TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
o‘zgarishlariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni
rivojlantirishda, xulqini boshqarishda hamda unga ta’sir ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi shunchalik sog‘lom,
ezgulikka yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof, erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi,
shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan,
ehtiyotkor, sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon-e’tiqodda
sobit turib, erkin va mustaqil fikrlay oladi, turli aldovlarga uchmaydi hamda g‘arazli tashviqotlarga
berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan
sog‘lom e’tiqodli, bilimli, odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar
bilan band bo‘lishlari muhim vazifadir.
1
Sanogen tafakkur muammosi ko‘pgina xorij olimlari tomonidan ham o‘rganilgan. Shu
jumladan, Spivak I.M., Y.M.Orlov, Y.N.Krainova, L.V.Rubtsova, T.N.Vasileva, B.Sh.Turgunbayeva,
M.S.Kozlovskaya, M.M.Danina, D.I.Gasanova kabi xorij olimlari o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida
tahlil qilishgan.
I.M.Spivak ta’rificha, sanogen tafakkur tasodifiy sodir bo‘lgan salbiy vaziyatlarda qo‘rquv,
qobiliyatsizlik holati, aybdorlik, nafrat va sharmandalik hissi kabi salbiy kechinmalardan himoya
qiladi. Bunday holatlarda himoya hissi ish boshlab, aqliy xulosa chiqarishga undaydi. Lekin bu faqat
vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun salbiy hodisalarni oldini olish uchun, hissiy
muvozanatga ta’sir etuvchi fikr va o‘y-hayollardan qutilish lozim.
2
Rossiya Federatsiyasi professori, Yuriy Orlov sanogen tafakkur nazariyasi va amaliyotining
yaratuvchisi hisoblanadi. Sanogen tafakkurning asosiy mohiyati o‘zini o‘zi mukammal yetukligi
yo‘lida sharoit yaratish, o‘zidan va atrofdagilardan rozi bo‘lish hissi, yomon odatlarni yo‘qotish,
o‘zining emotsiyalarini boshqarish va o‘z-o‘zini nazorat qilishdir”
3
deb hisoblaydi.
Y.Orlov o‘zining risolalarida sanogen tafakkur iborasini turli nomlar bilan qo‘llagan. Masalan:
sanogen tafakkur – ijobiy fikrlash, pozitiv fikrlash, konstruktiv fikrlash, oqilona va uyg‘un fikrlash kabi
iboralar bilan izohlagan. Shuni ta’kidlash mumkinki, ijobiy fikrlashning mohiyati va uni rivojlantirish
masalalari uzoq vaqtlardan buyon ilm-fan va amaliyotda tadqiqotchilarni tashvishga solib
kelayotgan masala hisoblanadi. Insonning ijtimoiy jamiyatda tabassum qilishi birinchi navbatda
uning yaxshi kayfiyatiga bog‘liq. Agar inson yaxshi kayfiyatga ega bo‘lsa, dunyo unga katta
imkoniyatlar eshigini ochadi. Sanogen tafakkur inson miyasining intensivligini oshiradi,
muammolarni hal qilishning yangi usullari va ijodiy yondashuvlariga xizmat qiladi. Turli stressli
vaziyatlarda pozitiv fikrlash orqali oqilona qarorlar qabul qilishga hamda stressdan chiqib ketish
yo‘llarini topishga yordam beradi.
4
Emotsinal soha shaxs ijtimoiy hayotining muhim boshqaruvchisi hisoblanadi. Bu haqda
Y.M.Orlov “Hissiyotlar kompyuter dasturlariga o‘xshaydi: ba’zi daqiqalarda ular yoqiladi va nazorat
qilinadi. Bizning madaniyatimiz “dasturchi”, ya’ni fikrlashimiz hamda his-tuyg‘ularimiz
harakatlarimizni boshqaradi. Salomatlik uchun nafaqat hissiyotlarni boshqarish, balki kasallikka
chalinmaslikni ta’minlash lozim. Inson fikrlashdan voz kechishi emas, balki, ijobiy fikrlashni o‘rganishi
lozim", - deydi. His-tuyg‘ular – bu ruhiy xulq-odatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Ong ularni to‘liq
qamrab ololmaydi, shuning uchun xatti-harakatlarning muhim qismi ongsiz, avtomatik ravishda
amalga oshiriladi.
5
1
Ю.Орлов “Мышление, дарящее здоровье и успех» Воспитание школьников.-М.,1992.-№6 3-6.
2
Спивак И.М. Психолого-педагогическая концепция обучения взрослых саногенному поведению // Вестник МГОУ. Серия:
Психологические науки. – 2011. – № 1. – С. 113–117.
3
Орлов Ю. “Мышление, дарящее здоровье и успех» Воспитание школьников.-М.,1992.-№6 3-6.
4
Орлов Ю. “Мышление, дарящее здоровье и успех» Воспитание школьников.-М.,1992.-№6 4-6.
5
Орлов Ю.М. Эмоциональный стресс/.М.Орлов.-М.:Просвещение,1997.-37.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |