Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana04.10.2020
Hajmi0,62 Mb.
#49627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


17 

 

1.3. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va 



oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish 

Ta‘lim  tizimining  demokratlashuvi,  innovatsion  dasturlar  maxsus 

muassasalarning  ham  oila  bilan  о‗zaro  hamkorligi  muammosini  hal  etish, 

rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarning pedagogik 

madaniyatini  oshirish  sharoitlarini  yuzaga  keltirish  yо‗llarini  tadqiq  etish 

zaruriyatini  keltirib  chiqmoqda

15

    Tadqiqotchilar  va  amaliyotchilar  bunga  bog‗liq 



quyidagi qarama-qarshiliklarni aniqlaganlar: 

—  ota-onalarning  huquqlari  va  burchlari  о‗rtasidagi  va  ulardan 

foydalanishni bilmaslik; 

—  ota-onalarning  ta‘limga  bо‗lgan    ehtiyojlari  va  ularni  qondirishning  

imkoniyatini mavjud emasligi; 

—ota-onalarda  pedagogik  madagniyat  darajasining  pastligi  va  bolani 

tarbiyalashda  psixologiya  asoslarini  bilmasliklari  hamda  maxsus  muassasalarda 

ta‘lim tizimining talab darajasida emasligidir. 

Turli  ijtimoiy  institutlar  о‗rasidagi  aloqa  va  hamkorlikni  mustahkamlanishi 

va  rivojlanishi  (maktab,  oila,  jamoatchilik)  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan 

bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi.  

Hozirgi  vaqtda  oila  va  maktabning  о‗zaro  faoliyatiga  quyidagi  tamoyillar 

asos bо‗ladi:  

1) bolani tarbiyalash va о‗qitishda ota-onalar va pedagoglar partner (sherik) 

bо‗ladilar;  

2)  bu  pedagoglar  va  ota-onalar  tomonidan  bolalarni  tarbiyalash  va 

о‗qitishdagi hamfikrlilik;   

3) pedagoglar va ota-onalar tomonidan  bolani hurmat qilish, yordam berish 

va unga ishonish; 

                                                           

15

 Васильева, А.К. Структура семьи. // А.К. Васильева М.: Педагогика, 1988. – 164с. 



 


18 

 

4)  pedagoglar  va  ota-onalar  tomonidan  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan 



bolalarni tarbiyalash va о‗qitishda oila va maktabning imkoniyatlarini bilishlari va 

ulardan maksimal darajada foydalanishlari; 

5) oila va maktabning о‗zaro hamkorligi jarayonini, uning oraliq va yakuniy 

natijalarini doimo taxlil qilish.  

Jamoatchilik  va  oilada  tarbiyalashning  о‗zaro  aloqadorligi,  shuningdek 

pedagoglar,  ota-onalar  va    jamoatning  о‗zaro  ma‘suligi  bir  qator  meyoriy  –

huquqiy hujjatlarda о‗z aksini topgan 

16



Masalan, ―Ta‘lim  tо‗g‗risidagi  Qonun‖ da  ota-onalar birinchi pedagoglar 

deb  kо‗rsatilgan.  Ular  farzandlarining  jismoniy,  ahloqiy  va  intellektual 

rivojlanishiga asos solishlari lozim.  

Bunga bog‗liq ravishda maktabning oila bilan ishlashdagi mavqei о‗zgaradi.  

Har  bir  maktab  bolani  tarbiyalab  qolmasdan,  balki  ota-onalarga  bola  tarbiyasi 

bо‗yicha maslahatlar beradi. Bunga bog‗liq ravishda ta‘lim muassasasi ota-onalar 

bilan ish olib borish sharoitlarini aniqlash, uning mazmunini boyitishi, maktab va 

oilaning  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  tarbiyalashda  va  о‗qitishdagi 

hamkorligining  formasi  va  metodlarini  takomillashtirishi  lozim.  Defektolog  –

faqatgina  bolalarning  tarbiyachisi  bо‗lmay,  balki  ularni  tarbiyalash    bо‗yicha 

hamkordirlar 

17



Maktab  va  oilaning  mustahkam  hamkorligini  amalga  oshirish  lozimligi 

haqida:  «  Bolalarni  tarbiyalamasdan,  maktab  hayotida  ota-onalarning  ishtirokisiz, 

kattalar  va  bolalarning  doimiy  ma‘naviy  muloqotisiz  oila    jamiyatning  dastlabki 

yacheykasi  bо‗la  olmaydi,  maktab  esa  о‗quv-tarbiyaviy  maskini  bо‗lmaydi  va 

jamiyatning ma‘naviy rivojlanishi tо‗xtab qoladi» deb kо‗rsatgan . 

«Ota-onalar  bilan  ish  olib  borish  masalasi  –juda  muhim  va  dolzarb 

muammo. Bunda ota-onalarning bilim darajasi, ularning о‗z bilimlarini oshirishga 

                                                           

16

 Токарева, С.Н. Социальные и психологические аспекты семейного воспитания. // С.Н. Токарева М.: 



Просвещение, 1989. – 243с.  

17

 Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 



 


19 

 

yordam  berish,  ularni  ma‘lum  bо‗lgan  pedagogik  bilimlar  bilan  qurollantirish 



bо‗yicha ishlar olib borish lozim»

18

.  



Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  farzandni  tarbiyalayotgan  oilaga  nisbatan 

maktabning rahbarlik va tashkillashtiiruvchi roli bir qator omillar bilan belgilanadi: 

—ota-onalar    о‗rtasida  pedagogik  bilimlarni  rejaga  asosan,  faol  ravishda 

yoyish  ; 

— bola tarbiyasida oilaga yordam berish; 

— jamiyatda va oilada tarbiyaning ijobiy tajribasini tashviqot qilish; 

— ota-onalarni pedagogik faoliyatga jalb etish; 

—  ota-onalarning  pedagogik  bilimlarni  egallashlarini  faollashtirish  va 

boshqalar.  

V.A.  Suxomlinskiy    pedagogika  barcha  uchun,  ya‘ni  о‗qituvchilar  va  ota-

onalar  uchun  ilm  bо‗lishi  kerak  deb  kо‗rsatgan.    Biror-bir  muvaffaqiyatli 

tarbiyaviy ish pedagogik ta‘limsiz, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish 

tizimisiz  bо‗lmaydi,  chunki  pedagogik  madaniyat  umumiy  madaniyatning  muhim 

tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Ota-onalarning  pedagogik  madaniyati  deganda  bola  tarbiyachisi  sifatidagi 

shaxs  tomonlarining  rivojlanganligi,  bola  tarbiyasiga  tayyorligi  tushunilib,  ular 

oilada  va  jamiyatda  bola  tarbiyasi  jarayonida  namoyon  bо‗ladi.  Ota-onalarning 

pedagogik  madaniyatining    asosiy  komponenti  bо‗lib  psixologik-pedagogik, 

fiziologik-gigiyenik  va  huquqiy  bilimlarining  ma‘lum  bir  summasi,  shuningdek 

rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  tarbiyalash  amaliyoti  jarayonida  yuzaga 

kelgan kо‗nikma va malakalar, ularning pedagogik tayyorgarligi xizmat qiladi

19



Bunda  ota-onalarning  tarbiyaga  bо‗lgan  munosabatlari  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Ota-onalik burchiga ma‘suliyat bilan yondoshish, о‗z farzandlarini iloji 

                                                           

18

  Ауталипова    У.И.Психолого-педагогические  проблемы  в  воспитании  детей  дошкольного  возраста  в 



условиях  семьи.  В  сб.  мат-лов  межд.конф.  «Новые  подходы  и  пути  обучения,  воспитания,  коррекции  и 

интеграции детей с проблемами в развитии». Бишкек, 1998. 

 

19

 Nurmuxamedova L.SH.  Aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalar ma‘naviyatini shakllantirishda oilaning 



ta‘siri. T.: 2005y. 


20 

 

boricha  yaxshi  tarbiyalashga  bо‗lgan  hoxish  -    ota-onalarning  pedagogik 



madaniyatini ajralmas qismidir.  

Korreksion  pedagogika  sohasida  ota-onalar  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan 

bolalarni  tarbiyalash  va  о‗qitishning  asosiy  qonuniyatlari  va  xususiyatlarini 

bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari,   bolaning atrofdagilar 

bilan  munosabatlari  va  ijtimoiy  qimmatga  ega  bо‗lgan  xulq  formalarini 

shakllantirishga yо‗naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari 

va metodlarini e gallashlari muhim. 

Pedagogik  madaniyatni  tarbiyada  jamiyatning  ota-onalar  shaxsiga  bо‗lgan 

asosiy  talablar,  oiladagi  munosabatlarni  regulyatsiya  qiluvchi    g‗oyaviy,  ahloqiy 

munosabatlar,  oiladagi  shaxslararo  munosabatlar    ijtimoiy-pedagogik  shartlari 

bilan birgalikda kо‗riladi.    

Bunga bog‗liq  ravishda  ota-onalar  bilan ish  olib  borish  quyidagi hamkorlik 

tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.  

Hamkorlik belgilariga quyidagilar kiradi: 

— jarayonning har bir ishtirokchisi faoliyat maqsadini anglashi; 

—ishtirokchilar о‗rtasida mehnatni aniq bо‗linishi va kooperatsiyasi; 

—jarayon  ishtirokchilari  о‗rtasida    ma‘lumot  alamashishdagi  shaxsiy 

aloqalar, о‗zaro yordam; 

— ijobiy shaxslararo munosabatlar

20



Shuni  ta‘kidlash  lozimki,    keyingi  yillarda  ota-onalarning  faolligi  oshib, 

ular bola tarbiyasida faol ishtirokchilarga aylandilar.  «...Shunday qilish lozimki, 

maktab 

ota-onalarning 

о‗rnini 

bosmasin, 

ularni 

ota-onalaridan 

uzoqlashtirmasdan, balki ularni bir-biri bilan bog‗lab, aloqasi va о‗zaro harakati 

uchun sharoit yaratsin  »

21

 . 


Ota-onalar  bilan  ish  olib  borish  –  defektolog  faoliyatining  murakkab  va 

muhim  qismi  bо‗lib,  u  о‗ziga  ota-onalarning  pedagogik  bilim,  kо‗nikma  va 

malakalarini    oshirish,  oiladagi  tarbiyada  pedagoglar  tomonidan  ota-onalarga 

                                                           

20

 Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. Г.Г. Кравцов  Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-17.    



 

21

 Mо‗minova L.R. Nogiron bolalarni oilada tarbiyalash.T.: Respublika oila markazi. 1996 y. 




21 

 

yordam berish, bola tarbiyasi uchun muvofiq sharoit yaratish,bolani tarbiyalashda 



ota-onalar va tarbiyachilar, pedagoglarning о‗zaro harakatlarini kiritadi.  

YE.A.  Arkin,  ota-onalar  bilan  ishlashning  asosiy  vazifalariga  quyidagilarni 

kiritgan:  

1) bolalaning oilasini о‗rganish;  

2) maktab faoliyatida ota-onalarning faol ishtirok etishga jalb etish; 

3)  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tarbiyalash  va  о‗qitishdagi  oila 

tajribasini о‗rganish; 

4)  ota  –onalarga  korreksion  pedagogika  va  psixologiya  sohasida 

tushunchalar berish 

22



Maktab 

va  oilaning  hamkorligi  vazifalarini  hal 

etishda 

asosiy 


muammolardan  biri  bu  soha  faoliyatini  yaxshi  bilmaslik  bir  tomondan,  ikkinchi 

tomondan  oila  bilan  ishlashda  faqat    an‘anaviy  metodlarni  qо‗llash  bо‗lib,  kо‗p 

vaqtda  pedagoglar  va  ota  –onalar  hamkorligining  boshqa  shakllarini  qо‗llash 

zaruriyati kelib chiqmoqda.  

Bunday  hamkorlikni    Angliyada  о‗rganish  ajribasi  qiziqarli.  Masalan, 

Lindon  bolalarning tarbiyasida ota-onalarning ishtirokini о‗rgangan.   

G. Pag i B. Tayzardlar о‗z tadqiqotlarini ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb 

etish  masalalariga  qaratganlar.  Bu  tadqiqotlar  asosida  hamkorlikning  5ta  asosiy 

yо‗nalishlari  kо‗rsatib  berilgan,  bulardan  3tasi  mutaxassislarga,  ikkitasi  ota-

onalarga  tavsiya  etilgan.    posvyatili  ryad  rabot  podklyucheniyu  roditeley  k 

deyatelnosti shkol.  

1.  «Tarbiyasiz  bolalarga  yordam  berishga  harakat  qilayotgan  mutaxassislar 

ota-onalarni  bolalarni  rivojlanishidagi  muhim  potensial,  shu  bilan  bir  vaqtda 

―muammoning bir qismi deb qaraydilar‖.  

2.Bolalardagi  qiyinchiliklar  oiladagi  qiyinchiliklar  sifatida  qaralib,  oila 

muammolaridan  ajratib  qaralmaydi.  Oilaning  boshqa  a‘zolarini  о‗zgartirishlar 

kiritish lozimligiga ishontirmasdan muammoni hal etib bо‗lmaydi 

                                                           

22

 Aytmetova G.SH. Oligofrenopedagogika. T.: 1994. 



 


22 

 

3.  Mutaxassislar  bolani  uyda  о‗qitishga  ota-onalarni  jalb  etib,  ular  ishga 



halaqit  bermasdan,  balki  farzandlarining  muvaffaqiyatlariga  yordam  beradilar.  

Ota-onalar  farzandlariga  yordam  berish  maqsadida  yangi  malakalarni  egallab 

olishlari mumkin.   

4.  Hamkorlikning  yana  bir  tomoni:  ota-onalarning  ma‘lumotga  ega  bо‗lish 

huquqlari  va  maktabga  bolalarining  hayotiga  samarali  ta‘sir  etish  uchun  murojaat 

qilishlaridir.  

5. Ota-onalar о‗zlarini har narsaga qodir kattalar deb hisoblaydilar 

23

.  



1.  Oila  faqat  bolalarnigina  emas,  balki  kattalarning  ham  ijtimoiylashuvida 

muhim  omil  bо‗lib,  unga  insonning  butun  hayoti  davomida  jismoniy,  hissiy  va 

ijtimoiy rivojlanishi bog‗liq bо‗ladi.   

2.  Oiladagi  tarbiya  bola  shaxsini    ijtimoiylashuvining  faqat  jamoat 

uchungina  emas,  balki  ota-onalarning  individual  ravishda  о‗zlarini  ma‘naviy 

tomonini farzandlarida namoyon bо‗lishida, bolalar himoyalashda kо‗rinadi.   

3. Ota-onalar bilan ishlash bu  defektolog faoliyatining  murakkab va muhim 

tomoni bо‗lib, u о‗ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‗nikma va 

malakalarining darajasini kо‗tarish; ota-onalarga oilada tarbiya bо‗yicha 

pedagoglarning yordamini talab etadi.  




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish