Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/341
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#322570
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   341
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

15-masala 

 

O‘z mahsulotingizga tovar belgisini yarating. Eslab qolish oddiyligi

firma faoliyati profiliga to‘g‘ri keladigan va originalligi nuqtayi nazari-

dan tahlil qiling.  



16-masala 

 

O‘z firmangiz tovarlarining qadoqlash (upakovkasi)ni aytib bering. 



 

17-masala 

 

Quyidagi tovarlarni 3 darajali tahlilini o‘tkazing. 

- krem, “Dansova” detektivi, kinoteatrda film. 

- yumshoq mebel, zamonaviy tufli, avtomat kir yuvish mashinasi. 



 

Muammoli vaziyatlar 

 

1. Amaliy marketingning kritik yondashuviga ko‘ra iste’molchilar-

ning ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak bo‘ladigan tovarlarni 

marketing sotib olishga undaydi.  Ushbu fikrga o‘z munosabatingizni 

bildiring. 

2.  Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z 

oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini 

buyurdi. Tushlik vaqtida oshpaz bir uyum qisqichbaqalarni 

mehmonlarga taqdim etdi. Ammo mehmonlar tayyorlangan taomning 

hech qanchalik hayratomuz emas ekanligini bildirdilar. Shunda oshpaz 

mehmonlarga yuzlanib qisqichbaqalar qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular 

qimirlayotganligini ko‘rsatdi va rimlik mehmonlarni hayratga soldi. 

Mehmonlarni kuzatib Yuriy Sezar Klodiydan bunga qanday erishganlik 

sirini so‘radi. Klodiy esa bu juda oddiy shunchaki, pishgan qisqich-




371 

 

baqalar orasiga  bitta tirik qisqichbaqani qo‘yib yuborganligi va u 



qimirlashi bilan qolganlarini ham qimirlatishini tushuntirdi. 

   Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida 

marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini 

tushuntirib bering. 

3. Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab 

chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish 

uchun yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi. 

1-marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini 

aytdi. 

2- marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasligini 

aytdi. 

Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri? 

4.Quyidagi firmalarning faoliyati marketingning qaysi konsep-

siyasiga asoslangan? 

     “Viktoriya”  firmasi  erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ul-

lanadi. Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga 

asoslanadi. 

     Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni 

ishlab chiqaradi  va keng assortimentda taqdim etadi. 

    “Zebra  firmasi”  kanselyariya  mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining 

agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi. 

    “Elektron”  kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarish-

da tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda 

o‘zining tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga 

qaratadilar. 

     “Jamiyat”  qurilish  kompaniyasi faqat mazkur shaharda 

ro‘yxatdan o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi. 

     Sizning  kompaniyangiz  marketingni  tashkil etishda qanday 

konseptual yondashuv bilan boshqaradi? 

5. Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur? 

Ularni qaysi manbalardan olish mumkin? 

Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda ota-

onalarning qarorlariga bolalarning ta’siri darajasini o‘rganish.  

Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish 

imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda. 




372 

 

Toshkent viloyati Moliya-iqtisodiyot kolleji korxona va tashkilotlar-



ga uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda. 

6. Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni 

o‘ylab yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning 

to‘rtta turi haqida aytib bering!  

Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin? 

7. Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning oziq-

ovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga  mikromuhitining 

qanday tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin? 

8. Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda. 

Plastik qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu 

holat qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering. 

9. “Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif  buyurganlardan necha 

foyizi xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot 

to‘plashning qanday usulidan foydalanish mumkin? 

10. O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!  

11. Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini qanday 

qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating. 

12. Sizning firmangiz duch  kelgan raqobatchilar guruhi haqida 

aytib bering. 

13. Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning 

holatini baholang. 

14. Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday 

qilib rag‘batlantirishingizni ayting. 

15. Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq 

holda) qanday o‘rin tutadi? 

16. Segmentatsiya yordamida  firma qanday maqsadga erishadi? 

17. Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash  

nimaga bog‘liq? 

18. Qanday tovarni ishlab chiqaruvchilar nodifferensial marketingga 

amal qilishi kerak  va ular nima uchun tejamkor hisoblanadilar? 

19. Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni oshi-

rish bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan 

risklarni pasaytirishga qanday maslahat berasiz? 

20. Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash mezon-

larini aytib bering. 

21. Nima sababdan  marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli 

bozorni tanlashni taqozo etadi?  



373 

 

22. “Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $, 



xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va 

izohlang. 

23. Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotil-

mayapti. Buni oldini olish maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz 

kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan foydalanish maqsadga 

muvofiq, deb o‘ylaysiz va  nima uchun? 

24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan 

qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat 

dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda siz 

rahbar sifatida qanday ish tutasiz? 

25. Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum  

muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning 

mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda 

menejer sifatida qanday yo‘l  tutishingiz kerak?  

26. Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisob-

lanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota bosh-

ladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga qaramasdan, 

ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi. 

Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish 

kerak? 



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish