Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Depozit  operatsiyalar  -  banklarning  depozitorlar  bilan  tuzgan  shartnomalari  asosida 
depozit    maqsadlariga    ko‘ra    yuridik    va    jismoniy  shaxslarning    pul  mablag‘larini 
muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir. 
Depozitor  bankka  kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni 
mustaqil  ravishda  to‘ldira  olmagan  hollarda  uning  depoziti  bo‘yicha  operatsiyalar 
ishonchli  shaxs  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Uning  vakolati  amaldagi  qonunchilikka 
muvofiq  asoslangan  bo‘lishi  lozim.O‘zbekiston  Respublikasida  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi. 
Depozitlar  naqd  pul  yoki  naqd  pulsiz  shaklda    qo‘yilishi  mumkin.YUridik    yoki  
jismoniy  shaxs  tomonidan    qo‘yiladigan  depozitning  eng  kam  miqdori  har  bir  bank 
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Bank  qabul  qiladigan  depozitning  eng  ko‘p  miqdori    chegaralanmaydi.    Barcha  
depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, 
cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina  kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, 
ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi,  biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib 
tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi. 
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subektlari singari o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini 
ta’minlash  uchun  ma’lum  miqdorda  pul  mablag‘lariga,  ya’ni  rusurslariga  ega  bo‘lishlari 
lozim. 
 Bank  resurslari  banklar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  passiv  operatsiyalar  orqali 
tashkil  topadi  va  bank  balansining  passiv  qismida  yuritiladi.Bank  resurslarini  ikki  kata 
guruhga bo‘lish mumkin. 
Bular:  
  banklarning  o‘z  mablag‘lari  va  jalb  qilingan  mablaqlardir.Jalb  qilingan  resurslarni  ba’zi 
hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi- bu jalb qilingan depozitlar ,  
  boshqa  majburiyatlar  va  sotib  olingan  resurslardir.Bu  resurslar  bankning  aktiv 
operatsiyalarini  amalga  oshirishda  ishlatiladi,ya’ni  bank  resurslari  daromad  olish 
maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. 
Bank  resurslarining  asosiy  qismini  bank  mijozlarining  mablag‘lari  tashkil  qiladi.Bank 
boshqa  kapitallarni  jalb  qilish  uchun  bank  o‘z  kapitalining  etarli  darajasi  miqdorini 
ko‘rsatishi lozim. 
Tijorat  banki  o‘z  mijozlarining  bo‘sh  turgan  mablag‘larini  qarzga  olish  bilan  bir 
vaqtning o‘zida  bu  mablag‘larini  o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham 
oladi,  shuning  uchun  bank  barqaror  likvidlikka  ega  bo‘lishi  kerak.  Ishonchlilik  va 
likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining 
bo‘sh turgan pul mablag‘larining banka sari oqimini ta’minlaydi.Undan tashqarii bankning 
ahvoli  moliyaviy  jihatdan  kam  samarali  bo‘lgan  holatda  mijozlar  o‘z  mablag‘larini 
qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.  
Resurslar  yordamida  banklarning  tashkiliy  faoliyati  amalga  oshiriladi,kreditlar  berish 
salohiyati  to‘lovlar  amalga  oshiriladi,banklarning  daromadlari  vujudga  keltirilad.  Bank 


122 
 
resurslari  tarkibida  bankning  o‘z  resurslari  alohida  o‘rin  tutadi.  O‘z  resurslari  ustav 
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat.  
    Bank  o‘z  mablag‘i  va  o‘z  kapitali  tushunchalari  farq  qiladi.  «O‘z  mablag‘i» 
tushunchasi keng ma’noli, u ыz ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan 
hamma  passivlarni  ya’ni  bankning  ustav,  rezerv  va  boshqa  fondlari,  bank  tashkil 
qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.  
Bankning  o‘z kapitali  - bank  vaqtincha  jalb  qilgan qarz  mablag‘laridan  farqli  o‘laroq, 
bevosita  bankning  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  mablag‘lardir.  Bank  kapitalining  boshqa 
korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10 
foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortig‘ foizni tashkil qiladi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish