E.Meyo, F.Teylordan farqli o`laroq, agar to`g`ri munosabatlar yo`lga qo`yilsa, inson qiziqish va shijoat bilan mehnat qiladi, deb hisoblardi. Meyoning fikriga ko`ra, menejerlar ishchilarga ishonishlari va asosiy e‘tiborni jamoada yaxshi o`zaro munosabatlarni yo`lga qo`yishga qaratishlari lozim.
Bixeviorist olimlar tomonidan motivatsiyaning bir nechta nazariyasi ishlab chiqilishi XX asrning 40 – 60-yillarida insoniy munosabatlar maktabining rivojlanishiga turtki berdi. Shulardan biri boshqaruvda bixeviorizmning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan A.Maslouning (1908 – 1970) ehtiyojlar ierarxik nazariyasidir. Keyinchalik menejmentda keng qo`llanilgan ushbu nazariya «ehtiyojlar piramidasi» sifatida ma‘lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |