357
12.4-jadval
Axborot vositalarining asosiy turlari tavsifi
Tashuvchi Afzalligi
Cheklovi
Gazetalar
Ochiq-ravshanlik; O‘z vaqtidalik;
Mahalliy bozorni qamrab olishning
yuqori darajasi; yuqori tan olinish;
ishonchning yuqori darajadaligi
Muddati uzoq emas; bosma sifati
pastligi; uncha katta bo‘lmagan
ikkilamchi auditoriya
Televilenie
Harakatlanuvchi tasvir va ovozning
hamohangligi; bevosita tuyg‘ularga
murojaat qilinishi; diqqat-e’tibor-
ning yuqori darajasi; qamrab olish
darajasi yuqoriligi
Yuqori mutlaq qiymat; efirning
reklama bilan to‘lib ketgani;
kontaktning qisqa muddatliligi;
auditoriyani tanlash darajasi
yuqori emasligi
To‘qridan
to‘g‘ri pochta
reklamasi
Auditoriyani tanlash imkoniyati,
ochiq-ravshanlik, bir tashuvchiga
nisbatan raqobatning yo‘qligi,
manzilli xarakterga egaligi
Nisbatan yuqori qiymat;
«makulatura»ga aylanish xavfi
Radio
Ommaviylik, geografik va
demografik belgilari bo‘yicha
tanlash darajasi yuqoriligi!
Axborotlarni faqat ovozli
berilishi; televidiniyega nisbatan
kam jalb etuvchanligi; standart
tariflar yo‘qligi; kontaktning
qisqa muddatliligi
Jurnallar
Geografik va demografik
belgilariga ko‘ra kashfiyotchilik
darajasi yuqoriligi; ishonch va
istiqbol; yuqori sifatli bosma nashr;
uzoq muddat «yashashi»; katta
ikkilamchi auditoriya
Reklama maydonini sotib olish
va reklamaning chiqishi
orasidagi tanaffusning kattaligi;
talabga ega bo‘lmagan tirajda
yo‘qolib ketish; kafolatlangan
joylashtirishning yo‘qligi
Tashqi reklama
Ochiqlik; takroriy kontaktlarning
yuqori ko‘rsatkichi; qiymati
pastligi; raqobat yuqori emasligi
Auditoriyaga nisbatn cheklangan
tanlov, ijobiy cheklanganlik
Telefon
ma’lumotlari
Mahalliy bozorni qamrab olishning
eng yuqori darajasi; yuqori
darajadagi ishonch; past qiymat;
auditoriyani keng qamrab olinishi
Yuqori raqobat reklama
maydonini sotib olish va reklama
chiqishi orasidagi katta tanaffus;
ijodiy cheklov
Axborot
byulleteni
Auditoriyalarga nisbatan o‘ta
yuqori tanlov; to‘liq nazorat;
interfaol imkoniyatlar; nisbatan past
qiymat
Xarajatlar nazoratdan tashqariga
chiqib ketishi (nazoratsiz
qolishi) mumkin
Reklama
risolalari
Ochiqlik; to‘la nazorat; reklama
murojaatini kuchaytirishga qodirlik
Qayta ishlab chiqarish xarajatlar
ortib ketishiga olib kelishi
mumkin
Telefon
Foydalanuvchilar ko‘pligi;
individual kontakt o‘rnatish
mumkinligi
Nisbatan yuqori qiymat (agar
ko‘ngillilar jalb etilmasa)
Internet
Auditoriyaga nisbatan tanlash
imkoniyati yuqoriligi; interfaol
kontakt imkoniyati bor; nisbatan
narxi arzon
Axborotlarning nisbatan yangi
vositasi, shuning uchun ayrim
mamlakatlarda foydalanuvchilar
soni kam
358
Noan’anaviy medianing bosh yutug‘i, ularning maqsadli auditoriya-
ga o‘ta aniq chiqish imkonini berishidir, bunda vaziyatdan kelib chiqib,
aloqa bo‘ladigan auditoriya «asirga olingan» bo‘lib, ushbu qamrab olish
iqtisodiy nuqtayi nazardan qisman samarali bo‘ladi. Xabarlar sodda va
to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Har qanday marketing strategiyasining,
shu jumladan, «muqobil»ini ham baholash u marka kapitaliga bevosita
yoki bilvosita qo‘yilmalar kiritishiga qarab amalga oshiriladi.
Aniq reklama tashuvchini tanlash.Tanlab olingan axborot vosita-
larining har birida media rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis iqtisodiy
jihatdan eng samarali reklama tashuvchilarni tanlab olishi, bunda
auditoriya kattaligi va tarkibini, reklama murojaatlarini joylashtirish
qiymatni tahlil qiladigan maxsus tadqiqot xizmatlari ma’lumotlariga
suyanishlari kerak. Auditoriya kattaligini hisob-kitob qilish uchun
auditoriya adadi (reklama tashuvchi jismoniy birliklar soni), auditoriya
(reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni, agar bosma
reklama vositasida ikkilamchi o‘quvchilar bo‘lsa, auditoriya adadni
ko‘paytiradi); samarali auditoriya (reklama tashuvchilar bilan aloqada
bo‘luvchi va potensial xaridorlar tasniflariga ega bo‘lgan va reklama
tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni) va haqiqiy
auditoriyadan (haqiqatan ham reklamali e’lonlarni ko‘rgan potensial
xaridorlar soni) foydalaniladi.
Bozorga yangi tovar chiqarishda reklama beruvchida reklamalarni
uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi, davriy va uzilib qoladigan
variantlardan birini tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Uzluksizlikka
qandaydir vaqt davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish
bilan erishiladi. Qoidaga ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib
olinadigan tovarlar bilan bozorni kengaytirish kerak bo‘lganda va
xaridorlarning aniq belgilangan toifasini jalb etish uchun uzluksiz
reklamadan foydalanadilar. Konsentratsiya hamma reklama budjetidan
cheklangan davr mobaynida foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday tartib
realizatsiya muddati bitta mavsum yoki qandaydir sana (odatda,
bayramlar) bilan cheklangan tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy
reklama e’lonlarini mavsumiy uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida
joylashtirishni bildiradi, mavsum yangilangach, reklama ham
yangilanadi. Bunday sxemadan cheklangan reklama budjetida, xaridning
kamdan kam siklida, mavsumiy tovarlarni reklama qilishda foyda-
laniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu muomalaga past va yuqori
faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.
359
Reklama budjetini ishlab chiqish – reklama kompaniyasining maq-
sadlarini, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari, raqobatchilarning
reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni
hisobga olishga asoslangan turli xil yondashuvlarni qo‘llash bilan
amalga oshirilishi mumkin. Biroq har qanday usul axborotga, ya’ni
mahsulot (uning xususiyatlari va potensial mijozlarning ehtiyojlariga
mos kelishi), bozor va uning segmentlari, iste’molchilar ehtiyojlarini
qondirishning turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning
xatti-harakatlari, bozorda talabning o‘zgarish tendensiyalari haqidagi
axborotlarga asoslanadi. Reklama budjetini ishlab chiqishning ko‘pgina
usullaridan eng yaxshi qo‘llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin: qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda
hisob-kitob qilish usuli, raqobatli paritet usuli, maqsad va vaziflar
asosida hisob-kitob qilish usuli va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: