Ilmiy boshqaruv maktabi va ma‘muriy (klassik) maktab vakillari inson omilining ahamiyatini tan olishsa-da, ularning bahs-munozaralari mehnatga adolatli haq to`lash, iqtisodiy rag`batlantirish va rasmiy funksional munosabatlarning o`rnatilishi kabi jihatlar bilan cheklandi. Insoniy munosabatlar uchun harakat ularning inson omilini tashkilot samaradorligining asosiy unsure sifatida to`liq anglab etishga qodir emasligiga javoban paydo bo`ldi. Insoniy munosabatlar maktabi ilmiy boshqaruvga qarshi bo`lib chiqdi, chunki unda e‘tibor ishlab chiqarish haqida qayg`urishga emas, balki insonlarga qaratildi. G`oya shundan iborat ediki, insonlarga e‘tiborning oddiy namoyon bo`lishi ular mehnatining unumdorligiga juda katta ta‘sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |