vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar
306
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga
yetkazish
faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy
joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
Tovarlar harakatining maqsadi — minimal imkoniyatli xarajat bilan
zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni harakatlantirishning asosiy chiqimlari tovarlarni
transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar –
moddiy zaxiralarni saqlash, tovarlarni olish, tushirish, qadoqlash,
ma’muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha
xarajatlardan yig‘iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek,
talabni yaratishning potensial ko‘rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini
mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi
xizmat ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida
mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash
sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal
servis katta tovar–moddiy zaxiralarining saqlashni, nuqsonsiz
transportirovka xizmatini va ko‘plab omborlar bo‘lishini ko‘zda tutadi,
bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi.
Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri
marketing–logistikasi bo‘lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi
vositasi hisoblanadi.
Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini
optimallashtirish bo‘yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo‘lib,
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini
tashkil etish, aylantirish, iste’molni samarali tashkil etish bilan shug‘ul-
lanadi.
1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks
ta’minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga
yetkazib berishni nazarda tutdi.
1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki,
ishlab chiqarish korxonalarida logistika bo‘limi tashkil etildi. AQSh va
Yevropa oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar tayyorlay boshladi.
1990-yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari
qo‘llanib, savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmat-
lari joriy etildi.
Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistika-
ning asosiy maqsadidir.
307
Logistika obyekti bo‘lib – tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnolo-
giyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq–
ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo sanoati,
qog‘oz-selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish, elektron sanoat, tekstil
sanoati, mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha.
Logistika
Ta’minot
Ishlab
chiqarish
Sotish
Savdoni
tashkil
etish
Taqsimlash
11.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: