TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
qiyinchiliklar, bu oʻjarliklar va kattalar irodasiga besabab qarshiliklar koʻrsatishi bilan bogʻlangan.
Oʻjarliklarining sababi koʻpincha bolalarning atrofidagi katta kishilar xatti-harakati, gapi bilan
ishining bir emasligi, serjahlligi, farzandlariga kerakligicha eʼtibor bermaslik yoki umuman
eʼtiborsizlik bilan bogʻlangan boʻladi. Bu yoshdagi qaysar bola diqqatini boshqa narsaga qaratish,
chalgʻitish, oʻjarlik koʻrinishlarini ataylab eʼtiborsizlik kabi usullari bilan yoʻqotiladi.
Soʻz va qarash bilan tanbeh berishdan muvaffaqiyatli foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya
yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan maxsus mashgʻulotlar asosiy psixik funksiyalar: diqqat,
kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur, nutq kabilarni rivojlantirish mumkin. Bolaning maktabda oʻqishga
tayyorgarligini ana shu usul bilan taʼminlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola koʻproq oʻziga eʼtibor
berishingizni xohlaydi. Men buni bolada sinab koʻrganimda, haqiqatan ham, bunday bolalar oʻzlarini
hammadan ustun qoʻyar ekanlar. Tanbeh bersangiz, siz bilan anchagacha gaplashmay arazlab
yurishar ekan. Xuddi shu mavzuni, yaʼni “Psixologiya” darsligidagi “Maktabgacha yoshdagi bolalar
oʻsishining umumiy shart-sharoitlar”ni koʻrib chiqamiz: 3 yoshli bolalarga toʻgʻri tarbiya berish, taʼsir
oʻtkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yoʻnaltirish orqali ularda mustaqil holda
ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, oʻz oʻrnini yigʻishtirish koʻnikmalarini tarkib toptirishga, ayrim
topshiriq va vazifalarini puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin.
Maktabgacha yosh davrda namoyon boʻladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning
tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotlarda
koʻp marta taʼkidlangan boʻlib, birinchi navbatda oʻjarlik, qaysarlik, injiqlik, goʻyo kattalarning bolalar
nazarida obroʻsizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bogʻliqdir. Bir qancha ilmiy- psixologik
manbalarda aytilishicha, bu yoshdagi bolalarning his-tuygʻulari va irodasida muhim oʻzgarishlar sodir
boʻladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik, oʻziga bino qoʻyish, urishish, qaysarlik, rashk
kabilarda aks etadi.
Oʻjarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning paydo boʻlishi bolaning kattalarga qaramlikdan
qutilishiga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davriga oʻtish mazkur yosh
davridagi oʻzgarishlar, “men oʻzim” ni anglashi mahsulida namoyon boʻladi. Yosh davridagi
bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng muhim xususiyatlaridan biri — ularning
xohish-istaklarini boshqarish imkoniyati mavjuddir.
Ularni kattalarning ezgu niyatiga boʻysundirish, ota-onalar va tarbiyachilar mayliga
koʻniktirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davrlaridagi bolalardan farqi ularga nisbatan
xotirjam, barqarorroq his-tuygʻular mavjudligi, nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda
“jazavali” holat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik boʻlib, yaqqol harakat bilan emas, balki
tasavvur obrazlari dinamikasiga bogʻliq holda sodir boʻladi. Shunday qilib, “Pedagogika” darsligining
“Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi” mavzusi hamda “Psixologiya” darsligining
“Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻsishining umumiy shart-sharoitlari” mavzularida oʻxshashliklar
yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |