Toshkent davlat iqtisodiyot


  Sanoat bozorida xaridorlarning xulq-atvori modellari



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

2.4. 

Sanoat bozorida xaridorlarning xulq-atvori modellari 

 

Murakkab tuzilmali tijorat tashkilotlarida xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni 



modellari  sanoat  marketing  strategiyasi  ishlab  chiquvchi  mutaxassis  uchun  shunisi 

bilan  foydaliki,  u  mazkur  jarayonga  tahliliy  munosabatta  bo‘lishi  bilan  ifodalaydi. 

Barcha modellar kabi, ular real jarayonning soddalashtirilgan tavsifi hisoblanadi, biroq 

ularning  ustunligi  shundan  iboratki,  eng  muhim  ko‘rsatkichlar  va  o‘zaro  aloqalarga 

asosiy e’tibor qaratiladi. 

Govard-Shet  xaridorlar  xulq-atvori  modelining  mualliflaridan  biri  bo‘lgan 

professor  Shet  (Sheth)  modelni

12

  sanoat  xaridorining  muayyan  turiga  moslashtirgan. 



Model  psixologik  yo‘nalishga  ega.  Shet  modelda  xarid  to‘g‘risidagi  qarorlarni  3  ta 

tavsifga  ajratiladi:  o‘zgarishlarsiz  qata  xarid,    o‘zgarishlar  asosidagi  xarid,  xarid 

jarayonida yangi vazifalar.   

Modelning  asosiy  tushunchalari  orasida  xaridorlar  kutayotgan  natijalar  va 

taassurotlari,  rol  bo‘yicha  yo‘nalganlik,  turmush  tarzi  va  qabul  qilinadigan  riskni 

ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  Xaridor-tashkilot  tavsifnomalari  yo‘nalganlik,  o‘lcham  va 

markazlashuv  darajasini  o‘z  ichiga  oladi.  Shet  modelida  qarorlarni  birgalikda  qabul 

qilishga  alohida  e’tibor  qaratilib,  bunda  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxs  ishtirok  etadi. 

Biroq Govard-Shet modeli – aynan individual xulq-atvor modelidir. 

Shet  modeli  shuni  ko‘rsatadiki,  xaridorlar  kutayotgan  natijalar  o‘rtasidagi 

tafovutlar  quyidagilar  bilan  asoslanadi:  (1a)  ularning  individual  tajribasi;  (lb)  axborot 

manbalari;  (1s)  faol  qidiruv;  (1d)  perseptiv  buzib  ko‘rsatish;  (1e)  avvalgi  xaridlardan 

qoniqqanlik. 

Individual  tajribaga  ta’lim  (ma’lumot),  tashkilotdagi  pozitsiya  va  turmush  tarzi 

kiradi. Kutilayotgan natijalar aynan odamlarning brend yoki ta’minotchilardan har biri 

                                                             

12

 Jagdish n. Sheth. A Model of Industria Buyer Behavior. Источник: Journal of Marketing Дата: October 1, 1973. 



http://web.b.ebscohost.com/ehost/ 


 

39 


 

ularning ehtiyojlarini hal qilishi va xarid vazifasini hal etishi mumkin bo‘lgan darajada 

qabul  qilishi  sifatida  belgilanadi.  Bu  nima  uchun  ko‘plab  tadqiqotchilar  turli 

uchastkalar  turli  xaridorlik  mezonlarini  belgilashi  va  ta’minotchilarni  turlicha 

baholashini  ko‘rsatganini  tushunishga  imkon  beradi.  Misol  uchun,  ishlab  chiqarish 

bo‘limi  asosiy  e’tiborni  yetkazib  berish  vaqti  va  ishonchliligiga  qaratishi  ehtimoli 

yuqori.  Muhandis-konstruktor  personali  asosiy  e’tiborni  mahsulotning  sifat 

ko‘rsatkichlariga,  xarid  bilan  shug‘ullanuvchi  xodimlar  esa  –  narx  va  yetkazib  berish 

ishonchliligiga qaratadi. Shet  modelida bu turlicha kutilayotgan natijalar va xaridorlik 

mezonlari  qaror  qabul  qilish  jarayoni  qatnashchilari  o‘rtasida  nizolarga  olib  keladi. 

Shunday ekan, nizolarni hal qilish usullaridan birini qo‘llash talab etiladi. 

Perseptiv  buzib  ko‘rsatish  –  har  bir  qatnashchi  uni  avvalgi  tajribalar  va  o‘z 

e’tiqodlariga  «moslashtirish»  uchun  axborotni  buzib  ko‘rsatadigan  darajadir.  Uni 

an’anaviy tadqiqot usullari bilan o‘lchash juda qiyin, biroq bu maqsadga omillar tahlili 

yoki  ko‘p  o‘lchamli  shkalalashdan  foydalangan  holda  o‘zlashtirish  kartalari  kabi 

murakkab texnikalar ko‘proq to‘g‘ri keladi. 

Shet  modeli  alohida  shaxslar  tomonidan  qabul  qilinadigan  mustaqil  qarorlar  va 

birgalikda – jarayonning bir nechta qatnashchilari birgalikda qabul qiladigan qarorlarni 

bir-biridan farqlaydi. Oltita vaziyat o‘zgaruvchilari qarorning  mustaqil yoki birgalikda 

qabul  qilinganini  aniqlab  beradi:  mahsulotga  aloqador  omillar,  jumladan,  vaqt 

taqchilligi,  qabul  qilinadigan  risk  va  xarid  turi;  ushbu  korxona  uchun  xos  bo‘lgan 

o‘zgaruvchilar, jumladan, o‘lchami, yo‘nalishi va markazlashuv darajasi. 

Birgalikda  qaror  qabul  qilishda  alohida  qatnashchilar  axborot  to‘playdi,  o‘ylab 

chiqadi  va  nizolarni  birgalikda  bartaraf  qilish  jarayonida  ishtirok  etadi.  Nizolarni 

oqilona  hal  qilishning  ikki  turi:  1)  asosiysi  axborot  olish  va  qayta  ishlash  sanalgan 

muammoni  hal  qilish  hamda  2)  ishontirish  –  bunda  rozi  bo‘lmagan  qatnashchilar 

fikriga  ta’sir  etishga  harakat  qilib  ko‘riladi  –  ulardan  tashkiliy  vazifalarni  hal  qilish 

manfaatlarida murosaga kelish so‘raladi. 

Sanoat  bozorida  xaridorlarning  xulq-atvori  modellari  ichida  Uebster  va  Uind 

nazariyalari ham axamiyatga ega. Ushbu maodel atrof-muxit, tashkiliy, shaxslararo va 




 

40 


 

alohida  shaxslarning  to‘rt  guruxiga  aloxida  e’tibor  qaratadi.    Ularning  o‘zaro 

bog‘liqligi esa  2.4-rasmda ifodalangan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish