362
Jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relations)
- tashkilot va jamoalar
o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar orqali ruhiy
hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratishga qaratilgan. Bu yerda
kommunikatsiyalarning maqsadi faqat savdoni tashkil qilish emas, balki
firma faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. Bu an’anaviy
vositalarga qo‘shimcha ravishda yarmarkalar, salonlar, ko‘rgazmalar,
pochta tarqatish, telemarketing va kataloglar bo‘yicha savdo kabi
bevosita kommunikatsiya vositalarini ham aytib o‘tish joiz.
Jamoatchilik bilan aloqalar— korxona va turli xil aloqa qiluvchi
auditoriyalar (jamoatchilik) o‘rtasida yaxshi munosabatlarni o‘rnatish va
saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun manfaatli obro‘-e’tibor,
ijobiy imijni yaratish vositasida yo‘lga qo‘yish. Buning uchun tashviqot,
matbuot, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini
saqlab turish kabi usullar qo‘llaniladi.
Yevropalik nazariyotchi va amaliyotchilar jamoatchilik bilan
aloqalar tushunchasiga shunday tarif berishgan: «Tashkilot va keng xalq
ommasi o‘rtasida yaxshi munosabat va o‘zaro bir-birini tushunishni
yo‘lga qo‘yish va saqlab turishga qaratilgan faoliyatni doimiy asosda
rejalashtirib borishdir».
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida Mek-
sikada o‘tkazilgan konferensiyada bir necha kun davom etgan
muhokamadan keyin boshqa bir tarif ushbu terminga munosib ko‘rildi,
chunonchi: «Jamoatchilik bilan aloqalar — tashkilot va jamoatchilik
manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan tendensiyalar tahlili, ularning
oqibatlarini bashoratlash, tashkilotlar yo‘lboshchilariga tavsiyalar berish
va rejalashtirilgan harakat va tadbirlarni amalga oshirish san’ati hamda
ijtimoiy fandir».
Keyingi yillarda Public Relations keskin rivojlanmoqda va
marketing tizimida yirik va salobatli firmalarning murakkab, mustaqil,
samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini ishlab
chiqaradigan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial
xaridorlar doirasini kengaytirish, tovar haqida keng axborotga ega
bo‘lish maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning bozor bilan kommunikativ aloqalari korxona bozorga
o‘zining tovarlari, xizmatlari va ular haqidagi xabarlarni yo‘naltirishda
namoyon bo‘ladi. Bozor esa korxonaga sotilgan mahsulot uchun pul
mablag‘larini va mazkur tovarga bozorning munosabati qandayligi
haqidagi axborotni qaytaradi.