36
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ko‘nikmalarni ham puxta, chuqur egallashlari uchun xizmat qiladi. Bu bilan nemislar o‘zlarini yuqori
malakali, o‘z kasbini mukammal egallagan professional mutaxassislar bilan ta’minlab boradilar.
Ta’kidlab o‘tilganidek, Germaniya oliy ta’lim tizmini modernizatsiyalashning o‘ziga xos jihatlari
shundan iboratki, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli bo‘lish ta’limi an’anaviy ikkita davlat imtihonini
topshirish va ikki yillik amaliyotni o‘tish tizimiga asoslangan. Shu bilan bir vaqtda, Germaniya oliy o‘quv
yurtlari tomonidan xorijiy talabalar uchun huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasini olish bo‘yicha
ta’lim dasturlari taklif etilgan. Ta’limni muvaffaqiyatli tugatganlarga huquq magistranti darajasi beriladi.
Germaniyaning barcha oliy o‘quv yurtlarida magistraturaga kirish talablari bir xil bo‘lib, avvalo, talabgor
huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, nemis (yoki ingliz) tilini bilish darajasi bo‘yicha
xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Germaniyada magistrlik
darajasini egallagan xorijiy mutaxassislarga dunyoda, xususan, rivojlangan davlatlar tomonidan talablar
ko‘p. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
- Germaniya oliy ta’limi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan tan olinadi;
– ta’im berish faqatgina nemis tilida emas, balki ingliz tilida ham olib boriladi. Biroq, nemis tilida
o‘qish to‘lovsiz bo‘lib, bu Germaniya fuqarolarining magistraturada ta’lim olishi uchun xizmat qiladi. Zero,
ta’limni moliyalash masalasi chet el talabalari uchun mamlakatni va o‘qish joyini tanlashda muhim sanaladi.
Germaniyada turli tashkilotlar (Germaniya akademik almashuv xizmati – DAAD) va fondlar (masalan, Genrix
Byoll nomidagi Fond, Aleksandra fon Gumboldta nomidagi Fond va b.) tomonidan ta’lim moliyalashtirib
boriladi. Oliy ta’limda tahsil oluvchilarni moliyaviy ta’minlash, xususan, magistraturaga ham taalluqli bo‘lib
magistr darjasiga ega bo‘lish bilan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish huquqini olish mumkin. [9]
Shunday qilib, Germaniyada huquqshunos mutaxassislarni an’anaviy tizim asosida tayyorlab, shu bilan
birga, xorijiy talabalar uchun umumyevropa talablari asosida, ya’ni bakalavriat va magistratura dasturlarini
amalga oshirish zarurati mavjud. Germaniya, bir tomondan, oliy ta’limda (huquqshunoslik sohasida) o‘z
milliy xususiyatlarini saqlagan holda, boshqa tarafdan, oliy ta’lim tizimida Boloniya jarayoniga muvofiq
ravishda magistrlar tayyorlash dasturlarini yaratmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, so‘nggi
yillarda mazkur davlat tomonidan Boloniya jarayoniga mos ravishda huquqshunoslik ta’limi sohasida oliy
ma’lumot olish bo‘yicha qator o‘zgarishlar modellari taklif qilindi. Xulosa sifatida oliy ta’lim tizimini isloh
qilish bo‘yicha Germaniya tajribasini ijobiy baholash mumkin. Mazkur jarayon, birinchidan, zamonaviy
talablarga mos yangilangan o‘quv dasturlarini tayyorlash ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tish imkonini berib, bu an’anaviy o‘quv kurslari mazmunini yangi talablarga uyg‘unlashtirib oliy
ma’lumot olishga xizmat qiladi, shuningdek, talabalarning manfaatlarini birlashtiradi. Ikkinchidan, oliy
ta’limni isloh qilish jarayonida nafaqat universitetlar, balki turli xil xususiy kompaniyalar ham ishtirok
etishini e’tiborga olishni belgilaydi, chunki korxonalar o‘z bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta’minlashdan manfaatdor. Ushbu yondashuv yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish muammosini hal
qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va oliy ta’lim tizimidan keyin oliy malakali
mutaxassislarni tayyorlashda jahon andozalari, xususan, Yevropa ta’lim tizimi asosida milliy oliy ta’lim
takomillashtirib borilar ekan, bu jarayonda faqatgina o‘z imkoniyatlarimizni tadqiq etish bilan chegaralanib
qolmasdan, Boloniya jarayoniga kirgan mamlakatlar ta’lim tizimi mazmunini o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu milliy oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan muammolar
yechimi bo‘yicha ijobiy javob topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: