1-jadval
Rossiya Federatsiyasi tijorat banklarining dinamikasi
13
Rossiya banklari
0
1
.0
1
.2
0
0
8
0
1
.0
1
.2
0
0
9
0
1
.0
1
.2010
0
1
.0
1
.2011
0
1
.0
1
.2012
0
1
.0
1
.2013
0
1
.0
1
.2014
O‘zgarishi
2013 y
13
http://www.km.ru/economics.
108
1. Markaziy Federal
okrugi
632
621
598
585
572 564 547 - 17
Moskva shahri
555
543
522
514
502 494 489 - 5
2. SHimoliy-
G‘arbiyFederal
okrugi
81
79
75
71
69
70
70
0
3. Janubiy Federal
okrugi
118
115
113
47
45
46
46
0
4. SHimoliy Kavkaz
Federal okrugi
-
-
-
57
56
50
43
- 7
5. Privoljsk Federal
okrugi
134
131
125
118
111 106 102 - 4
6. Ural Federal
okrugi
63
58
54
51
45
44
42
- 2
7. Sibir Federal
okrugi
68
68
62
56
54
53
51
- 2
8. Uzoq SHarq
Federal okrugi
40
36
31
27
26
23
22
- 1
Rossiya
Federatsiyasi
bo‘yicha jami
1 136
1 108 1 058 1 012 978 956 923 - 33
Rossiya banklari soni 2014 yil boshiga 923 tani tashkil etgan. Bu avvalgi yilga
nisbatan 33 taga kamayganligini ko‘rsatadi. Agar oxirgi 7 yilni tahlil qilsak, bu davrda
Rossiya banklari 213taga qisqarganini ko‘rish mumkin. Agar 2007 yilda banklar soni 1136
ta bo‘lgan bo‘lsa bugungi kunga kelib ular soni 923 taga tushib qolgan. RossiYA
Federatsiyasidagi barcha banklarning asosiy qismi mamlakatning Evropa qismida
joylashgan. Jami banklarning 46%i yirik banklarda iborat. Umuman, Rossiya bank
tizimida ham banklarning yopilish va qo‘shib olish tendensiyasi namoyon bo‘lmoqda.
Rossiya banklarini qo‘shish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oxirgi bir necha yillar
davomida bu jarayonga banklarning o‘zi bilan birga ularni tartibga soluvchi organlar ham
tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi. Banklarni qo‘shish, va qo‘shib olish borasidagi
qiyinchiliklarga duch kelish mumkinligi ko‘pchilikning hayoliga ham kelmagan edi. Lekin
bunday jarayon boshlangandan so‘ng bu yo‘lda juda ko‘plab muammolarga duch kela
boshlandi, qanday natijaga erishilishi noaniq edi. 90-yillarda yirik banklar o‘rtasida
banklarni qo‘shib olish “moda”ga aylangan edi.SHu davrda AQSHda banklarning qo‘shib
olinishi juda rivojlandi, Evropada esa bunday qo‘shilish 1995 yillarda yuqori darajada
bo‘ldi.
1996-2001 yillarda dunyoda etakchi bo‘lgan, sanoati rivojlangan («yirik 10 ta lik»)
davlatlarda 34147 ta banklarni qo‘shish holatlari ro‘yhatdan o‘tkazilgan. 1990-95 yillarda
19 996 ta banklarni qo‘shish holatlari bo‘lgan bo‘lib, bu jarayon deyarli 1.8 barobar
oshganligini ko‘rsatadi. Lekin Evropada ham banklarni qo‘shish holatlari boshqarish
bobida oson bo‘lmagan jarayon ekanligi, bank faoliyati to‘liq izga tushib ketishi
109
rahbarlarning professional etukligiga bog‘liqligini dastlab tushunib etilmagan. G‘arb
davlatlarida banklarni qo‘shish natijalari statistikasi shuni ko‘rsatadiki, 60% qo‘shitlgan
banklar qo‘yilgan mablag‘larni oqlamagan. Banklarning qo‘shilishidan so‘ng 1 yil
o‘tmasdan banklar o‘zlarining 16-40% aksiyadorlarini yo‘qotar ekan. Oxirgi 20 yil ichida
300 ta banklarning qo‘shilishi asosida yiriklashuvidan 3 yil o‘tgandan so‘ng banklar
qo‘shilishining 57%i oldingi rivojlanish darajasida qolib, yana qaytadan bo‘linish ishlarini
amalga oshirgan.
Amerikaning FMCG-capital-strategies konsultatsion firmasi 400 ta banklarning
qo‘shilish holatlarini tahlil qilib ularning 80%i omadsiz yakunlandganini ma’lum qildi.
Uning asosiy sababi — pozitiv jixatdan samaradorligi yuqori baholangan va aksincha,
negativ jixatdan samaradorligiga etarli darajada baho berilmagan. SHuning uchun
banklarni qo‘shib olishda bir qator tavsiyalarni hisobga olish lozim.
1. Bank biror bankka qo‘shilish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa, avvalo o‘zining
iqtisodiy holatini, o‘zining avzalliklari, taklif va talablarini to‘g‘ri baholab olishi lozim.
Bankni qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan avval qo‘shilmoqchi bo‘lgan
bankning holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Qo‘shilmoqchi bo‘lgan bankning moliyaviy holati va uning maqsadini tahlil
qilish lozim. Bunda bankning o‘tgan davrdagi va kelajakdagi natijalari, yuksalish, baholar
siyosati, iqtisodiy potensiali, bank xizmatlari bozorida uning o‘rnini o‘rganib chiqishi
lozim.
3. Qo‘shilayotgan ikkala bankning iqtisodiy, tashkiliy va strategik jihatdan bir-biriga
mosligini o‘rganib chiqish banklar qo‘shilishining yana bir asosiy aspektlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
4. Qo‘shilayotgan ikkala bank o‘rtasidagi muzokaralarnining yo‘nalishi, sifati ham
kelajakda qo‘shib olayotgan bankning faoliyatiga ta’sir qiladi.Muzokaralarda qatnashish
uchun uzoqni ko‘ra bilgan rahbar muzokara guruhlarini tuzayotganda ushbu guruhga turli
yo‘nalishdagi, jumladan, inson resurslari, kommunikatsiya texnologiyalar sohalaridagi
ekspertlarni jalb qiladi.
5. Komanda tuzilgandang so‘ng bank qo‘shilish strategiyasi va tashkiliy rejalar
ishlab chiqiladi.
Depozitlarning sug‘urta tizimiga 2013 yil boshiga AQSHning 600ta banki a’zo bo‘lgan.
Banklarning yopilishi kuzatilgan bo‘lsada, AQSH banklarining 2013 yil choragi natijalari
bo‘yicha foydasi avvlgi yilga nisbatan 15,8% yuqori bo‘lgan.
Rossiya banklarining qo‘shilishi rivojlangan g‘arb davlatlaridagi qo‘shilishdan farq
qiladi. SHu bilan birga ko‘p yillar davomida g‘arb davlatlarida yig‘ilgan boy tajriba hamda
Rossiyada bir necha yillik tajribaga asoslangan holda bir qator hulosalar qilish
imkoniyatini beradi. Bu hulosalar quyidagilar:
Banklari qo‘shilishining muammoli yakunlanishi banklarni qo‘shib olishda ishtirok
etayotgan yoki jarayonni boshqarayotgan shaxslarda bu sohada tajribaning yo‘qligi,
tomonlarning kelajakdagi strategiya va rejalari mavjud emasligi, bank aktivlarning va
kelajakdagi olinishi rejalashtirilgan natijalarning noto‘g‘ri baholanishi, qo‘shilayotgan
yoki o‘ziga qo‘shib olinayotgan banklarning bir biriga monandligi, qo‘shilayotgan ob’ekt
haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi qo‘shilayotgan banklarning kelajakdagi faoliyatiga
110
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu o‘rinda yana ta’kidlash lozimki, banklari qo‘shilishining juda
katta riskli bo‘lib sanaladi.
Tijorat banklari faoliyati yuqori darajadagi iqtisodiy risklar bilan chambarchas
bog‘liq bo‘ladi. Banklar faoliyati asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga
oshiriladi. SHunga ko‘ra banklar faoliyatida doimo likvidlilik riski, kredit riski va tizimli
risk yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Tijorat banklarining bosh maqsadi - yuqori darajada
foyda olishni ta’minlash, bu esa bankni yuqori daromadli, ayni vaqtda, yuqori riskli
operatsiyalarni (kreditlar berish, tijorat qimmatli qog‘ozlarini sotishsotib olish
operatsiyalari va h.k.) amalga oshirishni taqozo etadi. Bularning barchasi pirovard natijada
banklar faoliyatida foydalilik va likvidlilik kategoriyalari o‘rtasidagi murakkab, ziddiyatli
bog‘liqlikni yuzaga keltiradi.
Tijorat banklarining bankrot bo‘lishi aholining, korxona va tashkilotlarning pul
mablag‘larini yo‘qotilishiga olib keladi. Ayniqsa, banklar tizimli bankrot bo‘lishi
korxonalarning ommaviy tarzda bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda,
birinchidan, aholining, korxona va tashkilotlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur
etadi. Ikkinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni yomonlashuvi yuzaga keladi.
Uchinchidan, hukumatning fiskal manfaatlariga ziyon etadi.
YUqorida bayon etilgan holatlar tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda yuksak va
ma’suliyatli mavqega ega ekanligidan dalolat beradi. SHu boisdan ular faoliyatini tartibga
solish davlat iqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Barcha
davlatlarda tijorat banklari faoliyatini makrodarajada joriy tartibga solish Markaziy bank
tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar faoliyatini tartibga solish orqali
moliya-bank tizimining yuqori darajadagi likvidliligini, banklarning to‘lovga qobilligini
ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida o‘zluksiz faoliyat ko‘rsatadigan to‘lov tizimini yaratish
orqali banklarning mijozlarini himoya qiladi.
SHu bilan birga, respublika bank tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda
takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2013 yilning mart
oyida Germaniya federal banki – «Deutsche Bundesbank» bilan hamkorlikdagi loyiha
doirasida «Tizimli tavakkalchilik tahlili va makroprudensial nazorat» mavzusida amaliy
hamkorlik o‘rnatildi. Xorijiy mamlakatlarda ko‘p yillardan beri nihoyatta katta ahamiyat
berib kelinayotgan bu jarayon bizning Respublikamizda ham rivojlanib bormokda.
Lekin shunga qaramay ayrim tijorat banklari faoliyati ma’lum bir davrga kelib
yomonlashishi yoki Markaziy bank talablarini bajarmaslik oqibatida yopilib ketmoqda.
Banklar faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda oxirgi 3 yil ichida 4 ta
bank yopildi. Xuddi shunday tendensiya Rosssiya Federatsiyasi AQSH, Evropa davlatlari
bank tizimida ham kuzatilmoqda.
Umuman, g‘arb mamlakatlarining iqtisodchi olimlari fikricha, banklarning
qo‘shilishi, qo‘shib olinishi juda uzoq muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, har doim
ham ketgan harajatlar to‘liq qoplanib, rejalashtirilgan natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Amerikaning FMCG-capital-strategies konsultatsion firmasi 400 ta banklarning qo‘shilish
holatlarini tahlil qilib ularning 80% i omadsiz yakunlandganini ma’lum qildi. Uning asosiy
sababi - pozitiv jixatdan samaradorligi yuqori baholangan va aksincha, negativ jixatdan
samaradorligiga etarli darajada baho berilmagan.
111
Bizning takliflarimiz banklarni yopilishini kamaytirish va uning oldini olish bilan
bog‘liq bo‘lib ular quyidagilardir:
1. Bankning barqarorligini ta’minlashda bank boshqaruvi samaradorligi va iqtisodiy
tamoyillarga amal qilish darajasini oshirish lozim. SHundagina bank barqaror moliyaviy
institutga aylanadi.
2. Bank biror bankka qo‘shilish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa, avvalo o‘zining
iqtisodiy holatini, o‘zining avzalliklari, taklif va talablarini to‘g‘ri baholab olishi lozim.
Bankni qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan avval qo‘shilmoqchi bo‘lgan
bankning holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
3. Qo‘shilayotgan ikkala bankning iqtisodiy, tashkiliy va strategik jihatdan bir-biriga
mosligini o‘rganib chiqish banklar qo‘shilishining yana bir asosiy aspektlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
4. Tijorat banklarini qo‘shish va tugatish mexanizmini soddalashtirish kerak.
5. Bank tizimi barqarorligini xalqaro normalarga moslashtirish kerak, xususan,
Bazel 3 talablarini bosqichma-bosqich joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |