TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
pedagogik-psixologik mexanizmlaridan mohirona foydalanadi. Shuningdek, ofitser rahbar-tarbiyachi
sifatida qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini ham inobatga olsa,
faoliyati samarali bo‘ladi. Darhaqiqat, harbiy jamoani boshqarish madaniyati har bir harbiy
xizmatchining xulqini tashqi muhit talablariga mos ravishda tartibga solishdir. Ofitser-rahbar
bo‘lganligi uchun xizmat faoliyatida qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar ular uchun asosiy obyekt bo‘lib
hisoblanadi. Ofitser jamoani boshqarishda harbiy xizmatchilarning individual xususiyatlarini,
temperamenti, xarakteri, kasbga oid qobiliyati, shuningdek, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib
boradi. Shu bois, harbiy jamoalarda ofitserlarning boshqaruv muomalasi va ularning psixologik-
pedagogik mexanizmlari rahbarning quyidagi xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi:
a) harbiy xizmatchilar bilan bo‘ladigan kasbiy muomalasida; b) xizmat faoliyati jarayonida turli
toifadagi fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatida; v) rahbarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida.
A.N.Leontevning quyidagi fikrlari harbiy xizmatchilarni boshqarayotgan ofitserlar va harbiy
xizmatchilar uchun juda ham qadrli deb hisoblaymiz.
“Rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi, ehtiyoji uning shaxsiy xislatlarini belgilovchi asosiy omillar
hisoblanadi. Ichki qo‘zg‘atuvchilarning qat’iyatliligi, barqarorligi shaxsning mukammalligini bildiradi
va hamkorlik faoliyati uchun puxta zamin hozirlaydi. Subyektda boshqaruv faoliyatini amalga
oshirish davomida rahbarlikning muayyan sifatlari shakllanib boradi va u asta-sekin ish uslublari,
shaxslararo munosabatlar shakllarini egallaydi. Rahbar uchun ma’no kasb etuvchi motivatsiya uning
faoliyatini boshqarishga zarur shart-sharoitlar yaratadi, buning natijasida nizoli vaziyatlarni bartaraf
etish imkoniyati tug‘iladi”
1
. B.G.Ananev o‘zining ijtimoiy psixologiyaga bag‘ishlangan asarlarida
asosan 3 ta omilga, ya’ni shaxslararo munosabatdagi ijtimoiy-psixologik holatga, mazkur
munosabatdagi liderlik xususiyatlariga hamda hamkorlikdagi tashkilotchilik qobiliyatiga e’tibor
qaratadi.
2
Ofitserning tarbiyachi, rahbar sifatida faoliyati serqirra, mazmunli shu bilan birga, qiyin
jarayon hisoblanadi. Ushbu o‘rinda A.S.Makarenkoning quyidagi fikrlarini eslashni joiz deb
hisoblaymiz: “Tarbiyachi o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalashi kerak”
3
.
Kasbiy muomala rahbar ofitser uchun juda murakkab jarayon hisoblanadi. U harbiy xizmatchilar,
ofitserlar o‘rtasidagi harbiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy munosabatlar
yig‘indisidan tashkil topadi; muomala jarayoni ofitserlarning va qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar
faoliyatida muhim tarbiyaviy vosita hisoblanadi.
Shu bois ham harbiy muomalaning har bir turi ularning kasbiy faoliyati jarayonida namoyon
bo‘lib boradi; muomalada ofitserlarning rahbar sifatida umumharbiy nizomlar talablariga
asoslangan holda, qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar bilan muomala qilishga majbur etadi; unda har
bir harbiy xizmatchi o‘z intilishi va maqsadlariga egaligi bilan ajralib turadi. Har bir rahbar, komandir
va boshliqlar xizmat faoliyatida boshqaruv muomalasini va uning pedagogik-psixologik
mexanizmlarini mukammal darajada o‘rganishi talab etiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, har bir ofitserning kasbiy faoliyatida jamoa a’zolarining axloqiy
dunyoqarashi o‘ta muhim rol o‘ynashini barcha biladi. Shu bilan birga, jamoadagi ruhiy muhitning
sog‘lomlashuvida jamoadagi harbiy xizmatchilarning nizom talablari asosidagi o‘zaro munosabatlari
ham katta rol o‘ynaydi. Harbiy xizmatchilar jamoasini boshqarishda tarbiyachi ofitserning
omilkorligi, rahbar tomonidan jamoadagi turli-tuman voqealarni oldindan ko‘ra bilishi, noqonuniy
ishlar bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarning paydo bo‘lishi harbiy xizmatchilar uchun
qimmatga tushadi. Shuning uchun harbiy xizmatchilar jamoasidagi sog‘lom muhit, ularning sog‘lom
muhitda xizmat qilishining garovi hisoblanadi.
1
Леонтев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. -М., 1985, с.304.
2
Ананьев Б.Г. О проблемах современного человек со знания. -М., 1988, с.380.
3
“Макаренко А.С. Танланган асарлар. Т.1., -М., 656-бет.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |