Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


 O‘zbekistonda tijorat banklarini tashkil etishni takomillashtirish istiqbollari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156
Bog'liq
bank ishi

2. O‘zbekistonda tijorat banklarini tashkil etishni takomillashtirish istiqbollari 
va xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari  
Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatini tugatish jaryonini takomillashtirishda jahon 
tajribasining  ahamiyati  katta  hisoblanadi.  Rossiya  Federatsiyasida  tijorat  banklarini 
tugatish ushbu davlatda 02.04.1996 yildagi 264-sonli “Rossiya Federatsiyasida banklar va 
kredit  tashkilotlari  litsenziyalarini  chaqirib  olish  tartibi  to‘g‘risida”gi  Nizomga  asosan 
amalga  oshiriladi.  Ushbu  nizomga  asosan  bank  faoliyatini  amalaga  oshirish  uchun  asos 
bo‘ladigan  litsenziyani  Markaziy  bank  tomonidan  chaqirib  olinadi.  CHaqirib  olishga 
quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: 
 Litsenziya  berish  jarayonida  taqdim  etilgan  ma’lumotlaning  noto‘g‘ri  taqdim 
etilishi 
 Litsenziyada  ko‘rsatilgan  xizmat  turlari  bo‘yicha  bir  yil  mobaynida  litsenziya 
berilgan kundan boshlab bank faoliyatini amalga oshirmasa 
 Bank hisobotlarida noto‘g‘rii ma’lumotlar taqdim etilsa 
 Bank  faoliyati  davomida  bir  marta  bo‘lsada  litsenziyada  ko‘rsattilmagan  hizmat 
turini yoki bank operatsiyasini amalga oshirsa 
 Rossiya  hukumatining  federal  qonun  talablarini  bajaraslik,  shuningdek  Rossiya 
bankining o‘rnatgan me’yoriy ko‘rsatkichlarni bajarmaslik oqbitida  
 Tijorat  banki  moliyaviy  jihatdan  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  qobiliyatini 
yo‘qotsa tijorat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi mumkin. 
Bundan  tashqari  tijorat  banki  litsenziyasi  ta’sischilarining  qaroriga  asosan  bank 
faoliyatini  to‘htatayotganda  yoki  qaytadan  tashkilayotganda  chaqirib  olinishi  mumkin. 
SHundan kelib chiqqan holda tijorat banklarini faoliyatini tugatish yoki to‘htatish ikki hil 
holatda amalga oshirilishi mumkin. 
 Tijorat  bankining  litsenziyasi  Rossiya  banki  tomonidan  normativ  talablarini 
bajarmagani uchun chaqirib olingan holda majburiy tugatish 
 Bank ta’sischilarining qarori bilan bank faoliyatini ixtiyoriy tugatitishi mumkin. 
Bank faoliyatini amalga oshirish asosi bo‘luvchi litsenziya Rossiya banki tomonidan 
hududiy  boshqarmalarining  xulosasiga  asosan  chaqirib  olinadi.  Rossiiya  banki  ikki  hafta 
ichida:  
─ barcha hududiy boshqarmalariga 
─ davlat soliq xizmatiga 


107 
 
─ davlat  bojxona  qo‘mitasiga,  agar  bank  xorijiy  valyutadagi  hisob  raqamga  ega 
bo‘lsa, litsenziya chaqirib olingani to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi shart. 
Qaror  qabul  qilingan  kunning  o‘zida  tugatilayotgan  bank  joylashgan  Rossiya 
bankining  hududiy  boshqarmasi  qarorni  bankka  taqdim  etadi  va  bankning  balans  va 
balansdan  tashqari  hisoblari  orqali  pul  mablag‘lari  harakatini  to‘xtatishini  nazoratga 
oladi.Agarda bank kassasida naqd pul mavjud bo‘lsa likvid bankning korrespondlik hisob 
raqami mavjud bo‘lgan bankning hisob-kassa markaziga jo‘natiladi. 
Banklarni 
ihtiyoriy 
tugatish 
ta’sischilarning 
qaroriga 
asosan 
Rossiya 
Federatsiyasining Fuqarolik kodeksining 92 va 104 moddalaring talablarini bajargan holda 
amalga oshiriladi. Tijorat bankini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi bilan 
bank  kreditorlari  oldtdag  barcha  majburiyatlarini  bajarishi  shart.  Agar  bank  to‘lovga 
layoqatsiz bo‘lsa bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish ta’qiqlanadi.  
Qaror qabul qilingandan so‘ng likvid komissiya o‘z ishini boshlaydi. Tijorat bankini 
ihtiyoriy  tugatishda  likvid  komissiya  tarkibi  ta’sischilar  tomonidan  tasdiqlanadi.  Bank 
majburiy  tarzda  o‘z  faoliyatini  tugatayotgan  bo‘lsa,  likvid  komissiya  tarkibi  Rossiya 
banknining hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda sud tomonidan tayinlanadi. 
Likvid  komissiya  Hisob-kassa  markaziga  o‘z  hisob  raqamini  ochish  bo‘yicha  ariza 
bilan murojaat etadi. Hisob raqam ochilgandan so‘ng tugatilayotgan bankning barcha pul 
mablag‘lari va kreditorlik mablag‘lari ushbu hisob raqamga o‘tkaziladi. Likvid komissich 
harajatlari  tasdiqlangan  smeta  hujjatlari  asosida  tijorat  banki  tomonidan  qoplanadi. 
SHuningdek likvid komissiya quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi majburiy hisoblanadi: 
─  Ommaviy ahborot vositlarida likvid komissiyaning manzilini, e’tirozlarni qabul 
qilish muddatini e’lon qilishi, 
─  Bankda mavjud mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishi, 
─  Muddat  o‘tgan  kreditlar  bo‘yicha  mavjud  garov  mulklarini  sotish  
chora-tadbirlarini ishlab chiqishi 
─  Bankning mol-mulki va aktiv-passivlarini baholash ishlarini amalga oshirishi 
─  Bank  majburiyatlarini  bajara  olmagan  taqdirda  bank  mol-mulkini  o‘rnatilgan 
tartibda sotishi 
─  Bank majburiyatlarini qoplagan taqirda qolgan mol-mulkni ta’sischilar o‘rtasida 
taqsimlashi 
─  Hisobotlarni  Rossiya  bankining  hududiy  boshqarmalariga  tavdim  etishi  shart. 
Barcha tadbirlar amalga oshiriligandan so‘ng likvid komissiya Rossiya bankining hududiy 
boshqarmasiga  amalga  oshirilgan  ishlar  va  ularning  natijalari  to‘g‘risida  o‘z  xulosasini 
rasmiy ravishda taqdim etadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish