Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana22.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#690530
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
0714da4ca1a28c65c5b0c150179a3410 VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING OLDINI OLISH-1

Buyuk Britaniya 
Buyuk Britaniya qonunchiligiga asosan voyaga yetmaganlar tomonidan 
sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilish masalalari bir qator 
huquqiy aktlar, vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan dastular 
bilan tartibga solinishini ko’rish mumkin. Xususan, Buyuk Britaniya hukumati 
tomonidan “Voyaga yetmaganlar chinoyatchiligiga qarshi kurashish” dasturi 
ishlab chiqilgan bo’lib, u o’zida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan 
jinoyatchilikka qarshi kurashish asoslarini, mazkur dasturning ishlash 
mexanizmlarini, ushbu dasturni tadbiq etishda ota-onalar va oila a’zolari, yaqin 
qarindoshlarning o’rni hamda mentoring tadbirlarini amalga oshrishni nazarda 
tutadi
50

Mazkur dasturni voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etishning asosiy 
talablari quyidagilardan iborat bo’lib, unga ko’ra: 

voyaga yetmagan shaxs tomonidan politsiya nisbatan bo’ysunmaslik 
holati mavjud bo’lsa; 

voyaga yetmagan shaxsning jinoyat sodir etishga moyilligi ehtimoli 
yuqori bo’lsa; 
49
R. Chalk., P. King Violence in families: assessing prevention and treatment programs, Committee on the 
Assessment of Family Violence Interventions, Board on Children, Youth, and Families. National Research Council 
and Institute of Medicine, Washington, DC: National Academies Press, 2004. 
50
Youth preventing crime programmes. // 
www.gov.uk/youth-crime-prevention-programmes
  


66 

voyaga yetmagan shaxs tomonidan jamiyatda o’rnatilgan yurish-turish 
qoidalari, axloq normalariga zid xatti-harakatlar sodir etilgan bo’lsa. 
Hukumat dasturi ixtiyoriy ravishda amalga oshirilib, unda ota-onalar, oila 
a’zolari ishtiroki bilan birga mahalliy vakillik organlari, yoshlar guruhlari va 
boshqa mahalliy tashkilotlar ishtirok etishi nazarda tutilgan. Voyaga yetmaganlar 
tomonidan yuqorida nazarda tutilgan uchta holat mavjud bo’lganda voyaga 
yetmagan shaxs politsiya yoki mahalliy yoshlar jamoasi tomonidan dasturga jalb 
etiladi. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar ota-onalari, o’qituvchilari va 
jamoat inspektorlari tomonidan ham dasturga jalb etilishlari mumkin
51

Mazkur dasturning samaradorligi voyaga yetmagan shaxs, uning ota-onasi, 
oila a’zolari hamda mahalliy yoshlar jamoasining hamkorligining to’g’ri yo’lga 
qo’yilganligi bilan bog’liq bo’lib, bunda dasturga jalb etilgan voyaga yetmagan 
shaxs dasturning o’ziga yordam berishiga ishonch hosil qilishini, ularning 
kundalik faoliyati va kelajakdagi rejalarini to’g’ri shakllantirishga yordam 
berishni nazarda tutadi.
Ushbu dastur voyaga yetmagan shaxslarning kriminal xulq-atvorining 
shakllanishiga qarshi kurashishning samarali bo’lgan turli ko’rinishdagi usul va 
vositalardan foydalanishni nazarda tutib, bunda asosiy e’tibor voyaga yetmagan 
shaxsda turli ijtimoiy foydali sohalarga oid bilim, ko’nikmalarni shakllantirishni, 
o’quv dasturlari, kasbiy faoliyat, foydali ijtimoiy mehnat haqida ma’lumotlar 
olishga qaratiladi. Dastur doirasida tashkil etiladigan mashg’ulotlar guruh asosida 
yoki bitta voyaga yetmagan shaxsning o’ziga biriktrilgan murabbiy bilan olib 
borilib, “Ko’pchilikni qamrab oluvchi dastur” yoki “Yoshlarni jalb qilish va 
qo’llab-quvvatlash paneli” asosida amalga oshiriladi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish