351
Reklama va reklama vositalari
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan
hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib,
savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va
yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida
raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab
xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu
raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy
manbalar shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari
uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va
devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi
Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham
topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirlar reklamaning
qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga borib
taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu
narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi
reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat
ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan
e’lonlar bo‘lgan.
O‘rta asrlarda aholining asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi sababli
hunarmandlar kasblariga doir belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal
sifatida qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki aynan,
temirchilar bolg‘a, kosiblar etik va sartaroshlar ustara tasviridan
foydalanganlar. Meva va sabzavot sotuvchilari esa shahar markazlariga
kelgan holda o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z mahsulotlarini maqtab
jar solganlar yoki jarchi yordamidan foydalanganlar.
Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish
ommalashdi va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi.
Endi odamlar tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. XVIII asrga
kelib ingliz gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu
reklamalar asosan turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan
nariga o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata
boshladilar va bu gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib
ketishiga olib keldi, ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama
orqali ham foyda ola boshladilar. Tahririyatlar reklama orqali daromad
olishga shunchalik kirishib ketdilarki, buyuk Yevropa o‘latida ular
ancha insonning uyi kuyishiga sabab bo‘ldilar. Chunki o‘sha davrda
alkimyogarlar o‘latga davo qidirib, nimani topsalar shuni davo, deb
352
e’lon qilar va u orqali mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali ingliz
matbuoti sezilarli darajada obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz
hukumati reklamani tartibga solishga urinishlarni boshladi va noto‘g‘ri
ma’lumot tarqatgan buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga
tortajagini bildirdi.
Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham unga hamohang
rivojlanib bordi. AQShda reklamadagi yuksalishlar uni mutlaqo yangi
shaklga – xat tartibli reklama shaklini yaratilishiga olib keldi.1836 –
yilning iyunida Fransiyaning La Presse gazetasi reklama orqali daromad
olayotgani evaziga narxni pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini
kengaytirishni mo‘ljalladi. Keyinchalik bu usul butun mamlakat
gazetalari tomonidan o‘zlashtirildi. 1840 – yilda Volni Palmer ismli
kishi Filadelfiyada hozirgi zamon reklama agentliklariga o‘xshash
agentlikka asos soldi. 1842–yilda Palmer mashhur gazetalardan katta
chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini sotib oldi va yuqori narxlarda
reklama qiluvchilarga sota boshladi. Palmer faqat gazeta betlarini sotib
olgan bo‘lib, reklama qanday qilib, qanday ko‘rinish va shaklda berilishi
reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan. XIX asr oxirlariga kelib
N.W.Ayer & Sons reklama agentligiga asos solindi va bu agentlik
reklamani rejalashtirish, yaratish va reklama jarayonini boshqarish
borasida taklif va yordamlar berardi. Xuddi shu davrda Fransiyada
Charles-Louis Havas reklama agentligi ham faoliyat olib borayotgan
bo‘lib, uning xizmat ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham qamrab olgan
edi.
XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama
sohasida ayollar salmog‘i va vositasi ortib bordi. Dastlab, reklama
agentliklari ayollardan yaratuvchanlik qobiliyati va uy-ro‘zg‘orga oid
reklamalarda «onalar tanlovi” yoki «rafiqalaringiz tanlovi” kabi
reklamalar uchun foydalangan bo‘lsalar, keyin ulardan turli xil ayollar
tasvirlari orqali e’tirofni tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada ayollarning
ilk tasviri sovun reklamasida qo‘llanildi.
Yangilik usulida yaratilgan dastlabki zamonaviy reklama 1920–
yillarning boshida ishlangan tamaki reklamasi hisoblanadi. Zamonaviy
reklamaning otasi sifatida Edvard Berniys Medisson Avenyu reklama
agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va
iste’molining ommalashishiga xuddi shu inson sababchi bo‘lgan.O‘sha
paytda Bonzak deb atalgan yangi va katta hajmda sigareta o‘raydigan
mashinaning sanoatda qo‘llanishi bozorda taklif hajmini keskin oshirib
353
yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklama-
lari orqali bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: