51
2.3.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasi
Yurtimizda yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga asosiy va muhim masala sifatida
qaralmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bandligini ta`minlash, bilib-
bilmay xato qilayotgan o`g`il-qizlarni to`g`ri yo`lga solish, ularni har tomonlama
qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarga e`tibor yanada kuchaygan. Ko`plab chora-
tadbirlar ko`rilayotgan bo`lsa ham o`smirlar, yoshlarning jinoyatga qo`l
urish
hollari kamaymayapti.
Har bir ota-ona farzandi oqil, tarbiyali, el-yurt koriga yaraydigan inson
bo`lishini istaydi. Ammo xohishning o`zi kamlik qiladi. Buning uchun qat`iy
tarbiya zarur.
Mutaxassislarning fikricha, bolaning yoshiga qarab to`g`ri
munosabatda bo`lish uning kelajakda o`z yo`lini topishi, mazmunli hayot
kechirishida muhim ahamiyatga ega bo`lar ekan. O`g`il-qizlarning o`smirlik
davridagi tarbiya jarayoni kuchli e`tibor talab etadi. Atrof-muhit, tabiatan
ta`sirchan bo`lish, oiladagi nosog`lom muhit kabi
sabablar voyaga yetmagan
yoshlarga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar
Yakkasaroy tuman sudi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan 2017-
yilda o`n oltita voyaga yetmagan o`g`il-qizga nisbatan jinoyat ishi ko`rib
chiqilgan. Shundan 5 nafariga jarima, 5 nafariga ozodlikdan cheklash, bittasiga
majburiy jamoat ishlari tayinlangan, 5 nafariga jazoni shartli
ravishda o`tash
belgilangan.
Shu jihatdan olib qaraydigan bo`lsak hamda yuqoridagi o`z
yechimini
kutayotgan savollarga javob olishda anglashimiz mumkinki, jinoyat sodir
etilishida profilaktik chora-tadbirlarning sifat darajasida ishlash mehanizmi
doimiy tarzda shakllantirilgan
tarzda borilsagina, jinoyatlarni oldini olishga
bo`lgan say-harakatlarda ijobiy natijaga erishishimiz mumkin.
Voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik holatini oldini olish borasida
profilaktikaning o`ziga xos o`rni mavjud bo`lib, bu holat voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining oldini olish borasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Chunki, muntazam olib boriladigan tushuntirish ishlari va amaliy tadbirlar
voyaga yetmaganning jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishida, to`g`ri fikrlashida
52
hamda jamiyat va davlat oldida turgan o`zining vazifalarini chuqur anglashida
muhim o`rin egallaydi.
Voyaga yetmaganlar o`rtasida olib boriladigan profilaktika tadbirlari
keng miqyosda muntazam o`tkazishni talab qiladigan jamiyatning barcha kuch
va vositalarini yo`naltiradigan faoliyatdir. Profilaktikaning ahamiyati shundan
iboratki, u orqali jamiyatda yoshlar ongida jinoyatning salbiy ko`rinishlari
haqida xaqqoniy tasavvur xosil bo`ladi.
Profilaktikani tasniflash muammosi huquqbuzarliklarning
eng xavfli
qismi bu - jinoyatchilik va jinoyatlarga nisbatan ancha chuqur va mufassal
ishlab chiqilgan. Bu erda jinoyatlar profilaktikasi eng avvalo uni sodir etish
vaqtiga (muddatiga) ko`ra tasniflanadi. Jinoyatlar profilaktikasining uch turi:
Do'stlaringiz bilan baham: