Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi
1991-yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan
bo‘lib, u 1993-yil “Logistika ishlanmalar Fondi”ga o‘zgartirildi.
Yevropa va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va assotsatsiyasi mav-
jud.
11.3-jadval
Logistika tavsifi
Belgilovchi
omillar
Logistika sohasi
Makon
Mikrologistika
Makrologistika
Megalogistika
Logistik tizimlarni rejalashtirish, tashkil etish, tahlil
etish.
Vaqt
Logistik qurilmalrni tartibga solish, realizatsiya
nazorati.
Logistik tizim samaradorligi tahlili
Funksional
Tayyorlov punktlari logistikasi, ishlab chiqarish
logistikasi. Sotuv, marketing, harakatga keltirish tizimi,
savdo, taxlash (omborxona), qadoqlash va axborot
logistikalari.
Tashkiliy
xo‘jalik
Korxona, qurilish, harbiy sanoat, tadbirkorlik logistikasi.
Obyekt
shakllantiruvchi
Yakka logistika. Ommaviy, alohida qismlar logistikasi,
personal logistikasi
308
Logistika ma’lum xususiyatlarga qarab tavsiflanadi:
1) ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab logistika quyidagilarga
bo‘linadi:
a) mikrologistika — bir korxonaga tegishli funksiyalarni o‘z ichiga
oladi;
b) makrologistika ma’lum mintaqaviy logistik jarayonlari, tovar
tarqatish kanallari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilovchi omillar logistik
faoliyatlarni aniq belgilaydi. Tovar harakatini mikro darajadan makro
darajaga tashkil qilish transport logistikasini talab etadi.
Omborxonalarda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish, iste’mol-
chilarga tarqatish (omborxona) taxlash logistikasi faoliyatidir.
Marketing–logistikasi funksiyasi tovarni ishlab chiqaruvchidan to
iste’molchiga yetib borguncha bo‘ladigan barcha jarayonlarni optimal-
lashtirish chora-tadbirlaridan iborat. Marketing–logistikasi aynan tovar
tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Marketing–
logistikasining vazifalari bevosita strategik vazifalar bilan bo‘g‘liq
bo‘lib, tovar tarqatishning optimal kanal va yo‘llarini topish, ombor-
xonalar joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum
hisoblanadi.
Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib
borishini samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy
vazifasidir.
Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
mavjud mijozlar bilan ishlash;
•
yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish;
•
tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini
ko‘rib chiqish va samaralisini qabul qilish;
•
buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar
berish;
•
muntazam ravishda nazorat qilib borish;
•
tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish,
umumiy xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash;
•
xarajatlarni nazorat qilish;
•
tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshi-
lash.
•
Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga
ham, ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan
joyga yetib kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi.
309
Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga yuklab berish-
da firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi mumkin:
temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq
masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi;
suv transporti – katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv
orqali past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy
v.b.). Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo
ta’siriga bog‘liqdir;
avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash
nuqtayi nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni
jo‘natuvchini qayta yuklash zaruratidan xolos qilib, “eshikdan
eshigigacha” yetkazib berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari
qimmatbaho tovarlarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga tashish uchun
qulay bo‘lgan tashish turi;
quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun
qulay;
havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi
turi, ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.) va
narxi qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni
(asboblar, zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi.
Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa
yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan
shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini ochish va
hokazolar shular jumlasiga kiradi.
a)
hakllanuvchi kanallar;
b)
tarqatish kanallari;
c)
integrallashgan kanallar
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga
oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud
ayrim shaxslar majmuyidan iborat.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari muta-
nosiblik bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish
uchun yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu
esa tovarlarni yo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchi-
larning noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini
tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur.
310
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi
Maxsus firmalarga
ulgurji
Yo‘l
ekspeditsiyasi
xizmati
Yo‘l ekspeditsiyasi
xizmati
Keng
assortimentdagi
ulgurji firma
Transport
xizmatlari
Maxsus ulgurji
firma
Moliyalashtiruvchi
firma
Omborxonalar
Transport
tarmoqlari
Chakana firma
Transport korxonalari Keng
assortimentdagi
ulgurji firma
Oxirgi iste’molchi
Mahsulotni taqsimlash
Omborxona
Oxirgi iste’molchi
Moliyalashtiruvchi
firma
Transport korxonalari
Chakana firma
Mahsulotni
taqsimlash
Oxirgi iste’molchi
11.6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |