Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Azimov I.T. - Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University  Saydamatov. F.R



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Azimov I.T. - Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University 
Saydamatov. F.R. - Senior Lecturer, Tashkent State Pedagogical University 
Annotation. In given article data on formation of ecological tolerance of pupils, on an example of 
studying of ecological factors about influence limits on live organisms of temperature are resulted. Laws of 
division of live organisms on ecological groups on the basis of influence of ecological factors and a 
temperature range are opened. Explanations are given on the basis of examples of borders of endurance of 
plants and animals concerning temperature.
Key words: ecology, tolerance, anthropogenic, biotic, abiotic factors, optimum, acclimatization. 
Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi zamonaviy ekologiyaning 
amaliy qismi sifatida odamzodning ekologik ehtiyojiga muvofiq, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi 
munosabatlarni, biosfera barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mahalliy, mintaqaviy va global 
muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni o‘quvchilar ongiga singdirish va ekologik madaniyatni 
shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. 
Hozirgi ekologik sharoit keskin o‘zgarib borayotgan sharoitda har qanday tirik organizm bilan muhit 
o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, abiotik, biotik, antropogen omillarning 
ta’sirini o‘rganish eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan tirik organizmlarga jonsiz 


32 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
tabiat omillarining ta’sir doirasi chegarasini ochib berish, o‘simlik va hayvonlarning ma’lum haroratga 
chidamlilik darajasini yoritib berish ayni vaqtda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog, biolog va ekologlarning 
asosiy maqsadidir. Tirik organizmlarning tolerantlik darajasini baholash har bir organizmning biologiyasini 
o‘rganish va introduksiya qilish imkonini yaratib beradi. Zamonaviy ekologiya o‘rganadigan obyektlar va 
jarayonlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularni o‘ziga xos bitta umumiy xususiyat – hayot birlashtirib turadi. 
Ekologik omillarning ta’sir doirasiga qarab, tirik organizmlar chidamli va chidamsiz turlarga ajratiladi. Eng 
muhimi, abiotik omillardan biri harorat bo‘lib, eng muhim cheklovchi omil ham hisoblanadi. Har bir tur 
uchun eng past va eng yuqori harorat chidamlilik chegarasi hisoblanadi; undan chetga chiqish organizm 
uchun halokatli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat organizmni qattiq shikastlab, nobud 
qiladi. Deyarli barcha tirik mavjudotlar hujayra sitoplazmasi xossasiga muvofiq 00-50°C oralig‘idagi 
haroratda yashash qobiliyatiga ega. Optimal muhitda cheklovchi omil, ya’ni harorat me’yorida bo‘ladi, 
organizmlar o‘zlarini yaxshi his qiladi, tez ko‘payadi va populyatsiyalar soni o‘sib, ularning ko‘pligi 
ta’minlanadi. 
Cheklovchi omil, ya’ni haroratning har ikkala chetki qismi – minimum va maksimum chegarasida 
“hayotiy faoliyat” bir oz pasaygan bo‘ladi va organizmlar uchun bu sharoit noqulay ta’sir etadi. 
Chidamlilikning eng quyi chegarasida omil yanada cheklanadi, ya’ni harorat tushib (sovib) ketadi, eng yuqori 
chegarasida ham yanada cheklanadi, ya’ni harorat ko‘tarilib (isib) ketadi, oxir-oqibatda, organizmlar 
noqulay sharoitga tushib qoladi va nobud bo‘ladi. Demak, chidamlilikning quyi va yuqori chegarasida 
organizm hayotiy faoliyatining susayishi kuzatilib, haroratning yanada pasayishi yoki ko‘tarilishi uning nobud 
bo‘lishiga olib keladi
1

Biologik chidamlilikning umumiy qonuni organizmning u yoki bu ekologik omilga (masalan, haroratga) 
chidamlilik, ya’ni “ekologik qobiliyati”ni ifodalaydi. Shu ma’noda, ekologik tolerantlik – atrof-muhitning 
noqulay ta’siriga organizmning bardosh bera olish qobiliyatidir
2
.
Har xil turlarga mansub organizmlar bir-biridan “ekologik qobiliyati” yoki “ekologik tolerantligi” bilan 
ajralib turadi. Masalan, Arktikada uchraydigan suvo‘ti – sferillaning hayoti harorat –34° C sovuq bo‘lganda 
ham davom etadi. Ba’zi bir zamburug‘larning sporalari –190° C sovuqda ham o‘sish qobiliyatini saqlab 
qoladi. Ko‘pchilik o‘t o‘simliklarining quruq urug‘lari –80°C sovuq yoki 120°C issiqqa bardosh bera oladi. 
Harorat o‘simliklar hayotida ham muhim o‘rin tutadi. 10°C dan 30-35°C gacha bo‘lgan haroratda 
fotosintez jarayonining jadalligi ikki marta oshadi, keyin sekin-asta pasayib, 40-45°C haroratda umuman 
to‘xtaydi. Quruqlikdagi o‘simliklarning aksariyati nafas olish jadalligiga bog‘liq holda, 50-60°C haroratda 
nobud bo‘la boshlaydi. 
O‘simliklarning past haroratga morfologik moslashishi, ya’ni noqulay sharoitda kurtaklari yoki 
novdalarining tuproq va qor qatlami, xazonli qatlam va shu kabilarga nisbatan joylashishi bo‘yicha bir necha 
hayotiy shakllari farqlanadi. Daniyalik olim K.Raunkiyer barcha o‘simliklarni hayotiy shakllariga ko‘ra, bir 
necha guruhlarga ajratgan: 

epifitlar – tuproqda ildizi bo‘lmaydi va boshqa o‘simliklar tanasida o‘sadi; 

fanerofitlar (daraxtlar, butalar) – kurtaklari yerdan ancha balandda joylashadi, ular tangachasimon 
qoplama bilan qoplanadi, novdalari qishda sovuqdan nobud bo‘lmaydi; 

xamefitlar (butacha, chala butachalar) – kurtaklari yerga yaqin joylashadi, qishda qor bilan 
qoplanadi va novdalarini sovuq urmaydi; 

kriptofitlar (ko‘p yillik o‘tlar) – qurib qoladi, kurtaklari tuproq yoki suv ostidagi tugunak, piyozbosh 
yoki ildizpoyada joylashadi; 

terofitlar (bir yillik o‘simliklar) – mavsum noqulay kelishi bilan nobud bo‘ladi, har yili faqat urug‘idan 
unib chiqadi
3
.
Iqlim sharoitlariga, xususan, haroratga morfologik moslashish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bir turga 
mansub hayvonlarning hayotiy shakllari turli darajali, masalan, –20°C dan –40°C gacha bo‘lgan past 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида 
сўзлаган нутқи / http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017. 
2
Xo‘janazarov O‘.E., Mirsovurov M., Norbobayeva T. Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi. T.: “Navro‘z”. 2014. 
3
Захлебный А.Н. Содержание экологического образования в средней общеобразовательной школе: теоретическое обоснование и пути 
реализации: Автореф. дис. д-ра пед. наук: 13.00.01. - М., 1986. - 25 с. 


33 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
haroratda ham shakllanishi mumkin. Xususan, yo‘lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda – sovuq 
iqlim sharoitida yashaydigan Amur yo‘lbarsi hisoblanadi. Issiqqonli hayvonlarda tanasining o‘lchami 
populyatsiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan katta bo‘ladigan individlar tur tarqalgan arealning birmuncha 
sovuq qismida yashaydi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi deyiladi
1
.
Organizmlar hayotida haroratga fiziologik moslashish katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan eng oddiysi 
– iqlimga moslashish (iqlimlashtirish), ya’ni o‘simlik, hayvon va odam organizmining o‘zgaruvchan geografik 
muhit sharoitida yashashga moslashishi, boshqacha aytganda, issiq yoki sovuqni o‘tkazishga fiziologik 
moslashishi hisoblanadi. Masalan, ba’zi hayvonlar o‘z tanasidan suv bug‘lanishini ko‘paytirish orqali 
ortiqcha qizib ketishdan saqlanadi, poykiloterm hayvonlar esa o‘z tanasidan qisman suv yo‘qotish yo‘li bilan 
sovib ketishdan saqlanadi. 
Haroratga munosabat, issiq yoki sovuqdan saqlanishning boshqa shakllari ham mavjud. Masalan, 
hayvonlar migratsiyasi, ya’ni hayvonlarning yashash shart-sharoiti yoki rivojlanish jarayonlari o‘zgarishi bilan 
ko‘chishi, masalan, qushlarning issiq o‘lkalarga uchib ketishi, hayvonlarning qishlashi, ya’ni qishki sovuq 
davrda uzoq vaqt karaxt bo‘lib, uyquga ketishi, masalan, sug‘ur, olmaxon, ko‘rshapalak kabi jonivorlar o‘z 
tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, tana haroratini 
deyarli nol darajagacha tushirish qobiliyatiga ega . Ko‘pchilik hayvonlarda (masalan, hasharotlarda) qishqi 
tinim davri kuzatiladi, ya’ni rivojlanishning turli bosqichida (urug‘, qurt yoki g‘umbak) muhitning noqulay 
shart-sharoitida vaqtinchalik fiziologik to‘xtash jarayoni boshdan kechiriladi. 
Iqlimga moslashish jarayoni, odatda, uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 
1) introduksiya – muayyan o‘simlik yoki hayvonning tabiiy arealidan tashqaridagi yangi hududda 
maqsadli yoki tasodifan tarqalishi; 
2) adaptatsiya – organizmning yangi hudud (muhit) shart-sharoitlariga moslashishi; 
3) mahalliylashish – biror hududda yangi turning to‘la moslashishi, ya’ni muayyan uyushmadagi 
ekologik maskanda o‘z o‘rnini topishi. 
Shunday qilib, akklimatizatsiya – organizmning hududiy, sun’iy yoki tabiiy ko‘chishidan, ya’ni yashash 
joyini o‘zgartirganidan so‘ng, yangi yashash sharoitiga moslashishi, boshqacha aytganda, uning muhitdagi 
o‘zgarishlarga fiziologik va ekologik moslashishi bo‘lib, bunda harorat quruqlik-havo muhitida yashaydigan 
organizmlar va populyatsiyalarning moslashish jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim cheklovchi 
omillardan hisoblanadi. 
Tiik organizmlardagi tolerantlik darajasi va harorat hamda atrof-muhit ta’siriga javob reaksiyasini 
o‘rganish o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, ekologik qarashlarini shakllantirishda, tabiat va tabiiy 
resurslarga ongli munosabatni tarbiyalashda alohida o‘rinda turadi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish