkliddan  farqi 

shundaki, u bu o‘quv qoilanmasida shaklga ta’rif berar ekan, eng awalo 

shaklning  ta’rifini  aytadi,  so‘ng  uning  nuqtalari,  chiziqlari  va  yuzasi 

haqida so‘z yuritadi.  Bundan juda katta  pedagogik va  didaktik maqsad 

ko‘zlangan (shogird awalo  ko‘zi  ko‘rib  turgan narsani- shaklning yoki 

jismning  o‘zini  idrok  etadi,  uni  his  etadi,  so‘ng  uning  mavhum 

xislatlari— nuqtalari,  chiziqlari  va  hokazolari  haqida  mulohaza  yuritadi 

Evklidda  esa  aksincha).  Xuddi  shu  jihati  bilan  Beruniy  o‘rta  asr 

Sharqida  Forobiyning  «o‘rganishni  his  etayotgan  narsadan -   shaklning 

yoki  jismning  o‘zidan  boshlash,  so‘ng  uning  yuzasi  yoki  hajmi,

210



chiziqlari  va  nuqtasiga  o‘tish  lozim»  degan  didaktik  g6oyasini  targib 

etadi.


Olim  o4z  asarlarida  olg‘a  surilayotgan  flkrlami  o4quvchi-talabaga 

tez yetkazish maqsadida ulaming nomlarini ham tushunarli qilib ataydi. 

Masalan,  «Dono fikrlar majmuasi», «Tafakkur hamda shuur mashqi» va 

boshqa  asarlarida  bayon  etilayotgan  fikrlarni  hayotda,  turmush 

amaliyotida  ishlatilishiga  qarab  birinchi  darajali  vazifa  deb  qaraydi  va 

shuning 


uchun 

o6zidan 



oldingi 

tadqiqotchilaming 

aksari 

mulohazalarini  o4z  zamondoshlariga moslab,  tahrir etib,  xatolardan xoli 

tarzda taqdim qiladi.

Beruniy  zining  ma’rifiy-pedagogik  qarashlarida  taiim-tarbiya 

birligi va axloq masalalariga ham faqat o‘z davrining yetuk mutafakkiri 

sifatida  emas,  balki  yetuk  tarbiyashunos  olim  sifatida  yondoshadi. 

Iste’dodli  mutafakkirning  ma’rifiy-didaktik  qarashlarida,  o‘quvchi- 

talabalami o6qitish va tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzular 

yuzasidan  mulohazalar  yuritishni,  shuningdek,  o‘quvchi-talabani 

zeriktirmaslikni,  xotirasiga  malol  keltirmaslikni  ta’kidlab:  «Bizning 




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish