O’zbek adabiyot ijodkorlari hayoti va ijodi
Rauf Parfi (1943-2005)
Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, „Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989), „Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993), „Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“ (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq.
Ahmad A'zam
Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" .„Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
Xurshid Davron
Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni.
Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“ asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan.Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“ (Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri sahnasida qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |