TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yo‘llagan
bayram
tabrigida ta’kidlaganidek, “amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarimiz, armiya va xalqning faol
hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom ma’noda jamiyatning ajralmas qismiga, mamlakatimiz
barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib bormoqda. Ayni vaqtda xalqaro terrorizm va
ekstremizm xavfining tobora ortib borayotgani, dunyoning ayrim mintaqalarida qurolli
to‘qnashuvlar davom etayotgani, tahlikali vaziyat saqlanib qolayotgani O‘zbekistonning barqaror
rivojlanishiga tahdid solmasdan qolmaydi, albatta. Bularning barchasi oldimizda paydo bo‘layotgan
tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga doimo tayyor bo‘lishni talab etadi”
1
.
Bugungi kunda ofitserlar harbiy soha, pedagogika va psixologiyaning so‘nggi yutuqlaridan
qadamma-qadam boxabar bo‘lib borishi zarurdir. Ofitser tarbiyachi, rahbar, boshliq bo‘lishi uchun,
avvalo, unda Vatan himoyasi uchun hech ikkilanmasdan jonini fido qilish, xislati shakllangan bo‘lishi
lozim. Ofitser bo‘lish uchun tug‘ma qobiliyat ham, yoshlikdan bunga intilish, professional ma’lumot
va tayyorgarlik, safdoshlari orasida o‘z fikriga ega bo‘lish, o‘z g‘oyalarini ilgari sura olish, fikrlarini
asoslab berish, turli yot g‘oyalarga qarshi kurasha olishda o‘ziga xos uslub va usullarni qo‘llay olish
sifatlari zarur. Ofitser qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda nafaqat harbiy jamoaning
tarkibiy qismini shakllantirib boradi, shuningdek, yuqori harbiy tayyorgarlik ishlariga javobgar shaxs
hisoblanadi, ayniqsa, jamoadagi yuqori psixologik muhitga, har bir harbiy xizmatchining sog‘lig‘iga
ham javob beradi.
Shu o‘rinda ofitserlarning shaxsiy tarkibni boshqarish uslubi degan savolga javob berishga
harakat qilamiz. Harbiy xizmatchilar jamoasini boshqarish Qurolli Kuchlar Umumharbiy Nizomlari
asosida olib boriladi va tashkil etiladi. Boshqarish uslubi, eng avvalo, qo‘l ostidagi harbiy
xizmatchilarni qonun, nizomlar asosida xizmat olib borishga majbur qilishi kerak.
Harbiy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagogik jamoaning o‘zi bu ofitser-
tarbiyachilar jamoasi hisoblanadi va ular harbiy xizmatchilarning ta’lim-tarbiyasida quyidagi
jihatlarga alohida e’tibor berishi kerak:.
Ta’kidlash joizki, harbiy soha ta’lim-tarbiyasini tashkillashtirish, shakllantirish boshqarish
orqali amalga oshiriladi va uning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshqarishni san’at deb qaraydigan
bo‘lsak, albatta san’at sohasida xato bo‘lganidek, harbiy jamoani boshqarishda ham xatolar bo‘lishi
mumkin, lekin harbiy xizmatchilar jamoasida yuzaga keladigan xatolar bu kechirib bo‘lmas xato
hisoblanadi, sababi har bir xatoning ortida inson, uning oilasi taqdiri yotadi.
Agar shunday xatolar sodir bo‘lganda, yuqori qo‘mondonlik, albatta, ofitser-pedagog,
rahbarning pedagogik faoliyatini ko‘rib chiqishlari lozim bo‘ladi. Ko‘pincha, harbiy xizmatchilar
jamoasini va har bir harbiy xizmatchini tarbiyalashda harbiy Nizomlardan keng foydalaniladi va shu
asosda ofitserning faoliyati qat’iy tamoyilga binoan yo‘lga qo‘yiladi. Harbiy jamoani boshqarishda,
boshqaruv qobiliyatining rahbarlarda ro‘yobga chiqishini ta’minlashda kasbiy pedagogika va
psixologiya fanlarining o‘ziga xos o‘rni bor.
Ofitser tomonidan harbiy jamoani boshqarish jarayonidagi muomalasi va uning pedagogik
mexanizmlari haqidagi bilimlarni mukammal darajada bilishi va uni kasbiy faoliyatida qo‘llash
qobiliyatiga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ofitserning harbiy jamoani boshqarishda qo‘l
ostidagi harbiy xizmatchilar jamoasi bilan Umumharbiy nizomlar doirasida muomala qilishi, xususan,
muomalaga moyilligi eng muhim jihat hisoblanadi.
Ofitser rahbar sifatida qo‘l ostidagi harbiy xizmatchi bilan muomalaga kirishar ekan, qo‘l
ostidagi har bir harbiy xizmatchiga pedagogik-psixologik ta’sir etishda boshqaruv jarayonining
1
Халқ сўзи, 2018 йил 13 январ сони.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |